Bulutli provayder
Bulutli provayder (ing. cloud provider) – bulutli hisoblash asosida xizmat ko„rsatuvchi tashkilot. U turli xil virtuallashgan resurslar (virtual server, virtual
tarmoq, virtual saqlash tizimlari)dan foydalanadi.
Taqsimlangan
hisoblash
Taqsimlangan hisoblash – katta hajmdagi ma‟lumotlarni tarmoqqa ulangan kompyuterlar guruhi yordamida qayta ishlash jarayoni. Jarayon muammoni
guruhlar birgalikda hal qilishiga mo„ljallangan.
Bulutli saqlash
(ing. cloud storage
) – ma‘lumotlarning mijozlar foydalanishi uchun taqdim etilgan tarmoq serverlaridagi joylarda bulut provayderlari
tomonidan onlayn saqlanishi
Google Docs
– hujjatlarni real vaqtda yaratish, formatlash va tahrirlash imkonini beruvchi onlayn muharrir
Google Spreadsheet – elektron jadval yaratish, yangilash, tahrirlash hamda ma‘lumotlarni onlayn almashish imkoniyatini beradi
Google Slides
– har xil tayyor shablonlarni taklif qiluvchi ko‗plab funksiyalarga ega bir nechta foydalanuvchi bilan onlayn taqdimot yaratish muhiti
SMS
(ingl. Short Message Service
) – qisqa xabarlar xizmati. Mobil aloqa tarmoqlarida abonentlar bir-birlariga matnli qisqa xabar uzatishi va
qabul qilishi bo‗yicha xizmat hisoblanadi
MMS
(ingl. Multimedia Messaging Service
) – GPRS texnologiyasiga asoslangan multimedia xabarlarini almashish xizmati. Xizmat rangli rasm,
fotosurat, musiqa, hatto videoroliklarni uzatish va qabul qilish imkonini beradi.
Tezkor xabar
– turli ijtimoiy tarmoqlar (telegram, skayp) yordamida chat orqali xabar almashish
G
(ing. Generation
– avlod) – mobil tarmoq avlodi
NMT
(ing. Nordic Mobile Telephone
) – nordik mobil telefoni
AMPS
(ing. Advanced Mobile Phone Service) – kengaytirilgan mobil telefon xizmati
Mobil Internet
– ko„chma modem (masalan, planshet va smartfon)lardan foydalanuvchi mobil telefon stansiyalari va boshqa raqamli qurilmalar orqali simsiz Internetga
ulanishni ta‟minlovchi tizim
Do'stlaringiz bilan baham: |