Ma`ruza №19
Yuzalarni tiklash usullari. Metallizatsiya bilan sirtlarni tiklash
Ta’mirlash va montajning umumiyligi nuqtai nazaridan, kimyo va neftni qayta ishlash
korxonalaridagi texnologik jarayonlarning kо‘pligi kо‘llaniladigan
barcha uskunalarni
klassifikasiyalashga tо‘sqinlik qiladi. Shuning uchun, ushbu bobda faqat ba’zi bir kо‘rinishdagi
neftni qayta ishlashdagi jarayonlarining (katalitik kreking) va organik sintez ishlab chiqarish
uchun ishlatiladigan uskunalarni montaj qilish va ta’mirlashni о‘ziga xos xususiyatlari kо‘rib
chiqiladi.
20.3. Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish uskunalari
Kimyoviy tolalarni ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini
amalga oshirish uchun
quyidagi qо‘yidagi qurilmalarni qо‘llashni talab etadi: yigirish eritmalarini olish uchun;
polimerlarni olish va ular tolalarini shakllantirish
uchun tayyorlash; yordamchi eritmalarni
tayyorlash va regenerasiya qilish uchun; tolalarni shakllantirish uchun; iplar olish uchun va x.
Bunday turli-tuman qurilma va mashinalarni ta’mirlash va
montaj qilish texnologiyasi
murakkab va ushbu darslikda bayon etilmaydi. Kimyo va neftni qayta ishlash korxonalari
oddiy uskunalari detal va qismlarini ta’mirlash va montaj ishlarining umumiy usullarini bilib,
hamda har bir qurilma pasporti va yо‘riqnomalaridan foydadanib hosil bо‘layotgan
muammolarni mustaqil yechish mumkin.
Merserizator. О‘yuvchi natriy eritmasida sellyulozani qayta ishlash (viskozani ishlab
chikarish texnologik jarayonida birichi bosqich) merserizator
nomli qurilmalarda amalga
oshiriladi.
Uzluksiz ishlaydigan merserizator sxemasi 16.1-rasmda kо‘rsatilgan. U vertikal
silindrik qobiqdan iborat bо‘lib yon boshi g‘ilof bilan о‘ralgan. Undan tashqari, ichida pulpani
intensiv aralashtirish moslamasi mavjud.