Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Download 7.06 Mb.
bet125/295
Sana28.10.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1731121
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   295
Bog'liq
Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua

MAVZU BO’YICHA MASALALAR

Masala. Bir necha hafta mobaynida tadbirkor Safarov A va auditor viloyatlar bo‘ylab sayohat qilmoqda. Tadbirkor A. Safarov sayohati davomida turli xil korxonalarda hissa qo‘shish imkoniyatini qidirmoqda. Auditor tadbirkorga kapital qo‘yish borasida maslahatlar berishi hamda tadbirkor bilan sherikchilik asosida tashkil qilingan korxonaning yillik hisobotini tekshiruvdan o‘tkazishi zarur.




Talab qilinadi: Yillik hisobotni tekshirayotganda auditorlarning mustaqillik tamoyilidan kelib chiqqan holda auditorga ham maslahatchi ham auditor, deb baho berish mumkinmi? Holatlarni tahlil qiling.


Masala. «ALFA» firmasi 2011- yilning mart oyida ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida kredit olish uchun bankka murojaat qildi. Bank firmadan 2010- yil yillik hisobotini ishonchliligini tasdiqlab beradigan auditorlik xulosasini so‘radi. «ALFA» firmasi majburiy auditorlik tekshiruviga tortiladigan korxonalar turkumiga kirmaganligi sababli auditorlik tekshiruvini o‘tkazmagan edi. Lekin 2010- yilning noyabr oyida soliq inspeksiyasi tomonidan hujjatli tekshiruv o‘tkazilgan bo‘lib, firma bankga ushbu tekshiruv dalolatnomasini taqdim etdi.

Talab qilinadi:



  1. Bank ushbu tekshiruv dalolatnomasini auditorlik xulosasi sifatida qabul qilishga haqlimi?

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.

Masala. Auditorlik firmasida mijoz korxonaning quyidagi buxgalterlik, iqtisodiy va huquqiy hujjatlari mavjud:


Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, pul mablag‘larining harakati va xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotlar, balansga tushuntirish xati, biznes reja, buyruq va xo‘jalik shartnomalari, korxonaning shtat jadvali, hujjat aylanish grafigi, o‘tgan yilgi auditorlik tekshiruvi xulosasi.

Talab qilinadi:



  1. Auditor rejalashtirish jarayonida mijoz haqidagi yana qaysi hujjatlarni to‘plash kerak va tekshirish o‘tkazishning qaysi usullaridan foydalanishni rejalashtiradi.

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;




Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling