Audit ” kafedrasi “Audit” fanidan kurs ishi mavzu: Bank kreditlari bo’yicha hisoblashishlar auditi Bajardi
Bank kreditlari bo’yicha hisoblashishlar auditini o’tkazishning maqsadi, vazifalari va axborot manbalari
Download 123.92 Kb.
|
22 tema isleniw kerek Audit ” kafedrasi “Audit” fanidan kurs ishi mavzu Bank kreditla
1. Bank kreditlari bo’yicha hisoblashishlar auditini o’tkazishning maqsadi, vazifalari va axborot manbalari.
Korxonaning ishi har doim ijobiy tendentsiyaga ega bo'lganligi sababli vaqti-vaqti bilan u qanchalik samarali tekshiruv va ichki resurslar va pulni taqsimlash to'g'ri tekshirilishi kerak. Ma'lumot to'plashning eng mashhur usullaridan biri va tashkilotni tashkil etish to'g'risidagi tarqalishning tarqalishi to'g'risidagi ma'lumotlarni tahlil qilish - bu auditni o'tkazishdir. Doimiy audit bilan, kompaniyaning iqtisodiy faoliyatini baholash va uni to'g'ri boshqarish mumkin. Tashkilotda tomoshada buxgalteriya hisobi ishining tegishli qonun hujjatlari bilan buxgalteriya ishining tegishli ishlarining bajarilishini tekshirish va turli iqtisodiy va huquqiy hujjatlarda aks ettirilgan qoidalarning bajarilishini tekshirishga imkon beradi. Qoida tariqasida, mustaqil firma yoki xususiy tashqi auditorlar tomonidan auditorlik va ularda bir qator majburiy bosqichlar, shu jumladan qabul qilingan ma'lumotlarni to'plash, baholash va tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. To'plangan ma'lumotlarning tahlili kompaniyaning ishini yaxshilashga va uning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirishga yordam beradi. Auditning maqsadi buxgalteriya hisoboti tashkilotda saqlanib qolganligi va moliyaviy hisobotning haqiqiy ahvoliga muvofiqligini xulosa chiqarishdir. Bank kreditlarini jalb qilish iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, xususiy tadbirkorlikning rivojlantirishning qo’shimcha manbalaridan hisoblanadi. Korxonalar bilan bank o’rtasidagi kredit munosabatlari tomonlarning o’zaro majburiyatlari va ma’suliyatlarini belgilaydigan, kredit shartnomalariga asosan tartibga solinadi. Тekshiruv chog’ida auditor kredit shartnomalarining haqiqatda mavjudligini, ularning O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarning talablariga javob berishini aniqlaydi. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga muvofiq kredit shartnomalari kredit munosabatlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari bilan tuziladi. Auditor shartnomalarni tahlil qilib, ularda quyidagi masalalar o’z aksini topganligini aniqlaydi: kredit berishning maqsadi; kredit muddatlari; kreditni berish va qaytarish tartibi hamda shartlari; majburiyatlarni ta’minlash shartlari; foiz stavkalari, foizlarni to’lash tartibi va muddatlari; kreditni berish va qaytarish bo’yicha tomonlarning majburiyatlari, huquqlari va ma’suliyatlari; bankka taqdim qilinadigan hujjatlar ro’yxati va taqdim qilish muddatlari; boshqa shartlar. Pul mablag‘larini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning asosiy maqsadi: kassadagi milliy va xorijiy valutadagi naqd pul mablag‘lari, bankdagi hisob-kitob schyoti, valuta schyotlari va boshqa maxsus schyotlarga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazib, moliyaviy hisobotning «Pul mablag‘lari» bo‘limi bo‘yicha ma’lumotlarning ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul mablag‘larini hisobga olish uslubiyatining O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa shakllantirish, ular saqlanishi va ishlatilishining maqsad-ga muvofiqligi, samaradorligi hamda qonuniyligini ta’minlash, shuningdek, hisobga olishni takomillashtirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur: inventarizatsiya o‘tkazish yo‘li bilan kassadagi mavjud pul mablag‘-lari, qimmatli qog‘ozlar miqdori va summalarining haqiqiy qoldig‘ini aniqlash, kassa muomalalarini hisobga olishda «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini amalga oshirish qoidalari»ga qay darajada rioya qilinayotganligini aniqlash; bank muassasasidagi hisob-kitob, valuta va boshqa maxsus schyotlar bo‘yicha amalga oshirilgan muomalalarni tekshirib chiqish; o‘tkazilgan tekshirish asosida oraliq dalolat-noma tuzish va xulosa qilish. Korxonalar bankda xisob-kitob schyoti, valyuta schyotidan tashkari maxsus schyotlarga xam ega bo’lishlari mumkin. Bunday schyotlar mamlakatimizdagi va chet ellardagi akkreditivlarda, chek daftarchalarida, boshka tulov xujjatlarida (veksellardan tashkari), joriy, aloxida va boshka maxsus schyotlarda saqlanayotgan milliy va xorijiy valyutalardagi pul mablaʻlarini xisobga olish uchun mo’ljallangan. Bankda maxsus schyotlarni ochish korxonalar urtasida ayrim xisob-kitoblarni yuritish xususiyatlaridan xam kelib chikadi. Auditorlik tekshiruvi xar bir maxsus schyot buyicha o’tkaziladi. Bankdagi maxsus schyotlar buyicha muomalalarni xisobga olish uchun 5510-“Akkredetivlar”, 5520-“Chek daftarchalari”, 5530-“Boshka maxsus schyotlar” tayinlangan bulib, ularda pul mablaʻlari xarakati xam sumda xam valyutada aks ettiriladi. Alohida saqlash talab qilinadigan pul mablaʻlari xarakatini nazorat qilish uchun 5510,5520 - schyotlar maʼlumotlari tekshiriladi. Pul mablaʻlarining maqsadli tayinlashiga ko’ra 5530-“Boshka maxsus schyotlar” schyotiga quyidagi analitik schyotlar ochilishi mumkin: maksadli (tadbirlarni) mablaʻ bilan taʼminlashni (bolalar bogchasi, yaslilarni saklash va boshkalar) xisobga olish uchun; kapital kuyilmalarni mablaʻ bilan taʼminlashga mablaʻlarni tuplash uchun; bank kartalaridan foydalanib xisob-kitoblarni amalga oshirishda pul mablaʻlarini saklash uchun muljallangan bankdagi maxsus kartochka schyoti. Bankdagi schyotlar bo‘yicha muomalalarni tekshirishda auditor quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalanadi: hisob yuritish siyosati to‘g‘risidagi buyruqning pul mablag‘lari hisobiga doir bo‘limi; bankdagi hisob-kitob, valyuta va boshqa maxsus schyotlar bo‘yicha muomalalarni amalga oshirishni va ushbu muomalalarni buxgalteriya hi-sobida aks ettirishni tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar (O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida Nizom; buxgalteriya hisobotlari (buxgalteriya balansi (1-shakl) va pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot (4-shakl); soliq hisoboti (so‘mdagi va chet el valutasidagi schyotlar to‘g‘risida ma’lumot); bankdagi schyotlar bo‘yicha muomalalarni hisobga oladigan sintetik hisob registrlari; Bank kreditlari bo’yicha hisoblashishlar rasmiylashtiradigan dastlabki hujjatlar; Bank kreditlari bo’yicha hisoblashishlar aks ettirish uchun qo‘llaniladigan ishchi schyotlar rejasi; buxgalteriya hisobining korxonada qo‘llaniladigan shakli va bankdagi schyotlardagi mablag‘larni hisobga olishga doir registrlar ro‘yxati; bankdagi schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga olish bilan bog‘liq bo‘lgan dastlabki hujjatlarning hujjatlar aylanish grafigi; bankdagi schyotlarga doir muomalalar bo‘yicha pul va hisob-kitob hujjatlarini imzolash huquqiga ega shaxslar ro‘yxati. Auditor (auditorlar guruhi) kassadagi pul mablag‘lari va kassa muomalalarini hujjatlar asosida tekshirishni boshlashdan oldin, odatda, kassadagi naqd pullar, qimmatli qog‘ozlar va qat’i hisobot blanklarini tekshiruvdan o‘tkazadi. Bunda pul mablag‘larini hisobga olishga doir respublikamizdagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarga asoslanish zarur. Kassani tekshirishni boshlaganda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim: - tekshirilayetgan korxonada bitta yoki bir nechta kassir (yoki shunga vakolatli shaxslar) ishlashini; - kassirning fakat tekshirilayotgan korxonada ishlashi yoki o’rindoshlik asosida boshka korxonalarga xam xizmat ko’rsatishi; - kassirning kassa muomalalarini yuritish qoidalari bilan tanishganligi; Auditor turli rasmiylashtirilgan kassa xujjatlarini kassirga xisobot tuzish va unda tekshiruv paytida bulgan qoldikni ko’rsatish uchun beradi. Tekshiruv paytida kassada ish xaqi tulik tarqatilib ulgurmagan vedomostlar bor bo’lsa, auditor bosh buxgalter va kassirga vedomostlarni belgilangan tartibda qo’shishni taklif etadi. Agarda kassani tekshirish, ish xaki tarkatish davriga to’g’ri kelib, ko’p xodimlarga ish xaki tarkatilmagan vedomostlar bulsa, bunday vedomostlar kassir xisobotiga kushilmasdan, dalolatnomada kassa xisobotiga kiritilmagan, kisman tulangan chikim xujjatlari sifatida yozib kuyilishi mumkin. Bu xolda xar bir to’lov vedomostida kaysi tartib rakami buyicha ish xaqi berilganligi va uning jami summasi kursatiladi. Ushbu yozuv kassir, bosh buxgalter va auditor imzolari bilan tasdiqlanadi.
Download 123.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling