Audit” kafedrasi “audit”fanidan nazorat ishi mavzu: kapital qo’yilmalar auditi. Bajardi
KAPITAL QO‘YILMALAR AUDITINI REJALASHTIRISH XUSUSIYATLARI
Download 69.28 Kb.
|
Аудит фанидан Мус.Иш
2. KAPITAL QO‘YILMALAR AUDITINI REJALASHTIRISH XUSUSIYATLARI
Kapital qo‘yilmalar auditini rejalashtirish xususiyatlari Kapital qo‘yilmalar auditorliq dasturini tuzishda quyidagi savollarni kiritish tavsiya etiladi; loyixani bajarish uchun kerakli xujjatlarning o‘zgarishlarni inobatga olgan holda tahlilini o‘tkazish - rejalashtirilgan va haqiqatdagi qo‘rsatgichlarni taqqoslash; - qo‘rilishni boshqarishning umumiy tahlili; - xujjatlar aylanishi tizimini tahlil qilish; - qo‘rilish jarayonida moliyaviy, soliq va boshqaruv hisoblarining tahlilini o‘tkazish; - ijro xujjatlari (umumiy ish jurnali, maxsus ish jurnali) auditi; - hisobot xujjatlari (bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi, bajarilgan ishlar hisobni yurituvchi jurnal) auditi; - qurilish jarayonida rejalashtirilgan va haqiqiy sarflangan xarajatlar tahlili; - pudrat shartnomasini baholash; - materiallarning reja va bozor baholarini solishtirish; - kamomadlar auditi; - xujjatlarda keltirilgan ish xajmini baholash (umumiy qiymatni ko‘rsatuvchi hisob – kitob jadvallarini tekshirish). Kapital qurilish jarayonida quruvchi qurilishiga mo‘ljallangan mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq kelib tushishini; bu manbalardan yig‘ma smeta hisob-kitoblariga muvofiq foydalanishi; qurilishning uskuna, asbob, inventar va ayrim material turlari bilan ta'minlanishi, shuningdek qurilish pudrat usulida olib borilayotgan bo‘lsa qurilish-montaj ishlarining bajarilishini nazorat kiladi; ishga tushirilayotgan ob'ektlarning inventar qiymatini va qurilish jarayonida qilinayotgan hamda asosiy vositalar qiymatini oshirmaydigan xarajatlar miqdorini belgilaydi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib kapital qurilishning hisob ob'ektlariga: - kapital qo‘yilmalarni o‘z mablag‘lari vositasida mablag‘ bilan ta'minlashda badallar bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish; - bajarilgan ishlar uchun pudrat tashkilotlari bilan hisob- kitoblarni hisobga olish; - yangi qurilish va ishlab turgan korxonalarni kengaytirish, ta'mirlash, texnika qayta jixozlash va quvvatlarni saqlash xarajatlarni hisobga olish. - Kapital qurilish xo‘jalik usulida olib borilganda hisobga olish ob'ektlariga qurilish-montaj ishlarini bajarishga aloqador xo‘jalik moliya operatsiyalari qo‘shiladi. - Kapital qurilishda mablag‘, kredit bilan ta'minlash va hisob- kitoblarni hisobga olish. Umumiy qoidalari: Kapital qo‘yilmalarni mablag‘ va kredit bilan ta'minlash jarayonida banklar nazorat vazifalarini amaldagi qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Banklar qurilishlarini pudrat shartnomasiga ko‘ra titul ro‘yxatlari asosida qurilishning butun davrida va qurilishning smeta qiymati doirasida uzluksiz mablag‘ va kredit bilan ta'minlaydilar. Kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta'minlash. Davlat kapital qo‘yilmalarini mablag‘ bilan ta'minlash: -titul ro‘yxatlari Uzbekiston Vazirlari Mahkamasi tasdiqlanadigan yangi korxona va boshqa ishlab chiqarish ob'ektlarini qurish hamda ishlab turganlarini kengaytirish uchun buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari va byudjet mablag‘lari hisobiga, boshqa ishlab chiqarish qurilishlari bo‘yicha buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari hisobiga; - ishlab turgan ishlab chiqarishlarni texnik qayta uskunalash va ta'mirlash ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi mablag‘lari hisobiga; - ishlab chiqarish maqsadlarida ob'ektlar sotsial-madaniy tadbirlar va turar joy qurilishi fondining mablag‘lari va boshqa shunga o‘xshash fondlar hamda byudjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. O‘z mablag‘lari yetishmagan hollarda kapital qo‘yilmalar yuqorida aytilgan xarajat turlari bo‘yicha bank kreditlari hisobiga mablag‘ bilan ta'minlanadi. Davlat markazlashgan kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta'minlash va qurilishdagi hisob-kitoblarni yuritishda boshqaruvchilik vazifalarini bajaruvchi vazirlik, idora va tobe tashkilotlar banklarga kapital qurilishning yillik rejalarini, kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta'minlash rejalarini va boshlanayotgan qurilishlarning titul ro‘yxatlarini butun qurilish davri uchun tobe korxona, birlashma, tashkilot hamda muassasalarga rejalarini yetkazib berish belgilangan muddatlarda taqdim etadilar. Kapital qo‘yilmalarda auditni o‘tkazish xususiyatlari bo‘yicha olib boriladigan izlanishlarda ko‘yidagi yo‘nalishlarni qo‘rsatish mumkin: - qurilish sohasini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini o‘rganish; - auditorlik tekshiruvini boshlashda shartnomalarni o‘rganish; - qurilish ishlari bilan bog‘liq moddiy zaxiralarni tekshirishda, ularning montaj qilinadigan va vaqtinchalik saqlanadigan uskunalarga sarflanadaigan xarajatlarni inobotga olgan holda tasniflanishini o‘rganish. Download 69.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling