Audio video montaj
Download 0.57 Mb.
|
Mustaqil ish 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy xulosa
Montajning mohiyati
1917 yilda L. Kuleshov shunday yozgandi: «Yaxshi film yaratish uchun, rejissyor bir-biri bilan bog‘lanmagan, tartibsiz, alohida kadrlarni muayyan tartibda joylashtirishi, yagona, yaxlit asarga aylantirishi lozim. Shu bilan birga, ayrim hollarda kadrlarni o‘zaro qiyoslashi, taqqoslashi va ularni huddi, yosh bola alohida sochib tashlangan xarfli kubikchalardan bir butun so‘z yoki ibora yig‘gani kabi, eng maqbul, yaxlit holda, ritmik tartibda birlashtirishi lozim”. Shu birgina gap bilan montajning eng asosiy vazifasi aytib o‘tildi. Montaj – bu asar mazmuni va g‘oyasini ochib berish yo‘lida alohida-alohida “qism”larni yagona bir tizimga, shaklga birlashtirish usulidir. Ekran asarining badiiyligi, ifodaliligini ta’minlash uchun, kadr, sahna, voqealar yoki harakat kabi alohida elementlarning o‘zaro mutanosib ravishda birikishi uchun “eng maqbul” variantni topish kerak. Buning uchun esa katta ijodiy izlanish talab etiladi va buning barchasiga erishishning eng to‘g‘ri yo‘li bu taqqoslashdir, alohida qismlarni o‘zaro taqqoslash. Anashu, taqqoslash orqali tanlab olingan “eng maqbul” elementlar ritmik strukturada birlashishi lozim. L. Kuleshov montaj yuzasidan bir qator tajribalar ham o‘tkazib ko‘rgan. Keyinchalik bu tadqiqotlar natijalari butun dunyoga mashxur bo‘lgan hamda montajning kino san’atidagi ikkita asosiy vazifasini juda sodda shaklda izohlab berdi.Asosiy xulosa – montajda asosiysi aktyorlarning kadrdagi harakatlarini, ijrolarini to‘g‘ri tashkil eta olish va buni qo‘shni kadrlarda ham to‘g‘ri davom ettira olish zarur. Ana shunda tomoshabin ongida voqea sodir bo‘layotgan “yagona makon va voqeylik” taassuroti uyg‘onadi va bu yaxlit makondagi aktyorlarning ijrolari ham o‘z-o‘zidan o‘zaro davomlilik va uzluksizlik kasb etadi. Bu misoldan aniq ko‘rinib turibdiki, L. Kuleshov bu tajriba bilan rejissyor tomonidan har bir kadrning yirikligi, kompozitsiyasi, mizantsenasi, kadrdagi aktyorlarning harakat va 10 nigohlari qaratilgan tomonning aniq rejalashtirilgan bo‘lishi, aktyorlarning aniq belgilangan mizantsenaga asoslangan holda rol ijro etishlari, har bir kadrning tomoshabinga aniq bir taassurot va ma’lumot berishi, umuman tasvirga olish ishlari avvaldan aniq belgilangan rejaga asosan olib borilishi shartligini isbotladi. Faqatgina shunday jarayonda tasvirga olingan va montaj qilingan film epizodi tomoshabinda kerakli his-xayajon va fikrni uyg‘ota oladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling