ATX standartidagi ona plata(model MSI K7T266 Pro2)
Ona plataning komponentlari
Ona plata (ingl. motherboard, MB, yoki ingl. mainboard — bosh plata; sleng. ona) — Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari — tezkor xotira,qattiq disk va boshqa qurilmalar oʻrnatiladigan koʻp qatlamli muxr plata. Aynan ona plata bir-biridan farq qiluvchi qurilmalarni birlashtiradi va boshqaradi.
1Asosiy qurilmalari
2Ona plataning for-faktori boʻyicha tasnifi
3Modelini aniqlash
4Quvvat saqlash texnologiyasi
5Mobil kompyuterlarning ona platasi
6Ishorat
Ona plataga oʻrnatiladigan asosiy qurilmalar:
Markaziy protsessor (CPU).
Tizimning mantiqiy yigʻindisi (chipset — ingl. chipset) — Markaziy protsessor (CPU)ni tezkor xotira va periferik qurilmalar kontrollyoʻrlari bilan ulanishni taʼminlovchi mikrosxemalar yigʻindisi. Odatda, zamonaviy tizimning mantiqiy yigʻindisi: „Shimoliy“" va „Janubiy“ koʻpriklar asosida quriladi.
Shimoliy koʻprik (ingl. Northbridge), MCH (Memory controller hub), tizim kontrollyori.
Janubiy koʻprik (ingl. Southbridge), ICH (I/O controller hub), periferik kontrollyor.
Asosiy maqola: Form-faktor (texnika).
Ona plataning form-faktori — bu ona plataning xajmi, mahkamlash joylari, protsessorning qay tartibda oʻrnatilishini aniqlovchi standart.
Eskirgan: Baby-AT; Mini-ATX; polnorazmernaya plata AT; LPX.
Zamonaviy: ATX; microATX; FlexATX; NLX; WTX, CEB.
Kiritilayotgan: Mini-ITX i Nano-ITX; Pico-ITX; BTX, MicroBTX i PicoBTX
Shunday ona platalar bor hech qaysi form-faktorga mos kelmaydi. Mashxur ona plata ishlab chiqaruvchi kompaniyalar:Asus, Gigabyte, MSI, Intel, Biostar, Elitegroup, ASRock.
Do'stlaringiz bilan baham: |