Ma`ruza №19 Yuzalarni tiklash usullari. Metallizatsiya bilan sirtlarni tiklash


 Rezina va plastik massalarni qayta ishlash


Download 276.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi276.81 Kb.
#1549254
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma\'ruza-19

20.2. Rezina va plastik massalarni qayta ishlash 
 mashina va qurilmalari 
Rezina va plastmassadan mahsulot (shisha, rezina-texnik va plastmass mahsulotlar va 
x.) tayyorlash uchun juda kо‘p maxsus mashinalar qо‘llashni talab qiladi.
Bu mashinalar konstruksiyasi, ishlash prinsipi va eksplutasion xarakteristikalari 
(tavsiflari) bilan katta farqlanadi. Avvalgi boblarda kо‘rib chiqilgan detal va qismlarni 
ta’mirlash va montaj qilish bilan hech qanday о‘xshashlik va umumiylik yо‘q. Bunday 
materiallarni qayta ishlovchi qurilma detal va qismlarni ta’mirlash va montaj qilishning 
spesifik xossalari ularning pasporti va yо‘riqnomalarida bayon etilgan. 
Rezina va plastmassani qayta ishlovchi hamma ishlab chiqarish texnologiyalari uchun 
umumiy bо‘lgan mashina va qurilmalar – bu alohida komponentlardan tarkib topgan 
qorishmalarini tayyorlash mashina va qurilmalardir. Quyida ularni ta’mirlash va montaj qilish 
masalalari kо‘rib chiqilgan. 
Kompozisiyalar tayyorlash uchun qorishtirgichlar 
Rezinali aralashmalardan iborat kompozisiyalar vertikal reaktor va gorizontal 
qorishtirgichlarda tayyorlanadi. 
Qovushqoqligi past kompozisiyalar uchun vertikal qurilmalar. Bunday qurilmalar 
aralashtirgich 
va 
aralashtiruvchi 
moslamali 
reaktorlar 
konstruksiyasidan 
salmoqli 
farqlanmaydi. Ularni ta’mirlash va montaj qilish yuqorida kо‘rib chiqilgan. 
Hozirgi kunda kompozisiyalarning asosiy qismi turli ishchi hajmga ega gorizontal 
qorishtirgichlarda tayyorlanadi. Hajmi 400l. bо‘lgan qoplamasi gorizontal qoplamali qurilma. 
Korobka tipidagi idish ichiga z-simon о‘yiqli ikkita rotor jо‘va о‘rnatilgan. Rotorlar bir-biriga 
qarab turli tezlikda harakatlanadi. Bunday harakat о‘z navbatida materialning yaxshi 
maydalanishiga olib keladi va bir jinsli aralashma hosil bо‘ladi. Rotorlarga elektr yuritgich 
aylanma harakat elastik mufta, reduktor va muvozanatlovchi muftalar orqali uzatiladi. 
Korobka tipidagi (qorishtirgich koretosi) idish g‘ilof bilan о‘ralgan va uning isitish 
uchun ichiga bug‘ (issiq suv), sovitish uchun esa –suv yuboriladi. 
Issiq yoki sovituvchi eltkichlar uzatish uchun g‘ilofda tegishli shtuserlar qoldirilgan. 
Koretoning tepa qismi qistirma yordamida qopqoq bilan yopilgan. Aralashma asosiy 


komponentlari 
tubdagi
lyuk orkali yoki 
tub
ochib yuklanadi; qо‘shimcha komponentlar toz 
qobig‘idagi shtuserlar orqali yuklanishi mumkin. Tayyor aralashmani tо‘kish 
tub
ochilib 
amalga oshiriladi. 
Tub
kо‘tarilganda, oldingi rotor о‘qi atrofida 
toz
105-110
0
(gorizontal 
tekislikka nisbatan) ag‘dariladi. Ag‘darish uchun mustaqil, alohida sharnirdagi vintli juftlikdan 
iborat yuritkichli mexanizm xizmat qiladi. 
Qorishtirgich montaji tо‘liq yig‘ilgan holda yoki uni yuritkichdan ajratib bajariladi. 
Qurilma poydevorga qat’iy gorizontal holatda о‘rnatiladi. Bunda, eng asosiy va muhim vazifa 
– bu oldingi rotorning gorizontalligidir. Sо‘ng, elektr yuritgichni reduktor bilan, hamda oldingi 
rotorni reduktor bilan birlashtiruvchi muftalar markazlashtiriladi. Poydevor boltlariga beton 
quyilgandan va qotgandan sо‘ng, qurilma gorizontalligi qaytadan tekshiriladi. 
Nazorat va sinov aylantirishga qorishtirgichni tayyorlash uchun reduktor karteri va moy 
quyish moslamalar moy bilan tо‘ldiriladi, sо‘ng qо‘lda elastik mufta orqali qurilma rotori 
aylantiriladi. Ag‘darish mexanizmi detallari moylangandan keyin qisqa muddatga elektr 
yuritqich ulanadi. Isitish va sovitish tizimi 
(toz
g‘ilofi va trubalar) nuqsonlarni aniqlash uchun 
gidravlik sinaladi. 
Qorishtirgich ekspluatasiyaga topshirilguncha rotori 2-3 soat mobaynida tо‘g‘ri va 
teskari yо‘nalishlarda yuklamasiz aylantiriladi. Bunda podshipnik va uzatgich ishi tekshiriladi. 
Ishqalanish yuzali qismlar isishi va mashina ishlashiga mos bо‘lmagan shovqin yoki 
tovushlarning chiqishi notо‘g‘ri montaj qilinganidan dalolat beradi. Shovqin chiqish sababi 
tezda aniqlanadi va bartaraf qilinadi. 
Ag‘darish mexanizmi tekshirish 
toz
sinab ag‘dariladi: 
tozning
eng chetki holati qurilma 
pasportida kо‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelishi kerak. 
Kо‘tarish mexanizmi eng chetdagi о‘chirgichlar ishlashi va aniq о‘rnatilishiga alohida 
e’tibor beriladi. 
Ta’mirlash vaqtida hamma qism va detallar taftish qilinadi. 
Toz
qobig‘i g‘ilofni 
gidravlik sinab tekshiriladi. Odatda, 
tozning
ichki devori yemiriladi, chunki ish jarayonida juda 
kо‘p ishqalanishga duch keladi. Suvning oz miqdorda suzib chiqishi yamoq qо‘yish yoki 
metalni suyultirib qoplash (payvandlash) yо‘li bilan ta’mirlanadi; 
toz
yuzasi katta miqdorda
yemirilgan bо‘lsa, u butunlay almashtiriladi. 
Rotorning yemirilishi mashina unumdorligini kamaytiradi. Agar, korishtirgich 
unumdorligi ruhsat etilgan chegaradan kamayib ketsa, rotorlar ingichkasiga almashtiriladi. 
Podshipnik, mufta va uzatkichlarni tekshirish va ta’mirlash о‘rnatilgan tartibda 
о‘tkaziladi. Ag‘darish mexanizmi vintli juftligida 
toz
qobig‘ida mahkamlangan vtulkaning 
chaykasi tez-tez almashtirib turiladi. 

Download 276.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling