Qabul qildi: O‘razov K. Toshkent-2023 Subsidiyalar auditi. Reja
Davlat moliyaviy nazorati tizimi orqali subsidiyalarning muvofiqligini tekshirish
Download 63.82 Kb.
|
Subsidiyalar auditi
2. Davlat moliyaviy nazorati tizimi orqali subsidiyalarning
muvofiqligini tekshirish ►Buxgalteriya (byudjet) hisobi yuritilishini, moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini, moliyaviy resurslardan maqsadli va qonuniy foydalanilganligini hamda daromadlarning toʻliqligini baholashni nazarda tutuvchi moliyaviy audit (financial audit); ► konsolidatsiyalashgan va jalb qilingan byudjet mablagʻlaridan foydalanishda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, shuningdek, daromadlarning toʻliqligini taʼminlash va biznes jarayonlarida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinganligini va ularning davlat dasturlariga muvofiqligini tekshirish va baholashni nazarda tutuvchi muvofiqlik auditi (compliance audit); ► nazorat obyektida xarajatlar, subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarning samaradorligi va natijadorligini, ajratilgan mablagʻlardan foydalanishning tejamkorligini, belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishini, konsolidatsiyalashgan byudjet va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi va natijadorligini, shuningdek, davlat va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligini baholash va tahlil qilishni nazarda tutuvchi samaradorlik auditi (performance audit). Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari va turlariga qo‘shimcha quyidagilar amaliyotga joriy etiladi: Buxgalteriya (budjet) hisobi yuritilishini, moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini, moliyaviy resurslardan maqsadli va qonuniy foydalanilganligini hamda daromadlarning to‘liqligini, shuningdek, moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini baholashni nazarda tutuvchi moliyaviy audit; konsolidatsiyalashgan va jalb qilingan budjet mablag‘laridan foydalanishda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, shuningdek, daromadlarning to‘liqligini ta’minlash va biznes jarayonlarida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinganligini va ularning davlat dasturlariga muvofiqligini tekshirish va baholashni nazarda tutuvchi muvofiqlik auditi; nazorat obyektida xarajatlar, subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarning samaradorligi va natijadorligini, ajratilgan mablag‘lardan foydalanishning tejamkorligini, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilishini, konsolidatsiyalashgan budjet va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi va natijadorligini, shuningdek, davlat va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligini baholash va tahlil qilishni nazarda tutuvchi samaradorlik auditi. Hisob palatasining mazkur Farmonning 1-bandida nazarda tutilgan moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditlarini dastlabki bosqichda 2022-yilning I choragida 1-ilovada ko‘rsatilgan vazirliklarda tashqi audit standartlari hamda qo‘llanmalari asosida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Hisob palatasi: 2022-yil 1-yanvarga Oliy audit organlarining xalqaro standartlari (ISSAI) asosida tashqi audit tadbirlarini rejalashtirish va o‘tkazishni tashkil etish, ular doirasida moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditlarini o‘tkazish, shuningdek, davlat moliyaviy nazoratida xavf-tahlilni amalga oshirish Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oliy audit organlarining xalqaro standartlarini (ISSAI) joriy etish, xodimlar malakasini oshirish, tajriba almashish va ilg‘or tajribalarni amaliyotda qo‘llash uchun Oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti (INTOSAI)ga a’zo bo‘lish a) Hisob palatasi va ichki audit xizmatlari: har bir nazorat tadbirini tashkiliy, asosiy va yakuniy bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi uch bosqichli tizim asosida hamda audit tadbirining turlarini aniq belgilagan holda amalga oshiradi; audit tadbirlari natijalari to‘g‘risidagi xulosada, shu jumladan qonunbuzarliklarga imkoniyat yaratuvchi shart-sharoit va omillarni, shuningdek, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalarni va tizimli muammolarni hal qilish bo‘yicha takliflarni aks ettiradi; Hisob palatasi Moliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda “Davlat auditi” dasturiy kompleksining (keyingi o‘rinlarda — “Davlat auditi” dasturi) ishga tushirilishini ta’minlasin. Budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamg‘armalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarda o‘tkazilgan barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlari “Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinadi; har bir nazorat tadbiri uchun o‘rganiladigan savollar, tadbirning predmeti, ma’lumotlarni jamlash va tahlil o‘tkazish tartibini o‘z ichiga olgan nazorat tadbirini o‘tkazish rejasi tuziladi; “Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinmagan nazorat tadbirlari noqonuniy hisoblanadi; barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlari natijalariga doir barcha turdagi hujjatlar (davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) “Davlat auditi” dasturida jamlanadi; davlat moliyaviy nazorati tadbirlarida aniqlangan holatlar bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazilgan tashkilotning yozma fikri nazorat tadbiri tamomlangandan keyin besh kun muddatda “Davlat auditi” dasturiga joylashtiriladi. Bunda, “Davlat auditi” dasturini ishlab chiqish, texnik qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, uning funksional imkoniyatlarini muntazam takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladi. ikki oy muddatda fuqarolar ishtirokidagi audit o‘tkaziladigan obyektni aniqlash va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholab borish tartibini ishlab chiqsin. Hisob palatasi boshqaruv, yordamchi va texnik xodimlari maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy xizmat va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi; Hisob palatasi yordamchi va texnik xodimlarining umumiy cheklangan soni Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari soni nisbatining normativlarini aniqlash metodikasi asosida Hisob palatasining raisi tomonidan tasdiqlanadi. Hisob palatasi boshqaruv xodimlari cheklangan soni 110 ta shtat birligi etib belgilansin hamda Hisob palatasining yangilangan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Hisob palatasi raisiga, zarur hollarda Hisob palatasining tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. davlat moliyaviy nazorati tadbirlari natijalari bo‘yicha budjet qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish va ularning profilaktikasi yuzasidan vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish; davlat moliyaviy nazorati va ichki audit faoliyatini tashkillashtirish hamda amalga oshirishning xalqaro tan olingan uslublari va vositalarini joriy qilish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish; normativ-huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlarni bartaraf etish, ularni takomillashtirish, eskirgan hamda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha vazirlik va idoralarga takliflar berish moliyaviy huquqbuzarliklarning profilaktikasi va ularning oldini olishni nazarda tutadigan istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash; ichki audit xizmatlari faoliyati natijalarini muhokama qilish hamda ichki auditorlar mas’uliyati va javobgarligini oshirish yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish. davlat moliyaviy nazorati tizimi bo‘yicha ma’lumotlar bazasi hamda kameral nazoratni amalga oshiruvchi avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minot yaratilishi. Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda budjet nazorati va auditga ixtisoslashgan ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga oliy ta’lim muassasalarini jalb qilish. Hisob palatasi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hisob palatasining buyurtmanomasi bo‘yicha belgilangan tartibda: Hisob palatasi aloqaning zarur turlari, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan jihozlanishini, shuningdek, keng polosali Internet tarmog‘idan foydalanishini; Hisob palatasining faoliyatida foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar uzluksiz ishlashining qo‘llab-quvvatlanishi. Moliya vazirligi Hisob palatasini saqlash, axborot tizimlarini joriy etish, xodimlarning malakasini oshirish hamda zarur kompyuter texnikalari, mebel, aloqa vositalari bilan jihozlash uchun zarur mablag‘lar ajratilishi. Download 63.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling