Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish


«Kichik biznes subyektlarini monitoring qilish» dasturiy mahsuloti


Download 445.47 Kb.
bet5/24
Sana30.04.2023
Hajmi445.47 Kb.
#1414072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Solijonov DSI

1.14. «Kichik biznes subyektlarini monitoring qilish» dasturiy mahsuloti
Kichik biznes subyektlarini monitoring qilish» dasturiy mahsuloti Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2015 yil 15 sentabrda tasdiqlangan «Kichik biznes subyektlarini monitoring qilish» dasturiy mahsulot ma’lumotlari asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan nazorat tadbirlarini o‘tkazish reglamenti talablari asosida shakllantirilgan ma’lumotlar asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlarining byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar bilan munosabatlarini nazorat qilish mexanizmini belgilab beradi.
Dasturiy mahsulot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Maxkamasining ayrim Farmonlari va Qarorlari hamda Soliq kodeksiga muvofiq tadbirkorlik subyektlari tomonidan Davlat soliq xizmati organlariga taqdim etib kelinayotgan ma’lumotlarini qayta ishlagan dolda soliq to‘lovchilarning byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar bilan munosabatlarini tashkil qiladi.
Dasturiy mahsulotning «Statistika-VM-439», «AV-2065», «AV-2203», «AV-2449», «YAST hisob-kitobi», «Boshqa qarorlar», «Hisobotlar», «YAST prognoz ijrosi» va «Ma’lumotnomalar» modullari vositasida ma’lumotlar avtomatik ravishda qayta ishlanadi va tahlil qilinadi.
Dasturiy mahsulot quyidagi maqsadlarni amalga oshiradi:

  • Kichik biznes subyektlari toifasiga kiradigan korxonalar to‘g‘risida statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish;

  • Kichik biznes subyektlari tomonidan hisoblangan va to‘langan soliqlar, soliq imtiyozlari to‘g‘risida ma’lumotlarni shakllantirish;

  • Adliya vazirligida 2010 yil 14 yanvarda 2065-son bilan, 2011 yil 3 martdagi 2203-­son bilan, 2013 yil 4 apreldagi 2449-son bilanro‘yxatga olingan Nizomlar talablarini bajarilishini nazorat qilish va hisobotlarni shakllantirish;

  • DSQ rahbarityatiga hisobot va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish;

Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan soliqlar hisoblab chiqarishda ularning to‘lanishi lozim bo‘lgan eng kam miqdorlarning qo‘llanilishi bo‘yicha statistik va tahliliy ma’lumotlarni yaratish va ularni vertikal nazorat qilish imkoniyatini yaratish.



Download 445.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling