Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua
Masalani bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar
Download 7.06 Mb.
|
Audit kafedrasi audit fanidan Oquv-uslubiy majmua
Masalani bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar
Bajarilgan ishlar natijalari "tekshirish nazorat varag‘i" ish hujjatiga yozilgan. Hisob siyosatiga ichki nazoratning bir elementi nuqtayi nazaridan baho bering.
Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona yil oxirida birlamchi buxgalteriya hujjatlarini inventarizatsiya qilganligi, endi saqlash muddati tugaganligi munosabati bilan ularning bir qismini yo‘q qilishni rejalashtirayotganligi aniqlandi. Auditorlardan korxona mijoz-korxona buxgalterlari tomonidan bu borada quyidagicha savollar bilan murojaat qilindi: “Nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi: qog‘ozlarni arxivga saqlashga topshirish kerakmi yoki ularni yo‘q qilish mumkinmi? Qanday hujjatlarni yo‘q qilish mumkin? Bunday holda yo‘q qilish dalolatnomasi qanday tuziladi, u qaysi shaklda bo‘ladi va kim tomonidan tasdiqlanadi?” Talab qilinadi: Auditorlar tomonidan korxona buxgalterlariga yuqoridagi holat bo‘yicha qanday amaliy tavsiyalar yoki tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim? Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; Masala. “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasida buxgalteriya hujjatlari va moliyaviy ma’lumotlar kamida uch yil, moliyaviy hisobot esa qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlanadi deyilgan. Buxgalteriya birlamchi hujjatlari, shu jumladan bank hujjatlari, omborxona kirim-chiqim ryestri va (kviansiya) to‘lov pattalarini saqlash muddati necha yilni tashkil etadi? 1. Tashkilotda jinoiy ish tugatilib, sud hukmi chiqqandan keyin hujjatlar qancha muddat saqlanadi? 2. Keyin tayinlangan tekshiruvda jinoiy ish tugatilgan davrdagi hujjatlarning talab qilinishi to‘g‘rimi yoki bunda sud hukmi yetarli hisoblanadimi? Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling