Auditning xalqaro standartlari


Xalqaro audit standartlari tarkibi


Download 30.11 Kb.
bet3/6
Sana21.04.2023
Hajmi30.11 Kb.
#1374464
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
audit kursavoy

2. Xalqaro audit standartlari tarkibi
Bozor infratuzilmasining unsurlari, avvalambor, auditorlik firmalari
faoliyatining o’zimizga xos, milliy andozada ishlab chiqarish zaruriyatini tug’diradi. Shu bilan birgalikda bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon bozoriga chuqurroq integratsiyalashuvi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro andozalarga moslashtirishni ham taqozo qilmoqda.
Mamlakatimizda asta-sekin auditning milliy andozalari ishlab chiqilmoqda. Auditning milliy andozalarini ishlab chiqishda, avvalo, xalqaro andozalarga murojaat etiladi. Auditning xalqaro andozalari Xalqaro buxgalteriya andozalari bo’yicha qo’mita (XBABQ) tarkibida doimiy qo’mita huquqlariga ega bo’lgan Auditorlik amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu qo’mita 1973 yilda to’qqiz mamlakat, ya’ni Kanada, Avstriya, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va AQShning professional buxgalteriya tuzilmalari tomonidan ta’sis etilgan.
Auditorlik amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi kengashi nomidan audit standartlarini chop etdi, shuningdek, audit tekshirishlarini o’tkazish bilan bir vaqtda qo’shimcha xizmat ko’rsatish bo’yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqdi.
Hozirgi kunda 30 dan ortiq auditorlik faoliyatining xalqaro andozalari ishlab chiqilgan. Respublikamizda esa 10 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy andozalari ishlab chiqilgan. Bozor munosabatlarini erkinlashtirish va uni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy integratsiyani rivojlanish sharoitida moliyaviy axborotlarning jahon miqyosida amaliyotga keng joriy qilish zaruriy va to’xtovsiz jarayonlardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda O’zbekiston suveren davlat sifatida audit bo’yicha hukumatlararo va xalqaro professional tashkilotlarga kirishi hamda auditning xalqaro andozalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishi lozim. Bu esa milliy auditorlik andozalarini xalqaro andozalar bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Bu tadbirlar oxir-oqibatda respublikamizning jahon iqtisodiy integratsiyasiga tobora chuqurroq qo’shilishiga imkon beradi.
Hozirgi kunda auditning xalqaro standartlari ro’yxati quyidagilardan iborat:
«Xalqaro audit standartlari va turdosh xizmatlarga izoh» - 100-son XAS
«Terminlar glossariysi» - 110-son XAS
«Xalqaro audit standartlarining kontseptual asoslari» - 100-son XAS
«Moliyaviy hisobotlar auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiY tamoyillar» - 200-son XAS
«Audit o’tkazish to’g’risidagi kelishuv xati» - 210-son XAS
«Audit sifatini nazorat qilish» - 220-son XAS
«Hujjatlashtirish» - 230-son XAS
«Aldash va xato» - 240-son XAS41
«Moliyaviy hisobot auditi bo’yicha qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ko’rib chiqish» - 250-son XAS
«Auditni rejalashtirish» - 300-son XAS
«Biznesni bilish» - 310-son XAS
«Auditda muhimlik» - 320-son XAS
«Tavakkalchilikni va ichki nazorat tizimini baholash» - 400-son XAS
«Kompyuter axborot tizimi sharoitida audit» - 401-son XAS
«Xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar xizmatlaridan foydalanuvchi sub’ektlar auditiga doir savollar» - 402-son XAS
«Auditorlik dalillar» - 500-son XAS
«Auditorlik dalillar – aniq moddalarga taalluqli qo’shimcha savollar» - 501-son XAS
«Dastlabki moliyaviy hisobot auditida boshlang’ich qoldiqlar bo’yicha auditorning ma’suliyati» - 510-son XAS
«Tahliliy amallar» - 520-son XAS

«Auditorlik tanlash va testlashning boshqa tanlash amallari» - 530-son XAS


«Hisob baholashlarning auditi» - 540-son XAS
«Manfaatdor tomonlar» - 550-son XAS
«Kelgusi davr moliyaviy ma’lumotlarini o’rganish» - 560-son XAS
«Uzluksiz faoliyat» - 570-son XAS
«Sub’ekt rahbariyatiga tushuntirish berish» - 580-son XAS
«Boshqa auditorlar ish natijalaridan foydalanish» - 600-son XAS
«Ichki audit xizmati ishini ko’rib chiqish» - 610-son XAS
«Ekspert xizmatidan foydalanish» - 620-son XAS
«Moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi» - 700-son XAS
«Taqqoslanadigan ko’rsatkichlar» - 710-son XAS
«Tekshirilgan moliyaviy hisobotlarda boshqa axborotlar» - 720-son XAS
«Maxsus maqsaddagi audit shartnomasi bo’yicha auditorlik hisobot» - 800-son XAS
«Istiqbolli moliyaviy ma’lumotlarni tekshirish» - 810-son XAS42
«Moliyaviy hisobotning sharhi bo’yicha kelishuv» - 910-son XAS
«Moliyaviy hisobotga taalluqli amallarni bajarish bo’yicha kelishuv» - 920-son XAS
«Moliyaviy ma’lumotlarning kompilyatsiyasi bo’yicha kelishuv» - 930-son XAS
Auditni xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun tobora dolzarb ishga aylanmoqda. Bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon bozoriga yanada chuqurroq kirib borishi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro standatlarga moslashtirishni taqozo qilmoqda. Bu borada auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilmoqda.


Download 30.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling