O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
FISKAL INSTITUTI
“Buxgalteriya va iqtisodiyot” fakulteti
“Amaliy audit” fanidan
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Subsidiyalar auditi.
Bajardi: BH-03-23 guruhi tinglovchisi
Radjapov Q.A
Qabul qildi: O‘razov K.
Toshkent-2023
Subsidiyalar auditi.
Reja:
1. Subsidiyaning tavsifi hamda qanday miqdorda ajratish tartibi
2. Davlat moliyaviy nazorati tizimi orqali subsidiyalarning muvofiqligini tekshirish
3. Byudjet tashkilotlarida davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Subsidiyaning tavsifi hamda qanday miqdorda ajratish tartibi
Subsidiya (lotincha: subsidium — yordam, nafaqa, qoʻllab-quvvatlash) — davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar mablagʻlari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablagʻi yoki natural shaklidagi yordam. Mablagʻlar koʻrinishidagi aniq manzilli Subsidiyalar bevosita soliq yoki boshqa imtiyozlarni joriy etish bilvosita Subsidiya deb ataladi.
Subsidiya davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi. Subsidiyalar iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tarkiban oʻzgartirish), eksportimportni muvozanatlab turish, fantexnika yangiliklarini oʻzlashtirishni yoʻlga qoʻyish, milliy sanoatni oʻstirish, ayrim hududlarni rivojlantirish, konversiya va boshqa maqsadlarda ajratiladi. Jahon bozoridagi narxni ushlab turish uchun bozorga qoʻshimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur boʻlganda davlat oʻz tovarlarini zaxiraga oʻtkazib turgan firmalarga Subsidiya berib, tovarlarni saqlab turish harajatlarini qoplaydi. Davlatning iqtisodiy dasturlarida ishtirok etadigan korxonalar ham Subsidiya oladi.
Buyruq bilan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (AV roʻyхat raqami 3163, 31.05.2019 y.) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |