Audit ” fanidan kurs ishi mavzu: mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashishlar auditi


Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditini rejalashtirish


Download 122.89 Kb.
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi122.89 Kb.
#1495998
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Normuradova

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditini rejalashtirish

Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi. Auditning maqsadlari xususan quyidagilardan iborat: buxgalteriya hisobining holatini ekspertiza yo’li bilan baholash, yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlarining xaqqoniy-ligini tekshirish va tasdiqlash valyuta muomalalarini taftish qilish, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar emissiyasi prospektining ma’lumotlarini tasdiqlash, korxonaning moliyaviy barqarorligini mustaxkamlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish, iqtisodiyot va moliyaviy huquq sohasidagi yangi qonunchilik hujjatlari bo’yicha aniq maslahat (konsultatsiya) o’tkazish va xokazo.
Mijoz – auditorlik firmasining munosabatlari bo’lib, auditorlik firmasi mijozni baholaydigan, keyin mijozni “maqbul” deb topsa, bitim (tuzilishi) yopilishi haqida kelishuv xati yuboriladigan “bir yoqlama harakatli bitta ko’cha” emas. Auditorlik xizmatlari bozori raqobatbardosh hisoblanadi va boshqa har qanday biznes kabi har qanday auditorlik firmasi auditda huquqiy munosabatda bo’lishini xohlovchi o’ta kerakli mijozlar ham bor. Garchi, hamisha shunday bo’lmasa ham, auditorlik firmalariulardan ko’plab mijozlarni, ayniqsa, yirik mijozlarning takliflarini tayyorlaydi va taqdim etadi. Shuningdek, auditorlik mijozga nisbatan munosabatlarini tushunish auditorlar agar etika va kasbi talablari (mustaqillik, vakolatlik va boshqa) belgilangan majburiyatlar uchun tipik bo’lsa bajarish majburiyatlar uchun tipik bo’lsa bajarish mumkinligini ko’rib chiqish imkonini beradi. Bu mijozni qabul qilishdagi ikkinchi bosqich hisoblanadi. Biz, bu erda raqobatni muhokama qilamiz va bozorlar auditini o’tkazamiz: qiymatlar tasavvurlari, auditorlik xizmatlari sifati. Auditorlik firmasi mijozga majburiyatlar bo’yicha takliflarni yozib, ko’rsatishi lozim (buni ayrim auditorlar mijoz obro’sining tanlovi deb ham hisoblanadi).
Auditor mijozning biznesni bilishi kerak, buning uchun unga moliyaviy hisobotlarda yoki auditorlik hisobotida sezilarli samaraga ega bo’lishi mumkin bo’lgan voqealarni, operatsiyalarni va metodlarni identifikatsiyasiyalash va tushunishga imkon berish etarli.
Auditorlar ham yangi va mavjud mijozlarini ularning ofislariga borib, yillik hisobotlarini ko’rib, mijozning boshqaruvi va shtati bilan muhokama (muzokara)larga kirishib va odatda, internet orqali jamoatchilik yangiliklari va jamoatchilik axborotlari ma’lumotlariga kirib imkoniyatlarini olib, ular bilan oldindan tanishishi mumkin. Agar mijoz mavjud bo’lsa (eski) avvlagi yillarning ishga oid xujjatlari ko’rib chiqilishi kerak.
Agar mijoz yangi bo’lsa auditor avvalgi auditor bilan maslahatlashish va oldindan axborot qidiruvini kengaytirish lozim. Auditorlar nazoratdagi mijozlar haqidagi o’z axborotlarni 3 ta asosiy manbadan oladilar: ularning mijozlar bilan tajribalari umum olish mumkin bo’lgan axborotlar va mijozning o’zidan mustaqil ravishda axborotlarni baholash uchun foydalaniladigan metodlar jamoatchilik ma’lumotlari bazasining qidirishdan variatsiyalanadi. Mijozning shtatlari va boshqaruvini muhokama qilish boshqaruv nazoratining ichki vositalari va extimoliya risklarni baholashda muhim hisoblanadi. Bu muxokamalar quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:

  • Mijozning boshqaruvda tashkiliy tuzilmalarida va operatsiyalaridagi o’zgarishlar;

  • Bazaning mijozga ta’sir qiluvchi ijtimoiy texnik va iqtisodiy omillarining joriy rivojlanishi;

  • Joriy yoki kelgusidagi moliyaviy qiyinchiliklar yoki xisob muomalalari;

  • Korxona moliyaviy xisobotlarini xato yoki firibgarlik oqibatidagi moddiy jixatdan noto’g’ri yozishma (ariza) larga tasirchanligi;

  • Bog’liq tomonlarning mavjudligi;

  • Yangi yoki yopiq ko’chmas mulk va ishlab chiqarish korxonalari vositalari;

  • Texnologiyadagi mahsulotlar yoki ishlab chiqarish xizmatlari yoki taqsimlash kabi yaqindagi yoki osilib qolgan o’zgarishlar;

  • Buxgalteriya tizimi va ichki boshqaruv tizimidagi o’zgarishlar;

  • Mijozni yangi tekshirish.

Yangi mijozni qabul qilishdan oldin auditorlik firmasi mijoz maqbulligini aniqlash uchun to’liq tekshirish ko’radi va agar auditor mustaqillikning etika talablarini, ma’lum vakolatlikni qondira olsa (ishni qabul qiladi) va boshqa.
Axborotlarning boshqa manbalari maxalliy yuristlar boshqa manbalari CPA (Ctrtifeitd Public Acciestants), banklar va boshqa kompaniyalar bilan bog’liq bo’lsada, intervyu (suhbat)larni tashkil etadi. Bazida auditor boshqaruvining obro’si va asosiy azolari haqida axborotlar olish uchun professional auditorlarni yollashi yoki unda ish sud – buxgalteriya ekspertizasi bo’limidan foydalanishi mumkin. Agar avvalgi auditor bo’lmasa, yanada kengroq tekshiruvlar o’tkazilishi mumkin.
Ko’pgina auditorlik firmalari mavjud mijozlarini har yili baholaydilar. Yuqorida muhokama qilingan tekshirishga qo’shimcha ravishda auditor, auditning hajmi, fikrlar va yig’imlar turlari auditorlik firmasi va mijoz hamda boshqaruv yaxlitligi orasidagi sudlarni ko’rib chiqishdagi og’irliklar kabi har qanday avvalgi nizolarni ko’rib chiqadi. Ushbu to’rt omil munosabatlar davom etish etmasligiga kuchli ta’sir etadi. Majburiyatlarni davom ettirish uchun auditor oldingi yillar tekshiruv ishlari natijalari doir xujjatlaridan yig’ilagan axborotlarni yangilagan va qayta baholagan bo’lar edi. Auditor shuningdek, oxirgi auditdan buyon yuz bergan jiddiy o’zgarishlarni idensifikaytsiyalashtirish bir xil o’xshash uchun ishlab chiqilgan protseduralarini ham bajarishi lozim.
Auditor, shuningdek, mijoz uchun auditni davom ettirmaslik haqida qaror qilish ham mumkin, chunki u risk haddan tashqari ko’p (yuqori)ligini xis qiladi. Masalan, xukumat agenti va mijoz orasida mijozni moliyaviy layaqatsizlikka olib keluvchi va oxir oqibat qarshi davo qo’zg’atuvchi tartibga soluvchi (boshqaruvchi) nizolar bo’lishi mumkin. Yana shunday ham bo’lishi mumkin: auditorlar moliyaviy (xizamtlar kabi) mavjud auditor uchun maqbul bo’lgandan ko’p risk taklif qilayotganinin xis qiladi.
Auditorlik faoliyatida rejaning to’g’ri tuzilishi uni samarali tashkil etilishi bilan izohlanadi. Shuningdek, auditorlik tekshiruvlari kam vaqt talab qilishi va iqtisodiy tejamkor bo’lishida rejaning optimal tuzilishi talab etiladi. Buning uchun esa, auditni rejalashtirishning maqsadi, uning bosqichlarini to’liq o’rganish, undagi muammolarga xolisona baho berish, ularni bartaraf etish asosida rejalashtirish jarayonini takomillashtirish zarur. Bu borada uning huquqiy zaminini mustahkamlash talab etiladi. Biroq, ta’kidlash joizki, auditorlik xizmatining ish sifati uni to’g’ri rejalashtirishga bevosita bog’liqdir.
«Moliyaviy hisobot auditni rejalashtirish» nomli №300-son AXSga muvofiq rejalashtirish auditorlik tekshiruvini o’tkazishning boshlang’ich bosqichi hisoblanib, auditorlar reja tuzilgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari va auditorlik tekshiruvining barcha bosqichlarida umumiy reja hamda dasturda keltirilgan vazifalarni qat’iy tartibda amalga oshirishlari lozim. Standartga muvofiq, auditorlik tekshiruvini rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim (1-rasm).


Download 122.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling