Audit fani mavzu: auditorlik tekshiruvining turlari va shakllari. Reja


Download 1.33 Mb.
bet1/6
Sana11.10.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1697647
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Аудит турлари ва шакллар


ANDIJON QISHLOQ XO’JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI
 
AUDIT FANI
 
MAVZU: AUDITORLIK TEKSHIRUVINING TURLARI VA SHAKLLARI.
Reja:
  • Auditning turiga ko’ra tasnifi
  • Audtning funktsional tasnifi
  • Audit va taftish o’rtasidagi farqlanish

Moliyaviy hisobotlar audit
Moslik auditi
Operatsion audit
Auditning turlari
Moliyaviy hisobotlar auditi-korxonaning balans, moliyaviy natijalar, xususiy kapital va pul oqimlari to’g’risidagi hisobotlar ma’lumotlarini, ularning buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tuzilganligiga ishonch hosil qilish yoki BHMSdan chetga chiqish hollarini aniqlash nuqtayi nazaridan o’tkaziladigan tekshiruvdir.
Moslik auditi-korxona faoliyati, shu faoliyatga doir ma’lumotlar mavjud qonun hujjatlariga qanchalik mos kelayotganligini yoki shu qonun hujjatlar buzilgan hollarni aniqlashga qaratilgan tekshiruv.
Uning asosiy shartlari
Tekshirilishi mumkin bo’lgan ma’lumot
Yuqori organlar tomonidan chiqarilgan qonun-qoidalarning mavjudligi
Korxona faoliyatini baholash, kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlarini izlash maqsadida, shu korxona yoki uning bo’limi faoliyatini biror belgilangan mezonga asosan tizimli o’rganishdir. Ushbu ta’rifda keltirilgan mezon
Korxona yoki uning bo’limi o’z oldiga qo’yilgan reja ko’rsatkichlariga qanchalik erishilayotganligini o’rganishdan
Samaradorlik, ya’ni mavjud resurslardan qanchalik tejamli foydalanilayotganligini baholashdan iborat
Zamonaviy auditorlik faoliyati o’z funktsional vazifalariga ko’ra quyidagi ikki guruxga bo’linadi
Ichki audit
Tashqi audit
Tashqi audit-korxona taqdim etayotgan yillik moliyaviy hisobotlarning BHMSga muvofiq tuzilganini tekshirish maqsadida shu korxonagan nisbatan to’liq mustaqil hisoblangan auditor tomonidan o’tkaziladigan tekshiruvdir
TASHQI AUDIT O’TKAZISHDAN MAQSAD
Buxgalteriya hisoboti to’g’ri va to’liq ma’lumotlarni aks ettirayotganini o’rganish yoki ishonchsiz ma’lumotlarni aks ettirayotgan holatlarni aniqlash
Korxona o’z buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini ma’lum qonun hujjatlarga asosan yuritayotganini o’rganish
Audit tekshiruvidan o’tayotgan davr uchun korxona o’z daromad, harajat va yakuniy moliyaviy natijalarini to’g’ri aks ettirayotganini o’rganish
ichki audit - korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo’li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to’liqliligi va ishonchliligini ta’minlash, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tamoyillari, aktivlarning saqlanishi hamda korporativ boshqarish printsiplari joriy etilishi bo’yicha korxona tarkibiy bo’linmasining (ichki audit xizmati) faoliyati;

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling