Audit deganda nimani tushunasiz? Audit


Download 13.52 Kb.
Sana28.10.2020
Hajmi13.52 Kb.
#137378
Bog'liq
Audit


  1. Audit deganda nimani tushunasiz?

Audit tushunchasi nazorat va taftish tushunchalariga qaraganda kengroq, chunki u nafaqat moliyaviy ko’rsatkichlar to’g’riligini tekshirishni, balki xarajatlarni maqbullashti-rish va qonuniy asosda foydani ko’paytirish maqsadida xo’jalik faoliyatini yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Auditni biznesni o’ziga xos ekspertiza qilish deb ta’riflash mumkin. Bunda buxgalteriya hisobi va ichki xo’jalik nazorati shartnoma asosida amalga oshirilib, moliya-xo’jalik muomalalarining qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi (ya’ni hisobot ko’rsatkichlarining haqqoniyligi nazorat qilinadi). Shuningdek, noo’rin xarajatlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida ekspert konsultatsiyasi o’tkaziladi.


  1. Audit dastlab qachon va qaerda paydo bo’lgan? O’zbekistonda qachondan boshlab faoliyat yuritilmoqda, bunga sabab nima bo’lgan?

1862 yili Angliyada, 1867 yili Frantsiyada, 1937 yili esa AQShda majburiy audit to’g’risidagi qonun qabul qilingan. Hozirgi paytda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o’zining tashkiliy huquqiy infratuzilmalariga ega bo’lgan audit institutlari faoliyat ko’rsatmoqda.


  1. Auditning ahamiyati nimada?

Audit fanini o’rganishda auditorlik faoliyatida qo’llaniladigan bir qancha xususiy usullardan foydalanamiz. Jumladan, xususiy usullar sifatida auditor tekshirish jarayonida me’yorlashtirish, baholash, guruhlash usullaridan foydalaniladi. Audit usullari har bir hodisaning kelib chiqish sabablari, ularning oqibatlari, ho’jalik jarayonlarining qonun-qoidalarga (mezonlarga) muvofiqligini aniqlashga yordam berishi kerak.
Download 13.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling