Audio formatlar haqida izoh bering
Akustik xonlarni loyihalash tamoyillari (principle)
Download 0.73 Mb.
|
Audiostudiyalar savol-javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 51.Akustik diffuzorlar va ularning vazifalari.
Akustik xonlarni loyihalash tamoyillari (principle). Nurlatgichlarni optimal joylashtirish. Tovush kuchaytirish tizimlari o‘rnatiladigan zallar o‘zlarining belgilanishi bo‘yicha birbiridan farqlanadi. Har bir zal o‘zining arxitektura xususiyatlariga bog'liq holda tovush kuchaytirish tizimlarini loyihalashda alohida yondoshishni talab etadi. Zalning o‘lchamlari katta bo‘lganda birinchi muammo - kerakli tovush bosimini ta’minlash. Ikkinchi muammo, ko‘pcliilik xonalarga xos bo‘lgan katta reverberatsiya vaqti. Agarda tinglovchi tovush manbayiga yaqin bo‘lsa, go‘yo u «to‘g‘ri maydon» da bo'lgandek tuyuladi. Bu maydonda manbadan chiqayotgan tovush, qaytgan tovushdan balandroq bo‘ladi. Reverberatsiya fazosida har doim qaytgan tovush to‘g‘ri tovushdan balandroq jaranglaydigan nuqta mavjud. Natijada, tovushning aniqligi va tiniqligi yo‘qoladi. Bu muammoni hal etishning ikkita yo‘li bor. Birinchisi, xonaning shaklini o‘zgartirib, akustik jihozlarini qayta ishlash. Ikkinchisi, tovush kuchaytirish kompleksini to‘g‘ri loyihalash va tanlash. Birinchi variant amalda bajarilishi qiyin bo‘lganligi sababli, tovush kuchaytirish tizimini loyihalash va akustik tizimni to‘g‘ri tanlashga katta ahamiyat beriladi. Xonadagi nutq tovushi aniqligini oshirish maqsadida xonaning amplituda-chastota tavsifini ekvalayzer yordamida korreksiyalashdan, sun'iy reverberator va fonogrammalardan foydalaniladi
51. 51.Akustik diffuzorlar va ularning vazifalari. Diffuzor (Cone). Radiokarnay diffuzori - qattiq qog'oz yoki polistiroldan yasalgan konus. U yengil va mustahkam bo‘lishi kerak. Qog‘ozli diffuzor radial yo‘nalishda egilib, tebranish chastotasi garmonikalarida. qo‘shimcha zararli tebranishlar bo‘lmsaligi uchun diffuzor chaetlari gofrlanadi, qat-qat burmalanadi. Diffuzorli radiokarnaylardagi mexanik harakatlanuvchi tizim, ya’ni diafragma mexanik tebranishlarni akustik tovush tebranishlarga o'zgartirib, uni atrof-muhitga nurlatish vazifasini o‘taydi. Shuning uchun diafragma diffuzor, ya’ni sochuvchi deb, radiokarnay esa bevosita nurlatuvchi radiokarnay deb ataladi. Diffuzor murakkab shaklga ega bo‘lgani uchun uni porshen kabi tebranayotgan yassi diafragmaga o‘xshatish mumkin, bunday o‘xshashlikka diffuzorni radiokarnay g‘ilofiga mos ravishda biriktirish bilan erishiladi: birinchidan, diffuzor egiluvchan bo‘lishi, ikkinchidan akustik o‘qi bo'ylab tebranishi kerak. Akustik o ‘q (Axis). Mikrofon va radiokarnayning akustik o‘qi deb, mikrofon membranasi va radiokarnay diffuzori ishchi markazidan o‘tgan to‘g‘ri chiziqqa aytiladi. Ayrim hollarda akustik o‘q simmetriya o‘qi deb ham ataladi. Mikrofon va radiokarnaylarning sezgirligi akustik o‘q bo‘yicha maksimal qiymatga ega. Past tovush chastotalari, bas registri (Bass). Musiqa gammasining pastki qismi. Akustikada bu tushunchaga taxmnan 200 Hz pastdagi tovush chastota diapazoni uchastkasi kiradi. Eshittirishning bu chastota diapazoni qismi katta to‘lqin uzunligi bilan bog‘liq bo‘lib, radiokarnaylarning harakatlanuvchi diffuzori o'lchamlari to‘lqin uzunligidan ancha kichik bo‘lganligi sababli havo massasini yetarlicha harakatga keltira olmaydi, natijada radiokarnay samarasiz nurlanadi va tovush eshittirishda o‘ziga xos qiyinchilik tug‘diradi 52. 52.Akustik dizayn tamoyillari. ISO 22955 dan akustik dizaynning asosiy tamoyillari "ISO 22955: Ochiq ofislarning akustik sifati" joriy yil boshida chiqarilgan. Unda ochiq ofislarda akustik sifat nimadan iboratligi haqida aniq ko'rsatmalar berilgan. Qoniqarli akustika sharoitlari bo'lgan ochiq ofislarni loyihalash vazifasi juda murakkab bo'lishi mumkin. ISO 22955 bu murakkablikni bir necha usul bilan kamaytiradi. Ulardan biri xona akustik dizaynining eng muhim tamoyillarini aniq belgilash orqali. Shu sababli, ISO 22955 akustiklar va ovoz ixlosmandlari uchun ochiq ofislar uchun akustik dizayn aralashuvlarini belgilashda ishonchli hujjatga ega bo'lishlari uchun juda katta imkoniyatlarga ega. Xo'sh, ISO 22955 dan akustik dizaynning asosiy tamoyillari qanday? Ushbu postda biz sizga ISO 22955 akustik dizaynning asosiy tamoyillarini tavsiflovchi soddalashtirilgan eslatmalar ro'yxatini hamda original standartga havolalarni keltiramiz. Bularga quyidagilar kiradi: Asosiy Shiftni sozlash Devorga ishlov berish Zamin bilan ishlov berish Akustik ekranlar Xona geometriyasi Ovozni niqoblash tizimlari Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling