Auditning paydo bo`lishi va rivojlanishi
Auditorlik faoliyatining rivojlanishi
Download 30.93 Kb.
|
Iqtisodiy tahlil va audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimli-orientirlangan audit
- Tavakkalchilikka asoslangan audit
- Foydalanilgan adabiyotlar.
Auditorlik faoliyatining rivojlanishi.
Xorijda auditorlik faoliyati rivojlanish bosqichlariga ko'ra quyidagi turlarga boʻlinadi: Tasdiqlovchi audit tekshirish davomida auditor har bir xo'jalik muomalasini tekshiradi va tasdiqlaydi hamda parallel ravishda hisob registrlarini tuzadi. Hozirda esa bu hisob ishlarini qayta tiklash deyiladi. Tizimli-orientirlangan audit mijozning ichki nazorat tizimining qay darajada ishlayotganligini tekshirishga asoslanadi. Agarda ichki nazorat tizimi oqilona tashkil qilingan hamda yaxshi ishlayotgan boʻlsa, tashqi auditorlar o'z ishlarini tanlab tekshirish hamda alohida obyektlarni nazoratdan o'tkazish bilan cheklanadi. Bu esa, albatta, auditorning ish vaqtini hamda audit jarayoniga qilinadigan xarajatlarni kamaytiradi. Ammo, auditor bunday tekshiruv o'tkazishda mijozning xoʻjalik faoliyati tizimi samaradorligini har jihatdan baholashi hamda korxonada yuz beradigan o'g'irlik, firibgarlik holatlarini ham inobatga olishi lozim. Tavakkalchilikka asoslangan audit tavakkalchilik baland bo'lgan joyda tekshirish vaqtini ko'proq ajratish hamda past tavakkalchilik boʻlgan joyda tekshirishga kam vaqt ajratishga asoslanadi. Bu tekshirish xarajatlarini kamaytirish yuzasidan kelib chiqadi. Xulosa. Auditning paydo bo’lishi korxonani bеvosita boshqarish bilan shug’ullanayotganlar (ma'muriyat, mеnеdjеrlar) va uning faoliyatiga pul qo’yayotganlar (mulkdorlar, aksiyadorlar, invеstorlar) manfaatlarini ajralishi natijasi bilan bog’liqdir. Moliyaviy ma'lumotni to’g’ri ekanligini tеkshirish va moliyaviy hisobotni tasdiqlash uchun, aksiyadorlarni fikri bo’yicha ishonish mumkin bo’lgan shaxslar taklif etilar edi. Auditorga nisbatan qo’yiladigan asosiy talablardan uning so’zsiz halolliyligi va mustaqilligidir. Buxgaltеriya hisobining murakkablashganligi auditorning jiddiy malakaviy tayyorgarlikka ega bo’lishligini taqozo etadi. Ushbu bobda auditning paydo bo’lishi, uning mohiyati, zarurligi va ahamiyati to’g’risida batafsil bayon qilingan. Bundan tashqari hozirgi vaqtda O'zbеkistonda amal qilayotgan mе'yoriy hujjatlar asosida auditning turlari, hillari va shakllari, audit va taftishning farqlari, auditor va mijozning o'zaro aloqalari batafsil ochib bеrilgan. Foydalanilgan adabiyotlar. 1.«Audit» (darslik). Toshkеnt Davlat iqtisodiyot univеrsitеti. Iqtisodiyot, 2011 y. 2. Audit asoslari. Buxgalteriya hisobi va audit yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darlik / K.B. Ahmadjonov L.L Yakubov; O'zbekiston Respublikasi oliyva o'rta maxsus ta'lim vazirligi. 3. Shoaliev AJG, Ohanov Sh.L, Tojiboyeva Sh.A. Iqtisodiy tahlil va audit Darslik. - T.:IQTISODIYOT, Download 30.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling