Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish


Avtomatlashtirilgan axborot tizimidan ko‘zlangan asosiy maqsad


Download 445.47 Kb.
bet7/24
Sana30.04.2023
Hajmi445.47 Kb.
#1414072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
Solijonov DSI

Avtomatlashtirilgan axborot tizimidan ko‘zlangan asosiy maqsad: Respublika hududida aholi bilan naqd pulda hisob-kitob ishlarini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va xususiy tadbirkorlarga qarashli bo‘lgan, davlat soliq organlarida ro‘yxatga olingan nazorat-kassa mashinalarini hisobini yuritish, nazorat-kassa mashinalari o‘rnatilgan shaxobchalar dislokatsiyasini tuzish, xo‘jalik subyektlari to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish hamda belgilangan tartibda nazorat tadbirlarini olib borishdan iborat.
1.4. «Majburiy auditorlik tekshiruvi hisobini yuritish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 29 martdagi «Majburiy auditorlik tekshiruvlari hisobini yuritish» avtomatlashtirilgan axborot tizimini tajribaviy sinovdan o‘tkazish xaqida»gi 10-F-sonli farmoyishiga asosan, «Majburiy auditorlik tekshiruvlari hisobini yuritish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi 2016 yilning 5 aprelidan 5 mayiga qadar respublikaning barcha xududiy davlat soliq xizmati organlarida tajribaviy sinovdan o‘tkazildi. Mazkur farmoyish bilan «Majburiy auditorlik tekshiruvlari hisobini yuritish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va undan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha Reglament tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 10 maydagi «Majburiy auditorlik tekshiruvlari hisobini yuritish» avtomatlashtirilgan axborot tizimini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida»gi 198-sonli buyrug‘iga asosan, «Majburiy auditorlik tekshiruvlari hisobini yuritish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi 2016 yilning 11 maydan boshlab davlat soliq xizmati organlarida amaliyotga joriy etildi.
O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000 yil 22 sentabrdagi 365-sonli qarorining 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan «Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda davlat soliq xizmati organlari oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosini Davlat soliq qo‘mitasining «Majburiy auditorlik tekshiruvlari hisobini yuritish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi yordamida belgilangan muddatlarda ta’minlash va ularning nazoratini yuritish maqsadida ishlab chiqildi.
«Majburiy auditorlik tekshiruvlari hisobini yuritish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga elektron yoki qogozda taqdim etilgan tasdiqlangan auditorlik xulosasi nusxasi yoki uni taqdim etmaslik sabablari ko‘rsatilgan tushuntirish xati skaner faylini yuklash orqali ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortgan soliq to‘lovchilarni aniqlash va ularga nisbatan choralar ko‘rish va nazorat qilishni amalga oshiradi.
Reglament bilan belgilangan qoidalarni o‘z muddatlarida va to‘g‘ri amalga oshirishga quyidagilar javobgar hisoblanadi:
axborot tizimiga kiritilayotgan ma’lumotlarning belgilangan muddatlarda kiritilishi hamda kiritilayotgan ma’lumotlarning asosliligini ta’minlash xududiy davlat soliq boshqarmalari va davlat soliq inspeksiyalarida biriktirilgan mas’ul xodimlarga yuklatiladi;
xududiy soliq xizmati organlarida axborot tizimidan foydalanishlari uchun mas’ul xodimlarga sharoit yaratib berish (kompyuter, skaner, xona va telefon) davlat soliq boshqarmasi va davlat soliq inspeksiyasi raxbarlari zimmasiga yuklatiladi;
axborot tizimiga ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda kiritilishini va ularning asosligini nazorat qilish davlat soliq boshqarmasi va davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari zimmasiga yuklatiladi.

Download 445.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling