Audit ” fanidan kurs ishi mavzu: mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashishlar auditi


Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditining maqsadi va vazifalari


Download 122.89 Kb.
bet2/9
Sana16.06.2023
Hajmi122.89 Kb.
#1495998
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Normuradova

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditining maqsadi va vazifalari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshiradilar, ya’ni erkin iqtisodiy munosabatga kirishadilar. Bunda mol yetkazib berish, ish, xizmatlar bajarish va boshqa Xo‘jalik muomalalari vujudga keladi. Natijada subyektlar o‘rtasida hisob-kitob muomalalarini amalga oshirish jarayoni vujudga keladi. Masalan, mol yetkazib beruvchilar bilan sotib olingan xom- ashyo, material, asbob-uskuna va boshqa tovar-moddiy boyliklar, xaridor va buyurtmachilar bilan ortib jo‘natilgan mahsulot, transport tashkilotlari bilan yuklarni tashish, soliq organlari bilan budjetga to‘lovlar yuzasidan va h.k. Bulardan tashqari jismoniy shaxslar, xodimlar bilan turli xil hisoblashishlarni amalga oshirish mumkin. Masalan, hisobdor shaxslar bilan safar xarajatlari yuzasidan, kreditga olingan tovar-moddiy boyliklarga to‘lovlar yuzasidan va h.k.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar asosan naqd pulsiz amalga oshiriladi. Naqd pullar korxonaning xizmat safarlariga, xo‘jalikning mayda xarajatlariga hisobdorlik asosida beriladi.
«Korxonaning ba’zi xarajatlari hisobdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Korxonaning ayrim xodimlariga xizmat safari xarajatlari, ayrim mayda Xo‘jalik xarajatlari uchun kassadan mablag‘ beriladi. Hisob-kitob muomalalari xodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnat haqi bo‘yicha, hisobdor shaxslar bilan va boshqa muomalalar bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi. Bu hisob- kitoblar asosan naqd pul bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ichki hisob-kitoblar ataylab yoki bilmasdan ko‘p xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladigan soha bo‘lib, auditordan tekshiruvda maxsus e’tibor qaratishni talab etadi».
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishdan asosiy maqsad buxgalteriya hisobidagi Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar doir majburiyatlar aks ettiriladigan bo‘limning ishonchliligi, qo‘llanilayotgan hisob va soliqqa tortish uslubiyotining amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to‘g’risida fikr shakllantirib, quyidagilarni aniqlashdan iborat:
to‘liqligi - barcha muomalalarning buxgalteriya hisobotida aks ettirilganligi, hisobga olinmay qolgan hisob-kitoblar yuqligi;
mavjudlik - balans tuzish sanasiga i mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan bo‘yicha majburiyatlar mavjudligi;
majburiyatlar - mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga doir majburiyatlar summalari qonuniyligi va to‘g‘riligi;
baholashlar - mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda baholanganligi;
aniqligi - mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan bog’liq majburiyatlar summasi to‘g‘ri hisoblanganligi, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob registrlaridagi ma’lumotlarga mosligi;
hisob davrining cheklanganligi - mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga doir barcha majburiyatlar qachon vujudga kelgan bo‘lsa, aynan mana shu hisob davrida aks ettirilganligi;
Taqdim etish va bayon qilish - mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga doir majburiyatlarning barchasi hisob va hisobotga oid me’yoriy hujjatlarga muvofiq bayon qilingan, turkumlangan va taqdim qilinganligi.
Ushbu maqsadga erishish uchun auditorlik tekshiruvida quyidagi vazifalar hal etilishi lozim:
auditor tekshiruv mobaynida hisobot ko‘rsatkichlarida jiddiy xatolar yo‘qligiga yetarli darajada ishonch hosil qilish;
dalillarni to‘plash uchun har xil manbalardan shakllanadigan axborot bazasidan foydalanish;
auditor tekshiruvni boshlashdan oldin mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlar paketi, sintetik va analitik hisob registrlari va boshlang‘ich hujjatlarni jamlash;
mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitob muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish;
soliqqa tortish bo‘yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar paketini mijoz-korxona faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantirish.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar auditining asosiy manbasi bo‘lib quyidagi me’yoriy va dastlabki hujjatlar hamda buxgalteriya hisobi registrlari hisoblanadi (1-jadval).

Download 122.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling