№
|
Hujjatlar nomi
|
1
|
Xo‘jalik yurituvchi subyekt Nizomi
|
2
|
Ta’sis shartnomasi
|
3
|
Ta’sischilar majlislarining bayonnomalari
|
4
|
Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
|
5
|
Korxonalarni xususiylashtirish va aktsionerlash bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar;
|
6
|
Statistika, davlat soliq idoralari, nafaqa jamg‘armasi, bandlik jamg‘armasi, ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi idoralarida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnomalar
|
7
|
Bank xizmati ko‘rsatish to‘g‘risida guvohnoma
|
8
|
Ta’sis hujjatlariga kiritilgan va ro‘yxatga olingan o‘zgarishlar
|
9
|
Emissiya prospekti
|
10
|
Aksiyadorlik jamiyatlari uchun aksiyadorlar reestri
|
11
|
Aksiyadorlarning yillik majlisi bayonnomalaridan ko‘chirma
|
12
|
Aksiyadorlar, ta’sischilarning majlisi bayonnomalaridan ko‘chirma
|
13
|
Direktorlar Kengashi majlislarining qarorlaridan ko‘chirma
|
14
|
Ijro direktsiyasining buyruqlari va farmoyishlari
|
15
|
Ma’lum bir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar va ruxsatnomalar
|
16
|
Ta’sischilar va aksiyadorlar bilan yozishuvlar
|
17
|
Ichki Nizomlar
|
18
|
Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan o‘z ulushlarini pul, natura, nomoddiy shaklda yoki qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida kiritilganini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ko‘chirmalari, kirim kassa orderlari, Nizom kapitaliga ulush sifatida natura ko‘rinishida taqdim etilgan mol-mulkni kirim qilish to‘g‘risida dalolatnomalar va boshqalar)
|
19
|
Ustav kapitaliga natura va nomoddiy ko‘rinishida kiritiladigan ulushlarning baholash uslubi
|
20
|
Xo‘jalik yurituvchi subyekt davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyingi boshlang‘ich faoliyat davri bo‘yicha hisobot
|
21
|
Moliyaviy hisobot. Dastlabki hujjatlar va hisob registrlari
|
Me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav kapitalini shakllantirish va hisobga olish qoidalarini o‘zida mujassamlashtirgan me’yoriy hujjatlar to‘plami zarur. Auditor bunday to‘plamni tekshirilayotgan korxonaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantirishi lozim.