Ату ва ииа маърузалар матни doc


Ishlab  chiqarish  sharoitadagi  dala  tajribalarining  xususiyatlari


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/65
Sana08.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#253761
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
agrokimyoviy tekshirish usullari va ilmiy izlanish asoslari

 
Ishlab  chiqarish  sharoitadagi  dala  tajribalarining  xususiyatlari. 
Xududlarda  joylashgan  xo’jaliklar  yer  sharoitining  bir-biridan  farqi  va  ko’pincha, 
dehqonchilikning og’ir sharoitlarida bajarilishi bu yerlarda o’tkaziladigan tajribalar 
uslubiyatining  ba’zi  bir  tomonlari  o’zgarishiga  olib  keladi.  Har  qanday  sharoitda 
ham baribir o’rganiladigan amallar  va texnologiyalar  ushbu  xo’jalik  hosildorligini 
ko’tarishga  qaratiladi.  Shuning  uchun  bu  yangi  amallar  va  texnologiyalar  joyning 
xususiyatini  e’tiborga  olib,  bir  necha  yillik  tajribalar  asosida  mana  shu 
xo’jaliklarga  joriy  etiladi.  Bu  tajribalar  esa  aynan  shu  xo’jaliklar  sharoiti, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


texnologiyasi va ekin turi agrotexnikasiga mos holda o’tkaziladi. Yuqoridagilardan 
tashqari bu tajribalar joylardagi talablardan kelib chiqqan  holda ba’zi eksperiment 
rejalari  o’zgartirilishi  mumkin.  Bu  o’zgartirilishlar  albatta  atrofdagi  qo’shni 
xo’jaliklar  sharoitlarini  ham  hisobga  olinib  qilinadi.  Ba’zi  bir  holatda  bitta  ilmiy 
korxona  bu  xo’jaliklar  talabidagi  keng  muammolarni  yechish  imkoniyatiga  ega 
bo’lmasligi mumkin. 
 
Ishlab  chiqarish  sharoitida  xo’jaliklarda  tajriba  uyushtirishda  ikki  narsaga 
e’tibor berish kerak:  
 
1.  Tajribani  alohida  ajratilgan  uchastkada  emas,  balki  xo’jalikning  ekish 
oborotida (aylanmasida) bo’lgan uchastkalardan birida o’tkazish; 
 
2.  Variantlar  ekish  va  ularga  ishlov  berish  xo’jalik  agrotexnikasi  bilan  
bog’angan bo’lishi kerak. Ba’zi bir holatlar, masalan, ximikatlar, navlar urug’i kam 
miqdorda  bo’lganda  kichkina  yer  uchastkasi  bilan  chegaralanib  qolish  bundan 
mustasno. 
 
Tajriba dasturida variantlar ko’p bo’lmasligi kerak (3-4 ta xolos). Uslubiyati 
va  ekish  texnologiyasi,  o’simliklarga  ishlov  berishda  xo’jalik  bilan  bir  xil  bo’ladi 
va  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  qiyinlashtirmaydi.  Xo’jalik  sharoitida  tajriba 
natijasining  mavaffaqiyatli  bo’lishini:  1).  izlanish  maqsadini  dasturda  to’g’ri 
belgilash;  2).  xo’jalik  rahbarlarining  tajribaga  bo’lgan  munosabatlari;  3).  tajriba 
uslubiyati talablarning to’g’ri bajarilishlari belgilaydi. 
 
Chunki,  xo’jalik  sharoitida  tajriba  o’tkazish  faqatgina  tadqiqotchining  ishi 
emas,  bu  butun  bir  jamoa  ishidir.  Shuning  uchun  ham  bu  kabi  tajribalar  ilmiy 
ishlab chiqarish tajribalari deyiladi. Xo’jaliklarda amalga oshiriladigan tajribalar 4 
xilga bo’linadi: 
1. Namuna tajribalari. 
 
2. Aniq taqqos tajribalari. 
 
3. Yangi agrotexnika samaradorligini o’rganish.  
 
4. Ko’rgazmali tajribalar. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling