Fuqarolik huquqi modulidan oraliq nazorat ishi
kreditorning mulki qilib, uning xo‘jalik yuritishiga, operativ boshqaruviga yoki
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi modulidan oraliq nazorat ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreditor majburiyat narsasi bo‘lgan ashyoni o‘ziga topshirishni talab qilish o‘rniga, zararning qoplanishini talab qilishga haqli 3 .
- Conclusion.
kreditorning mulki qilib, uning xo‘jalik yuritishiga, operativ boshqaruviga yoki
foydalanishiga topshirish majburiyati bajarilmagan taqdirda kreditor bu ashyoni olib qo‘yishni va majburiyatda nazarda tutilgan shartlar asosida o‘ziga topshirishni talab qilishga haqli. Bu huquq ashyo bir xil huquqqa ega bo‘lgan uchinchi shaxsga topshirilgan bo‘lsa, bekor bo‘ladi. Agar ashyo hali topshirilmagan bo‘lsa, vaziyat qaysi kreditorning foydasiga oldinroq vujudga kelgan bo‘lsa, o‘sha kreditor ustunlikka ega bo‘ladi, basharti buni aniqlash mumkin bo‘lmasa, oldin da’vo qo‘zg‘atgan kreditor ustunlikka ega bo‘ladi. Kreditor majburiyat narsasi bo‘lgan ashyoni o‘ziga topshirishni talab qilish o‘rniga, zararning qoplanishini talab qilishga haqli 3 . Endi bu holatda bitimning haqiqiy emas deb topilishiga keladigan bo’lsak, ushbu kodeksning 112-moddasida keltirib o’tilganidek: Bitimning notarial shakliga yoki uni davlat ro‘yxatidan 1 https://lex.uz/acts/973690#4601970 2 https://lex.uz/docs/180552 3 https://lex.uz/ru/docs/-111189#-155341 o‘tkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi. Lekin, Avtomotransport vositalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va ularga ro’yxatidan o’tkazish davlat belgilarini berish tartibini takomillashtirish to’g’risida Vazirlar Mahkamasi qarorining 6-bandida: “Avtomototransport vositasining egasi yoki uning vakili avtomototransport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo bo‘lishi, o‘tishi, cheklanishi va tugatilishi kunidan yoki transport vositasining huquqiy holati o‘zgarishidan boshlab o‘n kalendar kun ichida mazkur Nizomning 14 va 15- bandlariga muvofiq tegishli hududiy YHXDX organiga texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun avtomototransport vositasini, uning texnik holatidan qat’i nazar va mazkur Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qilishi zarur. Agar YHXDX organlariga murojaat qilish muddatining oxirgi kuni dam olish, bayram (ish kuni bo‘lmagan) kunlarga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugagan kuni hisoblanadi 4 ”. Conclusion. Ushbu holatda, fuqaro Asrorov agar sudga murojaat qilsa, avtotransport vositasini notarial tartibda 10 ish kuni ichida davlat ro’yxatidan o’tkazilishi kerakligini asos qilib keltirishi, agar muddat tugamagan bo’lsa. Fuqaro Asrorov sudga fuqaro Abbosovga bergan pulini qaytarishni da’vo qilib keltira oladi. Fuqaro Abbosov qonunchilikda nazarda tutilganidek fuqaro Asrorovdan olgan 90 mln pulni qaytarib berishi lozim. Ushbu kazusdan shuni tushunib yetishimiz mumkin, avtotransport oldi-sotdisi bitimlarida avtotransport vositasini albatta notarial tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilishi kerak. Agar davlat ro’yxatidan o’tkazilmasa, bitim haqiqiy deb topilmaydi va shunu aytib o’tishimiz kerakki, davlat ro’yxatidan o’tkazish muddati 10 ish kuni hisoblanadi va shaxslar shu muddat ichida notariusdan ro’yxatdan o’tkazishi kerak bo’ladi. 4 https://lex.uz/acts/-3334124 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling