Fuqarolik huquqi modulidan oraliq nazorat ishi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana07.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1247438
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fuqarolik huquqi modulidan oraliq nazorat ishi

Nazariy savol
Yuridik shaxslarning kreditorlari manfaatlarini himoya qilishda eng asosiy rol 
ustav fondiga tushadi. Biroq milliy qonunchilikda ustav fondi bilan bog’liq 
qoidalar buning aksini ko’rsatadi. Muhokama qiling: 
Javob: 
 Ustav fondi nima? 
Ustav fondi — taʼsischilar — ishtirokchilarning oʻzlari tashkil 
etgan kompaniya, xoʻjalik jamiyatiga dastlabki kiritgan va doimiy ulush 
hisoblanadigan moddiy va pul mablagʻlari majmui. Ustav fondi kompaniyaning 
xoʻjalik faoliyatidan olinadigan fondi hisobiga koʻpayib borishi mumkin. Ustav 
fondi kompaniya, jamiyatning asosiy va aylanma mablagʻlari qiymatini tashkil etadi.
Ustav fondi jamiyat uchun qo’llaniladi, ya’ni MChJ, AJ, QMJ larga nisbatan 
qo’llaniladi. Yuridik shaxslarning kreditorlari manfaatlarini himoya qilishda eng 
asosiy rol ustav fondiga tushadi. Biroq milliy qonunchilikda ustav fondi bilan 
bog’liq qoidalar buning aksini ko’rsatadi, ya’ni qonunlardagi ustav fondlarining eng 
kam miqdorlari sabab bo’ladi, bunda amaldagi qonunlardagi ustav fondlarining 
miqdori chiqarib tashlanishi kerak. Ya’ni AJ, MCHJ, QMJ,Oilaviy korxona va 
xo’jalik shirkatlari to’g’risidagi qonunlarda nazarda tutilgan miqdorlar.
Bu holat 
hozirgi tamoyillarga javob bermay qoldi. Xususan, jamiyatlarning ustav kapitaliga 
qoʻyiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanishi shart
5

Yuridik 
shaxs qonun, ustav yoki nizom bo'yicha belgilangan vakolatlar doirasida harakat 
qiluvchi o'z organlari orqali fuqarolik huquqlari va burchlariga ega bo'ladi. Yuridik 
shaxslarning muomala layoqati, ya’ni, o'z harakatlari bilan fuqarolik huquqlari va 
burchlarini olish layoqati, yuqorida ko'rsatilganidek, ulaming organlari orqali 
amalga oshiriladi. Yuridik shaxslarning organlari qonun, ustav yoki nizomga 
muvofiq ravishda yuridik shaxsning erk-irodasini ifodalaydi va yuridik shaxs 
nomidan faoliyat olib boradi. Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik 
shaxsning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangidan vujudga kelgan 
yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning o‘z kreditorlari oldidagi 
majburiyatlari bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar. Qayta tashkil etish natijasida 
tuzilgan jamiyatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta tashkil etilgan 
jamiyatlarning faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi yozuvlarni davlat ro'yxatidan 
o'tkazish belgilangan tartibda kreditorlar xabardor qilinganligining dalillari taqdim 
etilgan taqdirdagina amalga oshiriladi
6
. Amaliyotda esa kreditorlar oldidagi 
5
2.09.2017 yildagi 
PF–5177
-son Farmon 
 
 
6
Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. I.B.Zokirov; Qayta ishlangan va to‘ldirilgan beshinchi nashr. –T.: TDYI 
nashriyoti, 2009. 541-bet 


majburiyatlari miqdori ko’payib ketgan yuridik shaxslar ularni bajarmaslik 
maqsadida yuridik shaxsni bo'lish yoki ajratib chiqarish jarayonida (taqsimlash 
balansida) aktivlar va passivlarni mutanosiblik prinsipiga rioya etmasdan huquqiy 
vorislarga o'tkazish ehtimoli yuzaga keladi. Natijada aktivlar bir huquqiy vorisga 
o'tkazilib, bajarilishi kerak majburiyatlar kreditorlar oldida javobgar bo'ladigan 
ikkinchi huquqiy voris zimmasida qoldiriladi. O'z navbatida, ma'lum vaqt o'tgach 
zimmasida bajarilishi kerak bo'lgan majburiyatlar qoldirilgan yuridik shaxs 
bankrotligi to'g'risida ish ochiladi hamda O'zbekiston Respublikasining "Bankrotlik 
to'g'risida"gi Qonunining 134-moddasi tartibida yetarlicha aktivlar mavjud emasligi 
tufayli kreditorlarning qondirilmagan talablari ham qanoatlantirilgan deb 
hisoblanishi 
mumkin. 
 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling