Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish


Download 445.47 Kb.
bet1/24
Sana30.04.2023
Hajmi445.47 Kb.
#1414072
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Solijonov DSI

Reja:
Kirish



  1. Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish.

  2. Soliq inspektsiyasida kadrlar bilan ishlash sho’basi ish faoliyati bilan tanishish

  3. Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo‘limining tuzilmasi, vazifalari va faoliyatini o‘rganish

  4. Soliq inspektsiyasidagi axborot-kommunikatsion texnologiyalar bilan tanishish.

Xulosa

Kirish

Men, Solijonov Doston Solijon Og’li 2 kurs talabasi Kitob tuman Davlat soliq inspektsiyasida o’tadim


Men o’z amaliyot davrimda “Jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi” bo’limining barcha sho’’balarida, “Soliq qarzini undirishni tashkil etish” bo’limida va “Taxlil va prognozlash” bo’limlarida bo’ldim.
Amaliyot davrimda soliq to’lovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish, hisobini yuritish, ularga soliq hisoblash va undirish tartiblarini o’rgandim. Yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni hisobga olish va hisobini yuritish tartibi bilan tanishdim.
Jismoniy shaxslarning soni, to’laydigan soliqlarining turlari va soliq solish obyektlarini dasturiy mahsullarga kiritish, ularning hisobini yuritish, dasturiy mahsullardan foydalanish yo’llarini o’rgandim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3802-sonli qaroriga asosan, quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi soliq ma’muriyatchiligi tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari hisoblansin:
birinchidan, davlat soliq xizmati organlarini soliq to‘lovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisi sifatidagi yangi imidjini yaratish orqali xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan idoraga aylantirish, har bir xodim tomonidan «Soliq xizmati — insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori» degan maqsadli vazifani so‘zsiz bajarish;
ikkinchidan, eksterritoriallik prinsipi asosida soliq to‘lovchilar o‘z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi, biznesni qonuniy, shaffof va qulay yuritish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, soliq to‘lovchilarning qoniqish darajasining oshishini ta’minlash;
uchinchidan, soliq ma’muriyatchiligi va nazoratining mutlaqo yangi tizimini yaratish, shuningdek, korrupsiyaviy omillarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha preventiv va oldini olish choralarini qo‘llash;
to‘rtinchidan, soliq to‘lovlarining o‘z vaqtida va bir xildagi tushumini ta’minlash, ma’muriy tartib-taomillarni maksimal darajada kamaytirish va soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va iqtisodiyotda xufiyona aylanmalarni qisqartirish hisobiga byudjetlarning daromad qismini barqaror shakllantirish;
beshinchidan, tekshiruvdan oldingi tahlil va masofaviy nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlarni to‘liq yig‘ish va qayta ishlashni ta’minlaydigan zamonaviy, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish choralarini yanada kuchaytirish;
oltinchidan, davlat soliq xizmati organlari xodimlariga korporativ etikani singdirish, davlat soliq xizmati organlarining strategik maqsad va vazifalariga erishish uchun o‘z xizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi tizimini joriy etish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining hay’at qarorlari, buyruqlari soliq kolleji o‘quvchilari oldiga qo‘yilgan xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, mehnat faoliyatiga doir malakalarni mukammal egallashlarini ta’minlash va soliq tizimida kadrlar siyosatini amalga oshirishda asos hisoblanadi.
Shuningdek, O’zbekiston ijtimoiy iqtisodiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlarni amaliyot paytida o’qib-o’rganib bordim. Jumladan soliq sohasida chiqayotgan O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Davlat soliq qo’mitasining me’yoriy hujjatlarini o’rgandim. Jumladan:
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-sonli Farmoniga muvofiq “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni
1. O’zbekiston Respublikasining 2018 yilga mo’ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va soliq-byudjet kontseptsiyasidan kelib chiqadigan soliq sohasidagi o’zgarishlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-3454-sonli Qarori
2.O’zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat Byudjeti to’g’risida” gi №O’RQ-589-sonli Qonuni. 2019 yil 9 dekabrь.
3.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat Byudjeti to’g’risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi №PQ-4555-sonli qarori. 2019 yil 30 dekabrь.
4.O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o’zgartish va ko’shimchalar kiritish to’g’risida” gi №O’RQ-599-sonli Qonuni. 2019 yil 30 dekabrь.
DSIdan menga amaliyot raxbari biriktirildi. U bilan birga ishlab chiqarish amaliyoti yuzasidan berilgan dasturga muvofiq ish rejasini tuzdim va DSI boshlig’iga tasdiqlatdim.
O’z ishlab chiqarish amaliyotimni tuzilgan rejaga asosan olib bordim va o’z hisobotimda aks ettirdim.

Download 445.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling