Audit ” kafedrasi “Audit” fanidan kurs ishi mavzu: Bank kreditlari bo’yicha hisoblashishlar auditi Bajardi


Bank kreditlari bo’yicha hisoblashishlar auditini umumiy ish rejasi va dasturini tayyorlash


Download 123.92 Kb.
bet3/5
Sana08.05.2023
Hajmi123.92 Kb.
#1444561
1   2   3   4   5
Bog'liq
22 tema isleniw kerek Audit ” kafedrasi “Audit” fanidan kurs ishi mavzu Bank kreditla

2. Bank kreditlari bo’yicha hisoblashishlar auditini umumiy ish rejasi va dasturini tayyorlash.
Auditning umumiy ish rejasi: mijoz faoliyati bilan tanishish, dastlabki rejalashtirish, tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini baholash, tanlash hajmi va jiddiylik darajasini aniqlash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayoni (dasturni bajarish), bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy hujjatlarni tayyorlash, tekshiruv natijalarini mijozga taqdim etish va hokazolarni o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha bosqichlarini aks ettirishi lozim.
Auditor kreditlarning maqsadga muvofiq sarflanishini va ssuda qarzlarini qaytarish tartibini (pul mablag’lari ko’rinishida, veksel berish yo’li bilan, o’zaro qarz surishish orqali) aniqlashi kerak.
Kreditlarni qaytarishning to’liqligi va o’z vaqtidaligini auditor bank ko’chirmalari bo’yicha tekshiradi. 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari» schyoti bo’yicha uzoq muddatli kreditlarning qaytarilishigacha 12 oy to’lmasdan, hisobot tuzishda qaytarilmagan qoldiq qisqa muddatli qarz tarkibida ko’rsatiladi.
Auditor kreditlar bo’yicha muddati o’tib ketgan qarzlar mavjudligini tekshiradi, o’z vaqtida qaytarilmaslik sabablarini va ularni qaytarish uchun qanday choralar ko’rilayotganligini aniqlaydi. Bunda bank ssudalari bo’yicha muddati o’tib ketgan qarzlar mavjud bo’lganida kreditlar uchun foiz stavkalarining qanday ko’tarilib borganini aniqlashi zarur. CHunki bu korxona daromadlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari» yoki 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari»
schyotlari bo’yicha 5110-«Hisob-kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» bilan bog’langan debet yozuvlarini tahlil qilib, auditor olingan kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishini tekshiradi.
Amaliyotda auditor ayrim kreditlarning muddati, bir yoki bir necha marta o’zaytirilganligini uchratishi mumkin. Bunday hollarda auditor kreditlarni o’z vaqtida qaytarish imkoniyati haqida va ko’rilgan zararlarning hajmi to’g’risida fikr bildirishi lozim.Auditor kreditlarning qaytarilishi ta’minlanganligi masalalariga ham e’tibor qaratishi zarur. Kafillik, kafolat xati, qimmatli qog’ozlar, tovarlar va boshqa mulklarni garovga qo’yish kredit ta’minotining asosiy turlaridir. SHulardan garov to’g’risidagi shartnomalar keng tarqalgan. Bunda quyidagilarni tekshirish zarur: garov to’g’risidagi shartnomaning haqqoniyligi, uning yuzaki tuzilmaganligi, unda garovga qo’yilgan mulklarning qanchalik aniq ko’rsatilganligi va hokazo. Kreditlar hisob-kitob schyoti yoki valyuta schyotidan pul o’tkazish, hamda qimmatli qog’ozlarni berish yo’li bilan qaytarilishi mumkin. Auditor kreditlardan foydalanganlik uchun foiz summalarining qanday schyotlarda aks ettirilganligi yoki qaysi manbalar - moliyaviy natijalar yoki boshqa manbalar hisobidan qoplanganligini tekshiradi.
Foizlar to’lanishini tekshirishda ular tannarxga qo’shilganligini aniqlash zarur. Umuman olganda bu moliyaviy natijani buzib ko’rsatmaydi, lekin uslubiyotdan chetga chiqishga olib kelishi mumkin. Bu o’z navbatida moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot(2-shakl)da aks ettirilgan, foida tarkibi shakllanishini, bunday summalar katta bo’lganida esa «Тo’langan foizlar» moddasi ko’rsatkichlarining buzib ko’rsatilishiga olib keladi. Qoidabuzarliklarning bunday turini aniqlash va yetarli darajada auditorlik dalillariga ega bo’lish uchun hujjatlarni tekshirish va kredit uchun foiz summalarining arifmetik hisob-kitobi kabi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Тekshiruvda axborot manbalari sifatida kredit shartnomalari, analitik hisob registrlari va hisob-kitoblar hamda foizlarni aks ettirish bo’yicha buxgalteriya ma’lumotnomalaridan foydalanish zarur. Korxonalar amaliyotida qarz mablag’lar hisobidan sotib olingan mulklarni baholashda xatolarga yo’l qo’yish hollari uchrab turadi.Auditor tomonidan aniqlangan, baholash tamoillarining buzilish hollari uzoq muddatli aktivlar(asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va shunga o’xshashlar)ni sotib olish qiymatiga, kapital mablag’ bilan ta’minlashga olingan kreditlar uchun foizlar, ushbu ob’ektlar balansga qabul
qilinganidan so’ng qo’shilgan hollarda yuzaga keladi. Me’yoriy hujjatlarda kapital xarajatlarni amalga oshirishda kreditlarning foiz to’lovlarini ob’ektlarning boshlang’ich qiymatiga qo’shishga, ular balansga qabul qilinishiga qadar amalga
oshirishga ruxsat etilgan. Ob’ektlar balansga qabul qilinganidan so’ng to’langan kredit uchun foizlar dastlabki qiymatga qo’shilmaydi, balki moliyaviy natijalarga olib boriladi. Kredit va qarzlarni tekshirish doirasidagi byudjet bilan hisob-kitoblar tekshiruvi bilan kesishadigan amallar bo’yicha kapital xarajatlarni mablag’ bilan ta’minlashga foyda solig’i bo’yicha imtiyoz summalari asoslanadi.
• Standartda ko’rsatilishicha, auditor umumiy rejada audit o’tkazish muddatlari va audit o’tkazish grafigini tuzishni, auditorlik hisoboti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasi tuzishni nazarda tutishi lozim.
Rejalashtirish chog’ida auditor quyidagilarni hisobga olishi zarur:3

  • auditorlik amallarini bajarish bilan bog’liq uslubiy masalalarni tushuntirish.

  • auditorlik guruhi rahbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari sifati ustidan nazorat o’rnatishi;

  • auditorlik guruhining barcha a’zolariga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ularni mijozning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishtirish ;

  • auditorlarni, ularning malakaviy darajalari va lavozimlariga muvofiq audit o’tkaziladigan muayyan uchastkalarga taqsimlash;

  • auditorlik guruhini tuzish, audit o’tkazishga jalb qilinadigan auditorlar soni va malakasi;

  • muhimlik darajasi;

  • kelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi (takroriy audit o’tkazish hollarida) va haqiqiy mehnat xarajatlari;

Standartga muvofiq auditning umumiy rejasi tuzilganidan so’ng audit dasturi tuzilib, unda barcha auditorlik amallarining batafsil ro’yxati bayon qilinishi zarur. Dastur auditorlar uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, unda tekshirilishi lozim bo’lgan buxgalterlik hisobining barcha bo’limlarini tekshirish, shuningdek ichki nazorat tizimini tahlil qilish bo’yicha ularning barcha hatti-harakatlari aks ettirilgan bo’lishi lozim. Audit dasturini tuzish yuzaki bajarilmasligi lozim, chunki u auditorlar ishidagi ta’sirchan nazorat dastagi bo’lib xizmat qiladi, dasturning har bir bo’limi bo’yicha auditor xulosalari esa auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim.
Auditor o’z ishini shunday rejalashtirishi lozimki, buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlarini, moliya-xo’jalik muomalalarining ishonchliligini va qonuniyligini, hamda ular buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishining to’g’riligini o’z vaqtida va sifatli auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi kerak.
Auditni rejalashtirish quyidagilarni ta’minlashi lozim:
a) buxgalterlik hisobi va hisobotining holati hamda ichki nazorat tizimining samaradorligi to’g’risida zarur axborotlarni olish;
b) bajarilishi lozim bo’lgan nazorat amallarining mazmunini, o’tkazish vaqtini va hajmini aniqlash;
Auditni rejalashtirish kutilayotgan ishlar rejasini tuzish va auditorlik dasturini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi.
Kutilayotgan ishlar rejasida quyidagi ko’rsatkichlar aks ettiriladi:
audit o’tkazish muddati va ishlarning davomiyligi;
bajariladigan ishlar hajmi;
auditor qo’llaydigan usullar va amallar.
Auditor o’z rejasini tekshiriladigan korxona rahbariyati va xodimlari bilan muhokama qilishi mumkin. Bu o’tkaziladigan auditning ta’sirchanligini oshirish va auditorlik amallarini korxona xodimlari faoliyati bilan muvofiqlashtirishga imkon yaratadi.
Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish hamda ishlarning kutilayotgan hajmini aniq hisobga olish uchun eng avvalo:
• auditorlik tekshiruvi o’tkazish shartnomasi shartlarini o’rganishi;
• o’tkaziladigan auditning eng muhim masalalarini ajratib olishi;
• maxsus e’tibor talab qiladigan shartlarni aniqlashi;
• tekshiriladigan korxona faoliyatining predmetini hisobga olgan holda yangi qonunlar, nizomlar, yo’riqnomalar va boshqa aloqador me’yoriy hujjatlarning auditga ta’sirini o’rganishi;
• tekshiriladigan korxonaning hisob tizimi va ichki audit tizimining ishonchlilik darajasini aniqlashi;
• ichki auditorlarning ishlarini va ularni auditga jalb qilish mumkinligini tahlil qilishi;
• korxonaning alohida balansga ajralib chiqarilgan filiallari, vakolatxonalari, bo’limlari va maxsus bo’linmalarida audit o’tkazish maqsadga muvofiqligini o’rganishi;
• ekspertlarni jalb qilish zarurligini aniqlanishi lozim.
Auditorlar tekshiruv vaqtida ular tomonidan bajariladigan ishlarning hajmi va sifatini tasdiqlaydigan, asosiy hujjatlardan bo’lib hisoblangan, ish hujjatlarini tuzishlari lozim. Bu hujjatlar ixtiyoriy shaklda tuzilib, ularda mijoz to’g’risidagi zarur ma’lumotlar; bajariladigan ishlarning batafsil bayoni bo’lishi lozim. Xususan quyidagilar ko’rsatiladi: tekshiruv o’tkazish uslubi (yoppasiga yoki tanlab), yoki tekshiriladigan hujjatlarning hajmi; tekshiruv natijasida aniqlangan kamchiliklar; tekshiruvga taqdim etilmagan dastlabki va boshqa hujjatlar ro’yxati; amaldagi qonun-chilikka mos kelmasliklar; aniqlangan kamchiliklarni bar-taraf qilish usullari to’g’risida auditorning fikrlari; mijozining moliya-xo’jalik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tavsiyalar. Shuningdek, ish hujjatlarida: mijoz-korxonaning ichki xo’jalik nazorat tizimini (ushbu tizimning ijobiy tomonlari va salbiy jihatlarini ajratib ko’rsatgan holda); o’tgan yildagi audit dasturi va uning natijalarini aks ettirish zarur. Ish hujjatlari auditning yaxshi rejalashtirilganligini, to’plangan ma’lumotlar ishonarliligini, auditorlik xulosasining amalga oshirilgan audit natijalariga muvofiqligini tasdiqlashi lozim. Zarur hollarda auditor haqiqatan ham aynan shunday auditorlik xulosasi tuzish uchun etarli guvohliklar to’planganligini ham baholashi zarur.
Ish hujjatlaridagi tafsilotlarning tasdiqlangan moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlardan farq qilmasligi o’ta muhimdir. Auditorlik xulosalari yaqqol va ikki xil ma’no bildirmaydigan bo’lishi lozim.
Auditorning ish hujjatlari maxfiy hisoblanadi. Audit yakunlanganidan so’ng ish hujjatlarini himoyalash bo’yicha barcha zaruriy choralar ko’rilishi kerak. Ish huj-jatlari begona shaxslarga, agar boshqa holatlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilmagan bo’lsa, faqat mijoz-korxonaning roziligi bilan berilishi mumkin. Auditorlik tashkilotlarining ish faoliyatini umumiy rejalashtirish ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqichda tekshiriladigan korxona o’rganilib, bayon qilinadi va o’tkaziladigan tekshiruvning asosiy o’lchamlari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa tekshiruv strategiyasi ishlab chiqiladi va barcha oldinda turgan ishlarning batafsil bayoni tuziladi.
Tekshiruvdagi mazkur amallar auditorining ishchi xujjati bilan rasmiylashtiriladi. Tafovutlar aniklanganida fark summalarini kursatish va ularning sabablarini ochib berish zarur.
4. Shunday kilib, bankdagi 5110 “hisob kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Xorijdagi valyuta schyotlari”, 5510-“Akkreditivlar”, 5520 “Chek daftarchalari” va 5530 “Boshka maxsus schyotlar” buyicha amalga oshirilgan bank muomalalarini tekshirishda kuyidagilarni amalga oshirish zarur:
* •korxonaning nechta xisob kitob schyoti, valyuta schyoti va maxsus schyoti borligi, shuningdek ular qaysi bank muassasalarida ochilganligini aniklash;
Schyotlar sonini aniqlab, balansning “hisob-kitob schyoti”, “Valyuta schyoti”, “Bankdagi maxsus schyotlar” moddalari buyicha qoldiqlarni va bu schyotlar bo’yicha bank ko’chirmalaridagi ushbu balans sanasiga bulgan qoldiqlarni solishtirish, shuningdek, bank ko’chirmalarida aks ettirilgan summalarni ilova qilingan dastlabki xujjatlarda aks ettirilgan summalar bilan takkoslash lozim;
Amalga oshirilgan muomalalarning Uzbeksiton Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik va meʼyoriy xujjatlarga muvofiqligini tekshirish;
Bankdagi schyotlarda olingan kuchirmalar va kuchirmalarga ilova qilingan, muomulalarni tasdiqlovchi xujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirishini tekshirish;
Bank ko’chirmalarida va bankdagi pul mablagʻlari xisobga olinadigan registrlarda pul mablaʻlarining kirimi va chikimi buyicha oborotlarni jamlashni va kun oxiriga koldik chikarishning tuʻriligini arifmetik tekshirish;
Bank ko’chirmalaridagi, buxgalteriya xisobi registrlaridagi va bosh daftardagi yozuvlarni xamda Bosh daftardagi qoldiklar va balans moddalarini mosligini tekshirish;
Bank muomalalarining buxgalteriya xisobi schyotlarida to’g’ʻri aks ettirilganligini aniqlash zarur. (Masalan: kassaga olingan naqd pullarni 5010 “Milliy valyutadagi pul mablaʻlari” schyoti debetida aks ettirish urniga boshka schyotlarga olib borish xollariga yo’l ko’yilmaganligini aniklash);
Bank kuchirmasida aks ettirilgan xar bir muomala tegishli dastlabki xujjatlar (schyotlar, tulov topshiriklari, tulov talabnomalari, shartnomalar, akt protsentovkalar va boshkalar) bilan tasdiklanishi lozim. Bank ko’chirmalariga ilova qilingan dastlabki xujjatlar kuyidagi tartibda guruxlanadi; oldin bank kochirmalariga kirim xujjatlari, ulardan keyin esa barcha chikim xujjatlari ketma-ket ilova kilinadi;
Bank ko’chirmalarini bunday tartibda tekshirish bank xujjatlarini amalga oshirilgan muomalalarning moxiyatiga kura tekshirish bilan birga amalga oshirilishi kerak. Bunda auditor quyidagilarni aniklashi lozim:
- tovarsiz schyotlar va boshka nokonuniy muomalalar buyicha bunaklar (avanslar) va tulovlarning notuʻri utkazilishiga yul kuyilmayotganligi (tekshirilayetgan korxonaga alokador bulmagan, boshka korxonalar xaridlari va sarflariga doir schyotlarni to’lash va hokazo.);
- tovar-material qiymatliklarni mavsumiy jamgarish, bajarilgan ishlar uchun buyurtmachilar tomonidan takdim kilingan schyotlarni tulash maksadida olingan bank ssudalaridan o’z vaktida va to’gʻri foydalanish va ssuda olish uchun taqdim qilingan xujjatlarning tugʻriligi;
- bankdan olingan limitlangan va limitlanmagan chek daftarchalarining xisobda tugʻri aks ettirilganligi va qonuniy foydalanilayotganligi (ularning qatʼiy xisobda turadigan xujjatlar sifatida xisobga olinishi), ular xisobdor shaxslarga tilxat bo’yicha berilayotganligi;
- xisobdor shaxslar tomonidan chek daftarchalarining ishlatilishi to’gʻrisida xisobot tuzilishi, xisobdor shaxslar xisobotlaridagi koldiq va oborotlarning maxsus ssuda schyoti buyicha qoldiq va oborotlarga mos kelishi;
- cheklarning nomerlari, sanalari va summalarning transport xujjatlarida kursatilishi va x.k.;
- akkreditivlar orkali amalga oshiriladigan muomalalarning to’gʻriligi va qonuniyligi, shu bilan birga bunday xisob-kitoblarni xam aniqlash zarur;
Bular korxonaning to’lovga layoqatsizligi yuzaga kelmayotganligi va bunday xolda korxonaning moliyaviy axvolini yaxshilash borasida qanday choralar kurilganligi xam aniqlanadi.
Buxgalteriya xisobotining ishonchliligini tasdiqlash uchun undagi korsatkichlarning sintetik va analitik xisob, bank kuchirmasi maʼlumotlariga mosligini tekshirish kerak. Bunday tekshiruvni quyidagi chizma buyicha amalga oshirish maqsadga muvofik (1-chizma)

1-chizma4




Бухгалтерия баланси (№1 - шакл)


Балансдаги «хисоб-китоб счёти»,«Валюта счёти», «Бошка пул мабла`лари» моддаларининг курсаткичлари

Бош дафтар


5110-«Xисоб-китоб счёти», 5210-«Мамлакат ичидаги валюта счётлари», 5220-«Хориждаги валюта счётлари», «Банкдаги махсус счётлар» (5510-5520-5530) буйича колдиклар

Йигма синтетик хисоб регистрлари (дебет ва кредит буйича колдик ва оборотлар)


5110-«Щисоб-китоб счёти», 5210-«Мамлакат ичидаги валюта счётлари», 5220-«Хориждаги валюта счётлари», «Банкдаги махсус счётлар» (5510-5520-5530) буйича йигма синтетик хисоб регистрлари курсаткичлари




Банкдаги счётлар буйича синетик хисоб регистрлари (дебети ва кредити буйича колдик ва оборотлар)


Банкдаги хар бир счёт буйича регистрлар курсаткичлари



Банкдаги хар бир счёт буйича банк кучирмаси


Щар бир счёт буйича хисобот санасига пул мабла`лари колдиклари




  1. Download 123.92 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling