Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish


«Ijara shartnomalarini hisobga olish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi


Download 445.47 Kb.
bet14/24
Sana30.04.2023
Hajmi445.47 Kb.
#1414072
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
Solijonov DSI

2.7. «Ijara shartnomalarini hisobga olish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi


2.8. «Soliq inspektorining mobil ilovasi» avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 1 maydagi 183-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan «Soliq inspektorining mobil ilovasi» avtomatlashtirilgan axborot tizimi davlat soliq xizmati organlari tomonidan foydalanish va uchastka soliq inspektorining mas’uliyatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Mobil ilovadan foydalanishga huquq berish tartibi
Mobil ilovadan foydalanish huquqini olish uchun uchastka soliq inspektori DSI boshlig‘i (o‘rinbosari) nomiga bildirgi yozadi. Bildirgida, uning ismi, familiyasi va otasining ismi, biriktirilgan mahalla nomi, shaxsan o‘ziga tegishli uyali aloqa telefoni raqami va telefon rusumi(Android tizimli) ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
DSI boshlig‘i (o‘rinbosari) tomonidan ruxsat berilganidan so‘ng, Jismoniy shaxslarga soliq solish bo‘limi (sho‘‘ba) boshlig‘i tomonidan mas’ul xodimdan mobil tizim o‘rnatilgan mobil uskunani begona shaxslarga bermasligi, ma’lumotlardan faqat xizmatga doir foydalanishi, yo‘qotilgan yoki mobil uskunani almashtirmoqchiligi (almashtirgani) yoki “SIM” kartani yo‘qotgani (almashtirgani) haqida 1 kun muddatda rahbariyatni yozma ogohlantirishi mazmunidagi tilxat olinishi shart va maxsus ochilgan jurnalga ro‘yxatga olishi lozim
Mobil tizimni o‘rnatish va undan foydalanish uchun “Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish” dasturiy mahsuloti orqali soliq inspektorlari spravochnigida “Telefon” ustuniga albatta “998xxxxxxxxx” formatida telefon raqami kiritilgan bo‘lishi, egallagan lavozimi “uchastka soliq inspektori” deb belgilanishi hamda mazkur satr “aktiv” holda bo‘lishi shart. Mas’ul xodimning holati va egallagan lavozimi “Kadrlarga oid ma’lumotlar bazasi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tartibga solinadi.
Mas’ul xodim mobil uskunaga o‘rnatiladigan “*.apk”faylni “Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish” dasturiy mahsulotining “Soliq inspektorining mobil ilovasi” bobidan ko‘chirib olishi va o‘rnatishi mumkin. Mobil uskunaga yuklab olinadigan ma’lumotlar bazasi fayli “*.simi”ko‘rinishida bo‘ladi.
Uchastka soliq inspektori lavozimdan bo‘shaganda yoki boshqa lavozimga o‘tkazilganda “Kadrlarga oid ma’lumotlar bazasi”avtomatlashtirilgan axborot tizimida tegishli o‘zgartirish kiritilishidan oldin shaxsan Jismoniy shaxslarga soliq solish bo‘limi (sho‘’ba) boshlig‘i tomonidan mas’ul xodimning mobil uskunasidan mobil ilovani o‘chirilishini o‘z nazorati ostida talab qilib olishi shart. Mobil ilova o‘chirilgandan so‘ng, xodim tomonidan qayta o‘rnatib olinishini oldini olish maqsadida zudlik bilan “Kadrlarga oid ma’lumotlar bazasi” avtomatlashtirilgan axborot tizimida tegishli o‘zgartirishlar kiritib qo‘yish zarur.


Download 445.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling