Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Aktsiyadorlar ulushi va dividendlari auditi


Download 7.06 Mb.
bet103/295
Sana28.10.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1731121
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   295
Bog'liq
Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua

5.Aktsiyadorlar ulushi va dividendlari auditi
Ko’pchilik aktsiyadorlik jamiyatlari uchun ta’sischilar ulushi oddiy aktsiya, imtiyozli aktsiya, ulushlar va taqsimlanmagan foydadan iborat bo’ladi. Keyingi yillarda ko’plab murakkab moliyaviy instrumentlarning paydo bo’lishi majburiyatlar auditi bilan birga aktsiyadorlar aktsiyalari auditida ham ayrim muammoli tomonlarni keltirib chiqarmoqda.
Quyidagi uchta asosiy jarayon aktsiyadorlar aktsiyalari auditida muhim hisoblanadi:

  • Qo’shimcha aktsiya chiqarish. Bu naqd pulga, xizmatga, konvertatsiyalanadigan majburiyatga qo’shimcha chiqarish bilan bog’liq kelishuv

  • Chiqarilgan qo’shimcha aktsiyalarni qaytarib sotib olish

  • Dividendlarni to’lash

Aktsiyadorlar ulushlarini tekshirishda bitimlar soni kam bo’lganligi bois ularni to’liq tekshirish maqsadga muvofiq. Noto’g’ri ma’lumotlarni to’g’ri deb qabul qilishning oldini olish maqsadida auditor nazorat riskini yuqori o’rnatgan bo’lsada, nazorat vositalarini yaxshi o’rganishi kerak. Aktsiyadorlar ulushlari yuzasidan o’rnatilgan nazorat operatsiyalari samaradorligini va tizimini o’rganishi zarur. Agar mijoz korxona aktsiyadorlik jamiyati ko’rinishida bo’lsa, moliyaviy hisobotlar yuzasidan ichki auditning ishlashiga ahamiyat berishi kerak.
Ko’pincha yirik aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalar bilan bog’liq bitimlar, dividendlar hisob kitobini ro’yxatga oluvchi mustaqil shtat xodimiga yoki dividend agentiga ega bo’ladi. Ushbu xodim barcha chiqarilgan aktsiyalar korxona ustavida nazarda tutilganligi, dividendlar hisobi to’g’ri yuritilayotganligi yuzasidan mas’ul bo’lib, aktsiyadorlarga ushbu operatsiyalar yuzasidan hisobotlar ham berib turadi. Shuningdek, to’lanayotgan dividendlarning cheklarini ham hisobotlarga qo’shib aktsiyadorlarga taqdim etadi. Agar mijoz korxonada yuqorida ta’kidlangan shtat birliklar mavjud bo’lsa, auditor ushbu operatsiyalar yuzasidan olingan dalillarni ishonchli deb baholashi mumkin.
Bordiyu, korxonada aktsiyalar va dividendlar bilan bog’liq operatsiyalarni yurituvchi mustaqil shtat birligi bo’lmay, korxona xodimlaridan biri bu vazifalarni amalga oshirsa, auditor etarlicha dalil olishi uchun qo’shimcha audit amallarini bajarishi lozim bo’ladi.
Quyidagilar aktsiyadorlar ulushi auditida tasdiqlanishi lozim bo’lgan axborotlar:

  • Ulushlar va dividendlar bo’yicha bitimlar korxona ustavida nazarda tutilganligi (kelib chiqishi);

  • Barcha ulushlar va dividendlar hisobda zarur darajada, talabga muvofiq yuritilganligi (aniqlik);

  • Ulushlar va dividendlar bo’yicha barcha bitimlarning tasdiqlovchi hujjatlari mavjudligi (ruxsat etilganligi);

  • Barcha ulush va dividendlar talab darajasida baholanganligi (baholash).

Ulushlar va dividendlar bo’yicha bitimlarning kelib chiqishi. Korxonadagi xodimlardan biri, masalan, korporativ kotib yoki yuristkonsultant ulushlar va dividendlar bo’yicha amalga oshirilayotgan har bir bitim ustavda nazarda tutilganligi hamda qonuniyligini nazorat qilishi va tasdiqlashi lozim. Shuningdek, ushbu xodim har bir aktsiyadorning ism sharifi va unga tegishli aktsiyalar miqdorini o’zida jamlagan buxgalteriya kitobini yuritishi maqsadga muvofiq.
Aniqlik. Bu tasdiqnomaga erishish uchun aktsiyadorlarning aktsiyalar miqdori, umumiy hisoblangan va to’langan dividendlar bo’yicha taqdim etilgan hisobotlardan qoniqish hosil qilganliklari yoki e’tirozlari mavjudligini o’rganish kerak.
Ruxsat etilganlik. Ko’pchilik aktsiyadorlik jamiyatlarida aktsiyalar va dividendlar bo’yicha bitimlar direktorlar kengashi davomida ma’qullanib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Auditor ushbu hujjatlarni o’rganib chiqishi kerak bo’ladi.
Baholash. Chiqarilgan, so’ndirilgan aktsiyalar, hisoblangan dividendlar me’yoriy huquqiy hujjatlar doirasida amalga oshirilishi kerak. Auditor bunday hollarda hisob kitoblarni qaytadan mustaqil amalga oshirishiva har ikala summalarni solishtirishi mumkin.
Agar korxonada xodimlar soni etarlicha bo’lsa mas’uliyatlar quyidagicha taqsimlanishi maqsadga muvofiq:

  • E’lon qilingan aktsiya va dividendlarning tasdiqlovchi hujjatlarini tayyorlovchi xodimlar buxgalteriya ishida mas’ul bo’lmasliklari kerak;

  • Aktsiyadorlarning to’liq hisobotlarini yurituvchi xodim buxgalteriyadagi bosh kitob bilan ishlash huquqiga ega bo’lmasligi maqsadga muvofiq;

  • Aktsiyadorlarning to’liq hisobotlarini yurituvchi xodim shuningdek, korxona pul tushumlari va to’lovlari bilan shug’ullanmasligi maqsadga muvofiq;

  • Vazifalar shunday taqsimlanishi kerakki, hujjatlarni tayyorlash, buxgalteriya o’tkazmalarini berish, tasdiqlash va dividendlarni jo’natish bir birini nazorat qila olsin.

Ustav kapitali asosan oddiy va imtiyozli aktsiyalardan iborat bo’ladi. Oddiyva imtiyozli aktsiyalarni hisobga oluvchi schetlarni tekshirishda auditor bu bitimlarning kelib chiqishi, to’liq hisobga olinganligi, to’g’ri baholanganligini tasdiqlashga harakat qiladi. Ustav kapitalini tekshirishda auditor joriy davrda harakatda bo’lgan barcha schetlarning garfigini o’rganib chiqadi. Davr boshidagi qoldiq ishchi hujjatlar bilan, davr oxiridagi balans moddalari boshkitob ma’lumotlari bilan muvofiqligini ko’rib chiqadi.

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling