Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua
-jadval Nazorat protseduralarini testlash bilan bog’liq tanlash risklar
Download 7.06 Mb.
|
Audit kafedrasi audit fanidan Oquv-uslubiy majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarali Samarasiz
- 5.Tanlashning statistik va nostatistik turlari
18-jadval
Nazorat protseduralarini testlash bilan bog’liq tanlash risklar
Schetlar sal’dolari tafsilotlari testlash bilan bog’liq tanlash riski.Tanlashdan, shuningdek schetlar saldosidagi buzib ko’rsatish (xato) lar miqdorini baholashda ham foydalanilishi mumkin. Auditor, masalan, moddiy zahiralar elementlaridan tanlab olishni amalga oshirishi va narxlarga oid testni bajarishi mumkin. Agar tanlab olishda narxga oid xatolar bo’lsa, auditorlar bu xatoni moddiy zahiralar noto’g’ri baholanganligi uchun jamlanganligini jiddiy bo’zilgan deb xisoblash mumkinligini aniqlash uchun jamlanganlikda amaliyotda qo’llab ko’radilar. Balans qiymatini noto’g’ri qabul qilish riski shunday risk xisoblanadiki, auditor schetlar sal’dosi jiddiy xatoliklarga ega emas degan xulosaga keladi, aslida esa schetlar sal’dosi jiddiy xatoliklarga ega bo’ladi. Auditorning asosiy muammosi detal (tafsilot) larning mustaqil testlari bilan bog’liq tanlab olishlarni bajara borib, balans qiymatini noto’g’ri qabul qilish riskini nazorat qilishi xisoblanadi. Schetlar saldosini noto’g’ri qabul qilishda jiddiy xatoliklar bo’ladi, lekin tanlab olish natijalari auditorni schetda jiddiy xatoliklar yo’q deb xisoblashga majbur qiladi. Jiddiy xatoliklar bilan hech qanday qo’shimcha auditorlik tekshiruvi o’tkazilmaydi va moliyaviy xisobotlar jiddiy xatoliklar bilan to’ziladi. Boshqa tomondan agar auditor jiddiy xatolari bo’lmagan tanlanganlikni noto’g’ri og’ishtirishi kerak bo’lganda edi, mijoz e’tiroz bildirar va auditorni qo’shimcha ish bajargani uchun taqdirlagan bo’lar edi. Qo’shimcha auditorlik tekshiruvi mos kelmaydigan xulosalarni to’g’rilashga olib kelishi kerak. Balans qiymatining noto’g’ri og’ishi riski shu tarzda auditing samaradorligiga tegib o’tadi, lekin bu auditorning moliyaviy xisobotlarning haqqoniyligi haqidagi to’liq xulosasiga tegmasligi kerak. 5.Tanlashning statistik va nostatistik turlariAuditorlar nostatistik va statistik tanlashdan foydalanadilar. Agar zarur tarzda foydalanilsa tanlash har qanday yondashuvi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini taqdim etishda samarali bo’lishi mumkin. Nostatistik tanlashlar auditorga tanlab olish haqidagi noto’g’ri talqin qilish riskini statistik jihatdan nazorat qilish yoki o’zgartirishga ruxsat bermaydi. Statistik tanlash auditorga tanlab olishning mos keluvchi hajmini aniqlash va tanlab olishlar natijalarini baholashda yordam berish uchun mulohazalari va tajribalari bilan bir qatorda ehtimollar nazariyasini va statistik tanlab olishni ham qo’llashni o’z ichiga oladi. Aksincha, nostatistik tanlash ehtimollik nazariyasi va statistik xulosalarni qo’llash ko’zada tutilamaydi; buning o’rniga auditorga tanlab olishning mos keluvchi hajmini aniqlash va tanlab olishlar natijalarini baholashda yordam berish uchun auditorning mulohazalari va tanlab olishni qo’llashdagi tajribasida qo’llanilishi ko’zda tutadi. 19–jadval nostatistik va statistik tanlashni tegishli o’lchamlarda taqqoslaydi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling