Audit fanidan oraliq nazorat ishi Bajardi: Abdusamadov Yusuf Toʻraqulov Abror Mamadaliyev Baxrom


Download 1.04 Mb.
bet5/5
Sana04.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1748493
1   2   3   4   5
Bog'liq
Audit fanidan

Moliyaviy hisobot quyida qayd etilgan bir yoki bir necha nizomlarga muvofiq tayyorlanishi lozim: (a) Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari; (b) Buxgalteriya hisobining milliy standartlari; (v) qo’llash uchun mo’ljallangan va moliyaviy hisobotda qayd etilgan moliyaviy hisobotni taqdim etishning nufuzli va keng qamrovli kontseptual asoslari. Audit va kasbga doir xizmatlarning kontseptual asosi audit va kasbga doir xizmatlar o’rtasidagi farqlarni belgilab beradi. Kasbga doir xizmatlarga sharhlar, kelishilgan muolajalar va kompilyatsiya kiradi. Quyidagi chizmada, yuqorida qayd etilganidek, audit va sharh auditor tomonidan tegishli ravishda yuqori va o’rta ishonchlilikni ta’minlaydi; ushbu atamalar ularning solishtirma turkumlanishini belgilash uchun qo’llaniladi.

Auditorlik hisobotida bu ijobiy bo’lib, etarli darajadagi ishonchlilik bilan ifodalanadi. Sharh bo’yicha kelishuvda auditor sharh qilinayotgan ma’lumot ahamiyatli buzib ko’rsatilmaganligining o’rtacha ishonchlilik darajasini ta’minlaydi. Auditorlik hisobotida bu salbiy ishonchlilik bilan aks ettiriladi. Kelishilgan muolajalarni amalga oshirishda auditor faqat amaldagi xulosalar bo’yicha hisobot taqdim etadi, ishonchlilik esa ifodalanmaydi. Buning o’rniga hisobotdan foydalanuvchilarga amalga oshirilgan muolajalarga va auditorlik hisobotida keltirilgan amaldagi xulosalarga mustaqil baho berish auditor tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan o’z xulosalarini chiqarish imkoniyatini beradi. Kompilyatsiyani amalga oshirishda, kompilyatsiyalashtirilgan ma’lumotdan foydalanuvchilar buxgalterning ishidan ma’lum miqdorda foyda olganliklariga qaramasdan, hisobotda hech qanday ishonchlilik bildirilmaydi

Moliyaviy hisobot auditidan maqsad auditorga moliyaviy hisobot barcha ahamiyatli jabhalari bilan moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha belgilangan kontseptual asosga muvofiq tayyorlanganligi yuzasidan xulosa taqdim etish (fikr bildirish)ga imkon berishdan iborat. Auditorlik xulosasini tayyorlashda quyidagi ma’nosi bir-biriga teng jumlalardan foydalaniladi: “to’g’ri va haqqoniy aks ettiradi” yoki “barcha ahamiyatli jabhalari bo’yicha haqqoniy taqdim etilgan”. Tegishli mezonlarga muvofiq tayyorlangan moliyaviy yoki boshqa ma’lumotlarni audit qilishda ham xuddi shunday maqsad qo’yiladi. Auditorlik xulosasini shakllantirish uchun, auditor ushbu xulosa asosidagi fikrlarni shakllantirish uchun kerakli bo’lgan etarli darajada tegishli auditorlik dalillarni to’playdi. Auditorlik xulosasi yuqori darajadagi, lekin mutlaq bo’lmagan ishonchlilik yo’li bilan moliyaviy hisobotga bo’lgan ishonchni oshiradi

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling