Audit” kafedrasi “audit”fanidan nazorat ishi mavzu: kapital qo’yilmalar auditi. Bajardi


KAPITAL QOʻYILMALAR AUDITINING MAQSADI , VAZIFASI , XUSUSIYATLARI


Download 69.28 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi69.28 Kb.
#1529403
1   2   3   4   5
Bog'liq
Аудит фанидан Мус.Иш

1. KAPITAL QOʻYILMALAR AUDITINING MAQSADI , VAZIFASI , XUSUSIYATLARI
Kapital qoʻyilmalar, kapital mablagʻlar — i.ch. va noishlab chiqarishga tegishli asosiy fondlarni yaratishga, ularni yangilashga va harakatdagi fondlarni koʻpaytirishga, obʼyektlarni qurishga sarf qilinadigan, i. ch.ga qoʻyilgan mablagʻ. K.q. davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar, banklarning kreditlari, korxona, firma, kompaniyalarning foydasi va amortizatsiya fondlari, aholi jamgʻarmalari hisobidan amalga oshiriladi. K.q. ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ularni zamonaviylashtirish va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlovchi muhim omil hisoblanadi. K.q. dastlab pul shaklida boʻlib, pulga resurslar sotib olinadi va bu resurslar i.ch. ning moddiy omiliga aylanadi, natijada iqgisodiy oʻsish yuz beradi.
K.q. tarkibiga qurilish-montaj ishlariga, mashina-uskunalar, jihozlar, transport vositalari sotib olishga va b.ga yoʻnaltirilgan mablagʻlar kiradi. K.q.ning asosiy qismi kapital qurilishga — yangi obʼyektlarni barpo etish, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiyalash, i.ch. uskunalarini modernizatsiyalash, i.ch.ni kengaytirish, montaj ishlariga safarbar etiladi. K.q. sarfida alohida tarmoq — qurilishning ahamiyati katta. K.q. ichki va tashqi turlarga boʻlinadi. Mamlakat daromadi (davlat byudjeti, asosiy fondlar amortizatsiyasi, aholi jamgʻarmalari) ichki K.q. manbai boʻladi. Tashqi K.Q- chetdan — chet davlatlar, xorijiy banklar, yakka investorlar hisobidan amalga oshiriladi va bevosita va bilvosita shakllarga ega. Bevosita K.q. chet el firmalari, korxonalari va banklari, tadbirkorlar tomonidan aniq xoʻjalik subʼyektlarini barpo etish, rivojlantirish uchun bevosita sarflanadigan mablagʻlardir. Bilvosita K.q. chet el firmalari, banklarining K.q. qabul qilayotgan mamlakat qukumati tomonidan kafolatlangan loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi. 2001—2002-yillarda Oʻzbekistonda yalpi kapital qoʻyilmalarning 30% dan ortigʻi xorijiy investitsiyalar hissasiga toʻgʻri keldi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida Oʻzbekistonda Qarshiteks, Buxoroteks, Kabul-Toʻytepa, Kabul-Koʻkcha, Shoʻrtan gaz-kimyo majmui, Asakadagi "OʻzDEUavto" avtomobili zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va b. yirik sanoat korxonalari qurildi
Kapital qo‘yilmalar auditining maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari Kapital qo‘yilmalar - bu xujalikning takror ishlab chikarishini kengaytirish xamda uning sifatini yaxshilashga yunaltirilgan xarajatlar majmuidir. Kapital qo‘yilmalar xajmi korxonalarni kurish, kengaytirish, texnik kayta jixozlash va uning ishlab chikarish kuvvatlarini saklash, shuningdek, ishlab chikarish maksadlarilagi asbob- uskuna, transport vositalari va boshka asosiy fondlarni xarid kilishning barcha moliyalashtirish manbalari xisobiga kilingan xarajatlarning umumiy summasiga nisbatan belgilanadi. Uzbekiston iktisodiyotida kurilish sanoati asosiy urinni egallaydi. Kapital kurilishning ustidan nazorat kilish uchun korxonalarda kapital kurilish buyicha nazorat bulimlari tashkil etiladi. Kapital qo‘yilmalar auditini o‘tkazshdan maqsad – kapital qo‘yilmalar bo‘yicha tekshirilayotgan korxonada amalga osho‘irilgan muomalalarni qonuniyligini ta'minlash va ular bo‘yicha moliyaviy hisobot kshrsatkichlarini ishonchliligini yoki haqiqatga mosligini baholashdan iboratdir Kapital qo‘yilmalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda foydalaniladigan manbalar buxgalterlik hisobning korxonada qabul qilingan tashkiliy shakliga ham bog‘liq. Bular hisobni qo‘lda yuritish sharoitida: jurnal-orderlar, vedomostlar, kartochkalar: avtomatlashtirilgan hisob sharoitida esa kompyuter dasturlari, mashinagrammlaridir. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hisobning har qanday shakli sharoitida ham kapital qo‘yilmalarning harakatiga oid muomalalar (kirimi, chiqimi, xo‘jalik ichidagi siljishi, ta'mirlanishi) me'yoriy hujjatlar va dastlabki hujjatlashtirishning unifikatsiyalangan idoralararo shakllari bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
• kapital qurilishning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish ma- salalarini tartibga soladigan asosiy me'yoriy hujjatlar;
• korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrugi;
• kapital qurilishlarni hisobga olishda korxonada qo‘llaniladigan analitik va sintetik hisob registrlari;
• buxgalteriya hisobotlari;
• loyihalash xujjatlari;
smeta xujjatlari;
• bajarilgan ishlar hajmini ko‘rsatadigan, sarflangan resurslarni qo‘rsatadigan qo‘rilish ishlari bo‘yicha qabul qilish dalolatnomalari;
• qurilish chizmasi va davom etish me'yorlari, titul ro‘yxati(№1 forma), qapital qurilish rejasi(№7 forma), pudrat shartnomasi, operativ hisob ma'lumotlari, asosiy fondar va kapital qo‘yilmalar rejasining amalda sinash bo‘yicha hisobot. Audit uchun qurilish muddatlari sifatida davlat komissiyasining ob'ektni topshirish dalolatnomalari asos bo‘ladi;
• alohida qurilish ob'ektlari uchun qo‘llaniladigan bajarilgan ishlar jurnali(forma №KS-6); • moddiy javobgar shaxs, ya'ni ishlarni bajaruvchi, qurilish uchastkasi boshlig‘i hisoboti (№ M-19 forma);
• №KS -2 va № KS-3 formalari;
• 1010 –“Hom ashyo va materiallar” scheti bo‘yicha hisob registlari;
• 0810, 0820, 0830, 0840, 0890 schetlar bo‘yicha hisob registrlari, jurnal-order tizimida qaydnomalar;
• bosh kitob;
• moliyaviy hisobot.



Download 69.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling