Faoliyat turi bo’yicha
|
Ijro faoliyati
|
Tadbirkorlik faoliyati
| |
O’zaro munosabat bo’yicha
|
Korxona rahbariyatiga bo’ysunishi va undan mustaqilligi
|
Teng huquqli sherikchilik, mustaqillik
| |
Xizmatlar uchun haq to’lash printsiplariga ko’ra
|
SHtat jadvaliga asosan
ish haqi
|
Haqni mijoz–korxona yoki uning roziligiga ko’ra auditorlik xulosasini olishga ehtiyoji bo’lgan organ to’laydi
| |
Uslubiy jihatlari
|
Uslubiy jihatlari bir xil, ammo qo’yilgan maqsadlari turlichaligidan kelib chiqib har xil nisbatlarda qo’llaniladi
| | |
Hisobotning taqdim etilishi bo’yicha
|
Korxona egasi va boshqaruv organiga
| |
Auditorlik xulosasining yakuniy qismi nashr etilishi mumkin, tahliliy qismi mijozga topshiriladi
|
Ichki audit xizmati tashqi auditdan 2 ta asosiy farqli jihati bilan ajralib turadi.
Birinchidan, tashqi audit korxonaning moliyaviy hujjatlari to’g’riligini tasdiqlashga asoslanadi. Ichki audit esa asosiy e’tiborni korxonaning mavjud nazorat tizimini va uning turli bo’linmalaridagi ishlab chiqarish, marketing, savdosotiq, moliya va boshqalarning holatini aniqlashga qaratadi.
Ikkinchidan, tashqi audit, birinchi navbatda, korxona mijozlari bo’lmish iste’molchi, kreditor, soliq organlarining qiziqishlarini inobatga oladi. Ichki audit, birinchi navbatda, korxona boshqaruvi qiziqishlariga qaratilgan bo’lib, uning samarali tizimi tashqi auditga ketadigan xarajatlarni qisman kamaytirishga ham xizmat qiladi.
Korxonalardagi ichki audit xizmati to’g’risidagi Nizom O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida" 2006 yil 27 sentyabrdagi PQ-475-son qaroriga muvofiq aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. so’mdan ortiq bo’lgan korxonalarda, shuningdek aktivlarning balans qiymati eng kam oylik ish haqining yuz ming baravaridan ortiq bo’lgan aktsiyadorlik jamiyatlarida ichki auditni tashkil etishga qo’yiladigan yagona talablarni hamda uning ishini tashkil etishning metodologik asoslarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |