Ma`ruza №19 Yuzalarni tiklash usullari. Metallizatsiya bilan sirtlarni tiklash
Download 276.81 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza-19
20.1-rasm. Qirg‘ichli moslamalar. a-qirg‘ich plankasini sangali mahkamlash, b-sirpanuvchan qirg‘ichni ajratib olishli mahkamlash; 1-qobiq, 2,4-sangali qisqich, 3-prujina, 5-qirg‘ich plankasi, 6-qirg‘ichg keskichi, 7-aralashtirgich karkasi, 8-plastinali prujina, 9-qirg‘ich. Oddiy aralashtirgichlardan merserizator quyidagi konstruktiv farqlar bilan ajralib turadi: diffuzor ichiga aralashtiruvchi kurakchali bir necha yarusda о‘rnatilgan; diffuzorda esa mos ravishda kо‘zg‘almas bilalar mahkamlangan. Kurakcha va bilalar orasidan shishib qolgan sellyulozalar maydalanib о‘tib, ochiq turbinali aralashtiruvchiga tushadi. U ham kurakchalar bilan bitta valga mahkamlangan. Qurilmaning tepa tubida sellyulozani yuklash voronkasi о‘rnatilgan; о‘yuvchi natriy eritmasi shtuser va qobiqdagi perimetri bо‘yicha teshiklar ochilgan yopiq tarnovdan uzatiladi. Merserizatorni ta’mirlash va montaj qilishning о‘ziga xosligi shundaki, qobiqda diffuzorni va aralashtiruvchi kurakchalarni valga о‘rnatish yuqori aniqlikni talab qiladi. Diffuzor qobiqning ichida kо‘ndalang qilib payvandlangan ugolniklarga о‘rnatiladi. Yemirilgan diffuzor, val, bilalar va kurakchalarni almashtirish uchun tepa tubi yechiladi. Ta’mirlash vaqtida quyidagi qismlar tekshiriladi: qobiq-devor yemirilishi va payvand choklar zichlanishi; о‘yuvchi natriyni uzatish tarnovi-yemirilish va halqasimon hajmli va teshiklar tozaligi; podshipniklar yemirilishi va ularning qobiqlarini tublarga tо‘g‘ri о‘rnatilishi; turbina parraklari- butunlikka va h. Qurilma konstruksiyasi reaksion massani tepaga va pastga harakatlanish imkonini beradi. Reaksion massa ikki marotaba yuqori quyilish trubalari orqali о‘tadi va polimerizasiya jarayonida hosil bо‘layotgan suv bug‘i va gazlardan oson ajraladi. Bug‘ va gazlar tepa tubdagi shtuser orqali chiqariladi. Qurilmani ta’mirlash va montaj qilish alohidaligi uning ichki halqali hajmi zmeyeviklar bilan tо‘ldirilganligi bilan belgilanadi. Bunday konstruksiya, birinchidan qobiq metalli holatini tekshirish va tozalashni qiyinlashtiradi; ikkinchidan-gidravlik sinov paytida zmeyevik nuqsonlarini aniqlab bо‘lmaydi. Shuning uchun, taftish va ta’mirlash uchun zmeyevik mahkamlangan qurilma qismlarga ajratiladi. Buning uchun ikkita tо‘siqli yuqori tub yechiladi. Montaj, tozalash va ta’mirlash oson bо‘lishi uchun qurilma silindrik qismi flanes birikmali ajraluvchan qilib yasalgan. Bu, qurilma tayanch qismini poydevorda qoldirilgan holda qism va detallarga ta’mirlash va kuzatish uchun imkon yaratiladi. Download 276.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling