Quyidagilardan qaysi biri Axloq kodeksining asosiy tamoyillari qatoriga kirmaydi? Nashr qilinadigan axborot va reklama
Qaysi holatlarda mustaqillik tamoyili buziladi? - mijoz tashkilotning ishi sudda bo‗lsa; - mijoz tashkilotning ishlarida auditor moliyaviy jihatdan qatnashsa; - auditor mijoz oldida moliyaviy va mulkiy bog‗liqligi bo‗lsa; - mijoz tashkilotda qarindoshlari ishlashi munosabati bo‗yicha bilvosita moliyaviy jihatdan qatnashsa; - mijoz tashkilot direktori va boshqa boshqaruv xodimlari bilan qarindosh yoki shaxsiy do‗stona munosabatda bo‗lsa; - mijoz tashkilot boshqaruvida auditorning ishtiroki bo‗lsa. Yuqorida ko‗rsatilgan holatlarda mustaqillik tamoyili buzilgan bo‗ladi.
|
Auditor qanday hollarda muhimlikni ko’rib chiqish lozim? Audit o‘tkazish jarayonida auditor muhimlik (jiddiylik) va uning auditorlik tavakkalchiligi bilan o‘zaro bogliqligini ko‘rib chiqishi lozim. Muhimlik (Jiddiylik) - ahamiyatsiz hisoblangan, ya’ni foydalan'uvchilami xato fikrda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan, moliyaviy hisob varaqlarda qayd etilishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri summaning eng ko‘p miqdoridir.
|
Qanday me’yor qabul qilingan tegishli miqdoriy mezonga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi. Nisbiy miqdor
|
Muhimlilik darajasi deganda nima tushuniladi? Axborot, agar uning tushirib qoldirilishi yoki buzib ko‗rsatilishi ma‘lum hisobot beruvchi tadbirkorlik subyekti to‗g‗risidagi moliyaviy axborot asosida foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta‘sir qilishi mumkin bo‗lsa, u muhim deb hisoblanadi. Boshqacha aytganda, muhimlik, alohida tadbirkorlik subyektining moliyaviy hisoboti doirasidagi axborotga tegishli bo‗lgan moddalarning mohiyati va kattaligi yoki ikkalasiga ham asoslangan, tadbirkorlik subyektiga xos bo‗lgan o‗rinlilikning bitta jihatidir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |