Audit o`zi nima? Auditorlik faoliyati: yangi davrga mos tartib -tamoyillar


Auditorlik faoliyati bo‘yicha Moliya vazirligi vakolatlari


Download 26.82 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi26.82 Kb.
#1057191
1   2   3   4
Bog'liq
Auditorlik faoliyatini tashkil qilishning huquqiy asoslari

Auditorlik faoliyati bo‘yicha Moliya vazirligi vakolatlari
Moliya vazirligi vakolatli organ sifatida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi. Auditorlarga malaka sertifikatini beradi. Ularning reyestrini yuritadi.
Respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorlar malaka oshirishining namunaviy dasturini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, vazirlik auditorlik sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi mas'ul idora sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Markaziy bank vakolatlari
Qonun bilan O‘zbekiston Markaziy bankining vakolatlari ham belgilangan. Unga ko‘ra, Markaziy bank banklarni va boshqa kredit tashkilotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi.
Banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatini berish tartibini belgilaydi va uni beradi.
Banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlarning reyestrini yuritadi va uni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.

Auditorlik tekshiruvlari
Qonunda auditorlik bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar auditorlik tekshiruvlari hamda turdosh xizmatlarni ko‘rsatishi mumkinligi belgilangan.
Auditorlik tekshiruvlari o‘z navbatida majburiy va tashabbus tarzidagi tekshiruvlarga ajratilgan.
Shuningdek, hujjatda auditorlik tashkilotlari tomonidan turdosh xizmatlarni ko‘rsatish ham belgilangan. Xususan, moliyaviy hisobotlarni tuzish, buxgalteriya hisobini yuritish, tiklash, qayta tiklash masalalari ham alohida belgilab o‘tilgan.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
Qonunda auditorlarning respublika jamoat birlashmalari faoliyatiga tegishli alohida normalar kiritildi. Unga ko‘ra, mazkur birlashmalar malaka imtihonlarini o‘tkazishda va test savollarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining odob-ahloq standartlari bo‘yicha kengash tomonidan e'lon qilingan professional buxgalterlarni odob-axloq kodeksiga rioya etilishining tizimli monitoringi tashkil etilishini ta'minlaydi.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari a'zolarining reyestrlarini yuritadi va ularni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi. Bu auditorlarning manfaatlarini himoya qilishga va ularning malakasini saqlab turish hamda oshirishga qaratilgan faoliyatdir.

Download 26.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling