Auditda boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanish docx


 Boshqa auditor ish natijalaridan foydalanish metodlari


Download 100.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana11.05.2023
Hajmi100.42 Kb.
#1450977
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Auditda boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanish

5. Boshqa auditor ish natijalaridan foydalanish metodlari
Boshqa auditor - asosiy auditor tomonidan tekshiriladigan xo’jalik
yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotiga kiritiladigan bo’linmaning
moliyaviy axborotini tekshiradigan va mazkur axborotga doir hisobotni
tuzganlik uchun javobgar bo’ladigan auditor;
asosiy auditor - moliyaviy hisobot boshqa auditor tomonidan tekshirilgan
xo’jalik yurituvchi sub’ektning bir yoki undan ortiq bo’linmalari bo’yicha
moliyaviy axborotni o’z ichiga olgan hollarda, xo’jalik yurituvchi sub’ektning
moliyaviy hisoboti bo’yicha auditorlik xulosasini tuzganlik uchun javobgar
bo’ladigan auditor;
bo’linma - faoliyati to’g’risidagi moliyaviy axborot asosiy auditor
tomonidan tekshiriladigan moliyaviy hisobotga kiritiladigan bo’lim, filial,
shu’ba korxonasi yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt.
Quyidagi omillar ta’siri oqibatida asosiy auditorni tayinlash zarurati
tug’iladi:
asosiy auditor tomonidan tekshirilayotgan moliyaviy hisobotga kiritilgan
bo’linma moliyaviy axborotining hajmi;
asosiy auditorning bo’linma faoliyatiga oid bilim darajasi;
xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmalari moliyaviy axborotini jiddiy buzib
ko’rsatishlar xatari.
Asosiy auditor boshqa auditor ishining natijalaridan foydalanishni
rejalashtirayotganda, boshqa auditorning tekshirilayotgan sohadagi kasbiy
bilimdonligini baholashi kerak. Buning uchun asosiy auditor:


22
taqdim etilgan ma’lumotlarga ko’ra boshqa auditor tanlovini o’tkazishi;
boshqa auditor auditorning malaka sertifikatiga ega ekanligiga ishonch
hosil qilishi;
bo’linma faoliyati haqidagi bilimini baholash maqsadida boshqa auditor
bilan suhbat o’tkazishi kerak.
Asosiy auditor o’zining boshqa auditor bilimdonligiga tegishli xulosalari
haqida ma’lumotnoma tuzadi, unga oid ma’lumotlar bilan birga u ish
hujjatlariga qo’shiladi.
Asosiy auditor boshqa auditorni quyidagilardan xabardor qiladi:
a) auditorlik tekshiruvi chog’ida uning mustaqilligi haqida va bu haqda
yozma majburiyat oladi;
b) boshqa auditor hisobotini tuzish hamda auditorlik tekshiruvi chog’ida
ularning harakatlarini muvofiqlashtirish bo’yicha tegishli taomillarni o’tkazish
tartibi haqida. Asosiy auditor boshqa auditorni alohida e’tibor talab etiladigan
masalalar, shuningdek auditorlik tekshiruvi vaqtining tugashi haqida xabardor
qilishi lozim.
Asosiy auditor quyidagi taomillarni bajarishi shart:
a) boshqa auditor bilan qo’llaniladigan auditorlik taomillarini muhokama
qilish;
b) boshqa auditorning reja va dasturini ko’rib chiqish va tasdiqlash;
v) boshqa auditorning ish hujjatlarini ko’rib chiqish;
g) xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) ma’muriyati bilan
boshqa auditor tekshiruvi natijalarining muhokamasida ishtirok etish;
d) xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy
axborotini qo’shimcha tekshiruvdan o’tkazish yo’li bilan boshqa auditor ishining
sifatini nazorat qilish.
Boshqa auditor asosiy auditorga ma’lum bo’lgan hamda boshqa auditor
tomonidan tekshirilayotgan moliyaviy axborotni to’g’rilash va oshkor etishni
talab etadigan boshqa bo’linmalarning bitim hamda operatsiyalariga taalluqli
so’rovlar qilishi mumkin.


23
Boshqa auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari)
moliyaviy axboroti tekshiruvining borishi haqida asosiy auditorni muntazam
xabardor qilib turadi.
Asosiy auditorga boshqa auditorning so’rovnomasi yozma shaklda bayon
etilishi, sana qo’yilishi va asosiy auditorga tilxat orqali berilishi lozim.
So’rovnomada asosiy auditor boshqa auditorga javob qaytarishi kerak
bo’lgan muddat ko’rsatiladi.
Asosiy auditor boshqa auditordan so’rovnoma olgan taqdirda boshqa
auditorning so’rovnomasida ko’rsatilgan muddatni hisobga olgan holda yozma
shaklda javob yo’llashi lozim.
Asosiy auditorning boshqa auditorga javobi aniq bo’lishi lozim.
Asosiy auditorning maktubiga sana qo’yilishi va boshqa auditorga tilxat
orqali berilishi lozim.
Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi
auditorlik hisobotiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari)
moliyaviy axborotiga taalluqli boshqa auditorning hisobotiga kiritilgan
axborotlar ham qo’shiladi.
Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini boshqa auditor ham imzolaydi.
Boshqa auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari)
moliyaviy hisobotiga taalluqli o’z hisobotining haqiqiyligi uchun javobgar
bo’ladi.
Agar asosiy auditor boshqa auditorning ishidan foydalanib bo’lmaydi
degan xulosaga kelgan bo’lsa, asosiy auditorning o’zi esa boshqa auditor
tomonidan tekshirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari)
moliyaviy hisobotiga taalluqli qo’shimcha taomillarni bajara olmasa, u
auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi tufayli belgilangan tartibda
auditorlik xulosasini tuzishdan voz kechadi.


24
Xulosa
Har qanday tushuncha, ayniqsa ilmiy atama o’zining mohiyatini
ifodalovchi ta’rifiga ega bo’lishi lozim.
Auditorlik faoliyatining ta’rifi o’zining tarixiy taraqqiyot yo’lida turli
manbalarda 
turlicha 
bayon 
qilingan.
Masalan, 
professor
M.M.Тo’laxo’jayevaning «O’zbekiston Respublikasida Moliyaviy nazorat
tizimi» nomli kitobida auditga quyidagicha ta’rif berilgan:
«audit – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning
moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog’liq moliyaviy axborotni ushbu hisobot
yoki axborotning qonun va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi
to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir».
Auditorlik faoliyati va auditorlik kasbining ta’rifi O’zbekiston
Respublikasining yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida
quyidagicha keltirilgan:
Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik
tekshiruvlarini o’tkazish va ushbu qonun-ning 17-moddasida nazarda tutilgan
professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
(3)
Birinchi ta’rifda auditning tafsiloti keng bayon etilgan bo’lsa, so’ngisida
auditorlik faoliyati tekshiruv o’tkazish jarayoni bo’lishidan tashqari professional
xizmat ko’rsatish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati ekanligi ham ta’kidlangan.
O’zbekistonda davlat hoqimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik
faoliyatini amalga oshirish qonun bilan taqiqlangan.
Auditor – auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir.
Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo’lsa yoki
auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa,
u auditorlik tekshiruvi o’tkazishga jalb etilishi mumkin.
Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini oshkor
etganligi hamda boshqa hatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar


25
yetkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida
javobgar bo’ladi (3).
shuningdek, Qonunning 4-moddasiga muvofiq «auditor yordamchisi
auditor malaka sertifikatiga ega bo’lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik
xulosasida, auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini
o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga
ega bo’lmagan tarzda auditorning topshirig’iga binoan auditorlik tekshiruvida
ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir».
Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan
tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor
etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tadbiq etiladi.
Auditorning yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditor malaka
sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi.
O’zbekistonda auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs huquqiga ega
auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga ko’ra auditorlik
tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan
yuridik shaxsdir.


26

Download 100.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling