O'zbekiston Respublikasi soliqlar va yig'imlar tizimi
Download 1.02 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi soliqlar va yig\'imlar tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayrim ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar ushbu yig‘im tushunchasini soliq tushunchasiga bog‘lamoqda. Shu munosabat bilan Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni maʼlum qiladi.
- Soliq bu – ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lovlardir.
O'zbekiston Respublikasi soliqlar va yig'imlar tizimi 6mm-20 - guruh talabasi Jo'rayev Sirojiddin Mahalliy soliq va yigʻimlar — davlat hokimiyatining mahalliy organlari va idoralari daromadiga oʻtkaziladigan soliq va yigʻimlar. Oʻzbekiston Respublikasida Mahalliy soliq va yigʻimlar va yilga mol-mulk soligʻi; yer soligʻi; reklama soligʻi; avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq; ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi; savdo-sotiq qilish huquqi uchun yigʻim, shu jumladan, ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yigʻimlari; yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻulla-nuvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatga olganlik uchun yigʻim, avtotransport toʻxtash joyidan foydalanganlik uchun yigʻim; obodonchilik uchun yigʻim va boshqa kiradi. Mahalliy soliq va yigʻimlar va y. mahalliy byudjetga oʻtkaziladi, ularning miqdori, stavkalari, undirish tartibi, soliqdan imtiyozlar berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahri xalq deputatlari kengashlari tomonidan, amaldagi qonunlarga muvofiq belgilanadi. Mol-mulk va yer soligʻi OʻzR qonun hujjatlari bilan joriy etiladi va respublikaning butun hududida undiriladi. Bu soliqlarning stavkalari OʻzR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Mahalliy soliq va yigʻimlar va yilga oid huquqiy munosabatlar OʻzR ning Soliq kodeksi (1997-yildan 24-aprel) bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan 2021-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan joylashtirish vositasida, ular yashagan har bir kun uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda turistik (mehmonxona) yig‘im undirilishi belgilandi. Ayrim ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar ushbu yig‘im tushunchasini soliq tushunchasiga bog‘lamoqda. Shu munosabat bilan Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni maʼlum qiladi. Yig‘im va soliq tushunchalari Soliq kodeksida aniq bayon etilgan. Jumladan, Soliq kodeksining 16 – moddasiga ko‘ra Yig‘im deganda byudjet tizimiga Soliq kodeksida yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi. Soliq bu – ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lovlardir. Yaʼni, Soliq kodeksi bo‘yicha yig‘im va soliq tushunchalarining farqi shundaki, yig‘im maʼlum bir majburiy to‘lov evaziga uni to‘lovchiga muayyan huquqlarni, harakatlarni yoki ruxsat etuvchi hujjatlarni berishni nazarda tutsa, soliq esa aksincha, majburiy beg‘araz to‘lov hisoblanib, bunda soliqni to‘lovchi shaxsga yig‘im singari maʼlum bir huquqlarni taqdim etmaydi va soliqlar faqat Soliq kodeksi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, Soliq kodeksiga asosan yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi Soliq kodeksida hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi. Amaldagi Soliq kodeksida faqat avtotransport yig‘imini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi belgilab berilgan. Yig‘imlarni joriy qilish Hukumat qarorlari bilan tartibga solinadi. Yig‘imlarni undirish va sarflash ustidan nazorat qilish qonun hujjatlari bilan shunday vakolat berilgan tashkilotlar (misol tariqasida: notariuslar, ichki ishlar organlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yoritish, litsenziya va ruxsatnoma beruvchi tashkilotlar va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Maʼlumot uchun. Respublikamizda “Turistik (mehmonxona) yig‘im” amalda joriy etilgan bo‘lib, ushbu yig‘im Farmon qabul qilingunga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan undirilgan. Ushbu mablag‘lardan keyinchalik turizm sohasini rivojlantirishda foydalanish uchun ularning jamlanishini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltirilgan. Ushbu yig‘imlar ustidan nazorat Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan. Farmonga ko‘ra, Turistik (mehmonxona) yig‘imdan tushadigan mablag‘lar ichki turizmni targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo'naltiriladi. THANKS Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling