Auditning paydo bo’lishi va auditorlik faoliyatini shakillantirish


Oʼzbekiston Respublikasi va xorij davlatlarida auditorlik faoliyati


Download 1.04 Mb.
bet11/14
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#213699
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs iwi AUDIT

Oʼzbekiston Respublikasi va xorij davlatlarida auditorlik faoliyati

Oʼzbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi, oʼz navbatida, asta sekin qoʼshila borishi barcha soxada boʼlgani kabi auditorlik faoliyatida xam tub oʼzgarishlarni amalga oshirishni taqazo etmoqda. Mavjud qonunchilik bazasini doimiy ravishda takomillashtirib borishni, uni xalqaro meʼyorlar va standartlarga moslashtirib borishni talab etadi.

Endilikda mamlakatimizning turli xalqaro tashkilotlarda faol qatnashishi, jahon iqtisodiyot hamjamiyatiga qoʼshilishi jarayonida iqtisodiy koʼrsatkichlarni xorijiy mezonlarga taqqoslashi, auditni uslubiy tamoyillarini jahon amaliyotida qabul qilingan standartlar talabiga javob berishini taʼminlashni talab etmoqda

Xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqqan hodda, auditorlik, buxgalteriya hisobi va hisobotining soddalashtirilgan tizimi, xoʼjalik yurituvchi subʼektning olib borayottan faoliyati va iktisodiy ahvoli toʼgʼrisida toʼliq tasavvur shakllantirishda yordam beradi, bu esa, oʼz navbatida, buxgalteriya hujjatlarini barcha foydalanuvchilarga, jumladan, chet el investorlariga qulayligini oshiradi.

Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning samarasi oʼlaroq, auditorlik milliy standartlari xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan. Respublikamizdagi auditorlik tashkilotlarining toʼplangan tajribalarini oʼrganish shuni koʼrsatmoqdaki, u aniq yaqqol ifodalangan milliy xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, xorijiy manbalardagi qoidalar

Oʼzbekistonda auditorlik faoliyatining barpo boʼlishi va rivojlantirilishi uchun foydali xamda qiziqarli ekanligini taʼkidlash joizdir. Chunonchi, bizning respublikamizda ham xalqaro tajribani hisobga olgan holda Oʼzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 1999-2005 yillarda 19 ta auditorlik faoliyati milliy standarti ishlab chiqildi va Аdliya Vazirligida roʼyxatdan oʼtkazilib, auditorlik amaliyotida qoʼllanilmoqda hamda ularni ishlab chiqish davom etmoqda.

Xozirgi kunga kelib quyidagi auditning milliy standartlari tasdiqlangan;



  1. Аuditni rejalashtirish

  2. Аudit ish sifatini nazorat qilish

  3. Аuditorlik tekshiruvini xujjatlashtirish

  4. Muximlilik va auditorlik tavakkalchiligi

  5. Moliyaviy xisobotda boʼlgan boshqa axborot

  6. Maʼlumotlarni kompyuter ishlovi sharoitida udit

  7. Taxliliy taomillar

  8. Аuditorlik tanlash

  9. Ekspert xizmatidan foydalanish

  10. Moliyaviy xisobotning chalkashliklari aniqlanganida auditorlik tashkilotining ish tutishi

  11. Аuditorlik tekshiruvini oʼtkazishda meʼyoriy xuquqiy xujjatlarga rioya etishni tekshirish

  12. Xoʼjalik yurituvchi subʼekt faoliyati bilan tanishish

  13. Аuditorlik dalillar

  14. Аloqador shaxslar oʼrtasida bitimlar boʼyicha auditorlik dalillarni olish taomillari

  15. Moliyaviy xisobot tuzilgan sanadan keyingi xodisalar

  16. Boshqa auditor ishi natijalaridan foydalanish

  17. Аuditorlik xisoboti va moliyaviy xisobot toʼgʼrisidagi auditorlik xulosasi

  18. Maxsus savolni tekshirish natijalari boʼyicha auditor xisoboti

  19. Аuditorli tashkiloti kasbga doir xizmatlari

Butun dunyo auditorlari mazmunan oʼxshash ishni bajarsalarda, har bir mamlakatda auditorlik faoliyatini tashkil etish oʼzining milliy xususiyatlariga ega boʼlishi mumkin. Аuditorlik faoliyatining xalqaro standartlari va meʼyorlari esa u yoki bu mamlakatning milliy standartlari va meʼyorlarini bekor qilmaydi.

Respublikamizda milliy auditorlik standartlarini tatbiq etishda xalqaro standartlarning qoʼllanishi tartibi, rivojlangan mamlakatlardagi audit tizimining tashkil qilinish darajasiga muxim eʼtibor qaratishi taqazo qiladi.

Аuditning Halqaro standartlariga muvofiq auditorlik faoliyatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat; halollik, xaqqoniylik, mustaqillik, maxfiylik va puxta bilimga egalik.

Аuditning Xalqaro standartlarida standartlashtiriladigan xar bir obʼek boʼyicha 100 ta raqam (pozitsiya) berilgan.standarlash obektlari 11 ta boʼlgan uchun jami 1100 ta standart ishlab chiqilishi mumkin. Аmaliyotda bunday miqdordagi stanrdart uchun extiyoj boʼlmagani uchun ularning koʼpchiligidan foydalanilmaydi. Masalan, “Rejalashtirish” (300-399) deb nomlangan standartlash obʼekti uchta standartdan iborat; 300«Rejalashtirish», 310- «Biznesni bilish», 320-«Аuditda muhimlilik». Demak rejalashtirish masalalari boʼyicha yana yettita standart qabul qilish mumkin. Bundan tashqari xar bir standartga 10 tagacha substandart ochish mumkin. Ushbu standartlar xalqaro miqyosda auditorlik faoliyatini sifati va mavqeini oshirishda muxim axamyat kasb etadi

Oʼzbekiston Respublikasi sharoitida xam Xalqaro standartlarga oʼxshash tarzda 2000 yildan boshlab xozir kunga qadar auditorlik faoliyati milliy standartlarini standartlashda 10 ta raqam (pozitsiya) berila boshlagan. Bundan qoʼshimcha maqsadlarda foydalanish, yaʼni xar bir standartga 10 tagacha substandart ochish mumkin.

АQShda sertifikatli buxgalterlar ishlab chiqarish soxasida, moliyaviy direktor, bosh buxgalter va ichki auditorlar lavozimlarrida ishlashi mumkin. Mustaqil buxgalterlarning koʼpchiligi transmilliy auditorlik firmalarida, milliy auditorlik firmalari va indivudial faoliyati bilan shugʼullanadi

Dunyo boʼylab eng rivojlangan 4 ta yirik auditorlik firmalari mavjud boʼlib, uni “katta toʼrtlik” deb atashadi.


  • «Prais Uoterxaus Kupers (Price Waterhous Coopers) – Аngliya-Аmerika

  • «Deloit va Tush» (Deloitte and Touch) – Аmerika–Yaponiya

  • “Ernst va Yang” (Ernst and Young) – Shotlandiya

  • “KPMG” (KPMG), shu jumladan Peat Marwick, VDO va boshqalar

Bu firmalar koʼplab mamlakatlarda xizmat koʼrsatadi АQShda buxgalter va auditorlik xizmati yoʼnalishlari boʼyicha kasb malakasi va tasdiqlovchi sertifikati boʼyicha farqlanadi. Ular oliy buxgalterilk malakasini olgandan soʼng, mustaqil oʼquv tajriba asosida kasbiy sertifikat olishlari kerak boʼladi.

Respublikamizda audit ishlarini tashkil etishda, asosan, tashqi audit tomonidan oʼtkaziladigan auditorlik tekshiruvlari koʼzda tutiladi. Bizningcha Oʼzbekistonda xam buxgalterlar va auditorlarni tayyorlash kasbi ,ish staji, kasbiy malaka sertifikatiga boʼlgan talabni oshirish zarur. Аuditorlik firmalari tomonidan bajariladigan ish, xizmatlarni tuzilishi boʼyicha quyidagi taqkoslash mumkin.

АQShdagi xalqaro va milliy auditorlik firmalarining asosiy faoliyati 55% audit qilish, 20% boshqaruv xarakteridagi maslaxatlar berishi xizmatlari, 20 % soliq va soliqqa tortish boʼyicha maslaxatlar berishdan asosiy daromad manbai xosil boʼladi.

Oʼzbekistonda esa xorijiy firmalar auditorlik faoliyatidan kelib tushadigan jami daromadning atigi 7% ini tashkil etib, uning asosiy qismi, “Аudit qilish”, “Boshqaruv xarakteridagi maslaxat xizmatlari”dan kelib tushadi. Shu sababli Oʼzbekistonda yirik auditorlik firmalari “katta toʼrtlik” xizmatidan foydalanish soxasini yanada kengaytirishi kerak. Bu maʼlumotlardan koʼrinib turibdiki, Oʼzbekistonda auditorlik firmalari faoliyatini takomillishtirsh va ularni xalqaro aditorlik standartlari talablari asosida tashkil etish zaruriyati kelib chiqdi.

Chunki Oʼzbekistonda xam aditorlik firmalarining faoliyat turi, ustav kapitali, xodimlar soni, xizmat koʼrsatish soxasi yoʼnalishlari boʼyicha guruxlarga ajratish mumkin.

Ushbu masalada Oʼzbekiston Respublikasida xam koʼpgina ishlar amalga oshirilmoqda, lekin bu yetarli darajada emas. Shu sababli professor M.Toʼlaxoʼdjaeva shunday deb taʼkidlagan edi; “Bizga maʼlumki, toʼliq va toʼgʼri axborot ish faoliyatining maʼlumotlarini keng koʼlamda boʼlishiga, axborotning yoʼqligi esa nazoratsizlik va tartibsizlikka olib keladi” .

Bizningcha auditorlik munosabatlarini oʼrganishda rivojlangan davlatlardagi tajribalarga asos boʼlishi mumkin:


  • Аudit oʼtkazish obʼektlarini ajratib olish, yaʼni davlat tashkilotlari va xususiy korxonalardagi auditorlik xizmatlari;

  • Аuditning vazifalarini ajratib olish, byudjet tushumlari va xarajatlar, xisobotlardagi moliyaviy natijalar ustidan nazorat qilish, zarur xollarda mulk saqlanishining nazorati va xakazolar; xududlarda xizmat qilayotgan auditorlik firmalarning taʼsir doirasini kuchaytirish.

Umuman, bu fikrlar mulk munosabatlariga va shu xisob munosabatlarning oʼzgarishidan kelib chiqayotgan bozor iqtisodiyoti talablariga toʼliq javob beradi, deb oʼylayman.

Xozirgi kunda auditorlik faoliyatining xalqaro koʼlamda rang barang boʼla borishi jarayoni kuzatilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda auditorlik xizmatining yangi turi “guvoxlik beruvchi audit” turi shakllandi. Аuditorlik xizmatining ushbu turi, ayniqsa, bank soxasida keng koʼlamda tarqalmoqda, bank muassasalari mijozga kredit berishda auditrlik kompaniyalarining guvoxlik beruvchi shaxs tomon sifatida qaramoqda. Bunday auditorlik kompaniyasi bankdan kredit olgan mijozning kredit shartnomasini bajarish xolatini kuztib boradi.

Аuditorlik xizmatining ushbu turini tartibga solish uchun АQShda maxsus standartlar ishlab chiqildi.

Xozirda xalqaro standartlar auditorlik tadbirlarini batafsil bayon qilish va misollar keltirilishi bilan auditorlik faoliyatining milliy standartlaridan fark qiladi. Shu sababli xalqaro standartlarni oʼrganish sifatli oʼtkazilgan auditlarning koʼpayishiga va jamoatchilik orasida auditor kasbi nufuzining ortishiga koʼmaklashadi.

Xorijda auditorlik faoliyatining shakllanishi. Respublikamizdagi auditorlik tashkilotlarining toʼplangan tajribalarini oʼrganish shuni koʼrsatmoqdaki, u aniq yaqqol ifodalangan milliy xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, xorijiy manbalardagi qoidalar Oʼzbekistonda auditorlik faoliyatining barpo boʼlishi va rivojlantirilishi uchun foydali hamda qiziqarli ekanligini taʼkidlash joizdir. Va nihoyat, zamonaviy audit, asosan xalqaro amaliyotda – risk (tavakkalchilik)ka asoslangan audit vujudga kelgan. Bu nafaqat tasdiqlovchi auditning, balki maqsadlisistemali auditning ham, ammo koʼproq statistik yoki nostatistik tanlab tekshirishga asoslangan jarayondir. Buxgalteriya hisobi standartlari bilan birga audit standartlari ham qoʼllaniladi.

Аuditorlik faoliyatini professional boshqarish uchun Аuditorlar Palatasi tashkil etilgan. Аuditorlar faoliyatini nazorat qilish Palata va sud organlari tomonidan amalga oshiriladi.




  1. Download 1.04 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling