Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish
“Nazorat kassa mashinalarini ro‘yxati va nazoratini olish”
Download 445.47 Kb.
|
Solijonov DSI
1.3. “Nazorat kassa mashinalarini ro‘yxati va nazoratini olish”
avtomatlashtirilgan axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentyabrdagi «Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3300-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasining aholi bilan naqd pulda amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatib borish funksiyasiga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining (keyingi o‘rinlarda — onlayn NKM) zamonaviy modellarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi. Davlat soliq qo‘mitasi va uning hududiy organlari 2018 yilning 1 mayidan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli onlayn NKMlarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan chiqarilishini, shu jumladan, jahon informatsion Internet tarmog‘i orqali masofadan xizmat ko‘rsatish imkoniyatlaridan foydalangan xolda, o‘zlari faoliyat yuritayotgan shahar va tumanlarda amalga oshirilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2012-yil 11-fevraldagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan dasturiy mahsullarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish va ulardan foydalanishni tartibga solish hamda interaktiv Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 64-sonli buyrug‘iga asosan ishlab chiqilgan «Nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxati va nazoratini olish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va undan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha hujjatlar tasliqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2011 yil 1 avgustdagi 213-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan «Nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatga olish va hisobini yuritish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi ma’lumotlar bazasini shakllantirib borish tartibini belgilaydi. Davlat soliq qo‘mitasining 2015 yil 12 iyuldagi 226-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq mazkur «Nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatga olish va hisobini yuritish» dasturiy mahsuli «Nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxati va nazoratini olish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi deb o‘zgartirildi. Download 445.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling