Kazus.
Abbosov o’ziga tegishli ,,Gentra” rusumli avtotransport vositasini 90 mln so’m
evaziga sotish haqida Asrorov bilan yozma bitim tuzadi. Bitim shartlariga
muvofiq |Asrorov 90 mln ni to’laganligiga qaramay oradan 10 kun o’tib
Abbosov avtotransport vositasini topshirishni rad etadi hamda asos sifatida
avtotransport vositasini oldi-sotdi qilish bilan bog’liq bitimlar notarial
tasdiqlanishi lozimligi, bu talabga rioya etmaslik bitimning haqiqiy emas deb
topilishiga asos bo’lishini, mashinani bermasligini, 90-mln so’mni qaytarishini
ma’lum qiladi. Qolaversa , keyinchalik ma’lum bo’ladiki, Abbosovga qarashli
avtomobilni sotib olish uchun boshqa shaxs tomonidan 110-mln so’m taklif
etilgan.
Vaziyatdan kelib chiqib bitimlarning notarial shakliga doir masalalarni muhokama
qiling. Asrorov Abbosovdan mashinani olish haqida murojaat etsa, advokat sifatida
qanday maslahat bergan bo’lar edingiz?
Ushbu kazusni tahlil qilishda IRAC usulidan foydalanaman.
Javob:
Issue: 1) Avtotransport vositalari oldi-sotdi bitimi notarial tasdiqlanishi kerakmi?
2) Qonunda belgilab qo’yilgan notarial tasdiqlanishi shart bo’lgan mulklar,
notarial tasdiqlanmasa bitim haqiqiy deb topiladimi?
3) Asrorov mashinani Abbosovdan olish uchun da’vo qilsa, uning murojaati
o’rinli bo’ladimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |