Auditor etikasi. Mustakillik, to‘g‘rilik, xolislik
Download 94.46 Kb.
|
1405945142 57219
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
MUNDARIJA Kirish Auditor etikasi. Mustakillik, to‘g‘rilik , xolislik Xamkasblarga nisbatan majburiyatlar. Auditorlik kasbiga kuyiladigan talablar. Mijoz oldidagi majburiyatlar XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Auditor etikasi. Auditorlik bilan mutaxassis darajasida shugullanayotgan shaxs jamiyatda ishonch kozonish va uz kasbiga nisbatan xurmat uy gotish uchun kasb etikasi prinsiplariga katiy rioya qilishi lozim. Kasb etikasi prinsiplari bir tamondan auditorni jamiyat oldidagi masuliyatini takidlasa, ikkinchi tomondan, shu prinsiplar asosida uz faoliyatini tashkil qilishi auditorni ish jarayoni va undan keyin ish beradigan noxushliklardan saklaydi. Xar bir mamlakatda auditorlik ishiga rahbarlik kiladigani shu soxa mutaxassislarining kasb xususiyatlarini hisobga olgan maxsus kodekslar ishlab chiqishlari lozim. Qonuniy kuchga ega bo‘lgan bu xujjatlarda auditorning huquqi, majburiyati xamda uni uz faoliyat natijalari buyicha mijoz, uchinchi shaxslar va davlat oldidagi javobgarligi masalalari anik yoritilgan bulishi kerak.Chunki bu xujjatdan auditor uz ishini tashkil qilish uchun kaysi xislatlarni doimo yodda tutishi kerakligini, mijozlar, uchinchi shaxslar va davlat esa kaysi meyoriy koidalar buzilganda auditorni manaviy va moddiy javobgarlikka tortishlari mumkinligini bilishlari lozim. Bu xolatlar bozor iktisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda kasb etikasi koidalari yoki tamoyillari to‘g‘risidagi meyoriy xujjatlar bilan tartibga solingan. Kasb etikasi koidalari birinchi bulib 1905 yili Amerika jamoatchi buxgalterlar assotsiatsiyasi tamonidan kabul kilingan. Iktisod va moliya soxasida taftish bilan shugullanuvchi ekspertlarning Yevropa kengashi tomonidan tavsiya kilingan va Shvetsiya mustakil auditorlari assotsiatsiya tomonidan foydalanish uchun kabul kilingan "Kasb etikasi koidalarida" auditorlik faoliyati uchun muxim bo‘lgan kuyidagi xolatlar kayd kilib utilgan: 1.Kasbga xos yurish-turishlar 2.Mustakillik 3.O‘rinsiz xarakatlar 4.Kasb majburiyatlari 5.Sir tutish 6.Xamkasblar bilan munosabatlar 7.Reklama,buyurtma kidirish 8.Mexnatga xak tulash 1988 yilda Amerika diplomli jamoatchi buxgalterlar instituti tomonidan kabul kilingan kasb xarakatlari kodeksi auditorni ish jarayonida rioya qilishi lozim bo‘lgan etik tamoyillarni 5 ta koidaga mujassamlashtirgan: 1. Mustakillik, to‘g‘rilik, xolislik 2. Umumiy va texnik andozalar 3. Mijoz oldidagi majburiyatlar 4. Xamkasblarga nisbatan majburiyatlar 5. Boshka majburiyatlar va koidalar Ushbu etik prinsiplar auditor xarakatlarining umumiy yunalishlari sifatida talkin kilinishi kerak. Ularning xar biri to‘g‘risida kengrok to‘xtatilib utamiz. 2.Mustakillik, to‘g‘rilik , xolislik Amerika diplomli jamoatchi buxgalterlar instituti tomonidan belgilangan xarakat meyorlari to‘g‘risidagi 101 koidaga ko‘ra "ijtimoiy amaliyot bilan shugullanuvchi diplomli jamoatchi buxgalter kasb yunalishi buyicha xizmat ko‘rsatar ekan AICPA kengashi tomonidan tayinlangan idoralar tomonidan chikarilgan andozalarga ko‘ra mustakil bulishi lozim ". Mustakillik auditorlik kasbining muxim xususiyatlaridan biri bulib, bu- faoliyatning falsafiy tarkibini tashkil kiluvchimagiz hisoblanadi. Auditorning mustakilligi uni davlat idorasining shtatdagi xodimi bulmaganligi,nazorat-taftish idoralariga buysunmasligi va ularning ko‘rsatmalari va nazorati ostida ishlamasligida uz aksini topadi. Bu tamoyilning axamiyati shundaki, auditor kanchalik malakali, tajribali bulmasin, agar u uz mustakilligini isbotlay olmasa, uning moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi fikri mijoz va uchinchi shaxslar uchun xech kanday axamiyatga ega bulmaydi. Shuning uchun audit andozalarida auditorning mustakilligiga xalakit beruvchi xolatlar to‘g‘risida keng to‘xtalib utilgan. 101 koidagi berilgan berilgan tushuntirishlarga ko‘ra auditorning mustakilligi kuyidagi xolatlar yuz berganda buziladi. Agar auditor: 1.Tekshirilayotgan kompaniyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki katta xajmda egri moliyaviy daromad olgan yoki uni olishga rozilik bildirgan bulsa; 2.Biror bir mulkning raxnamosi,buyruk beruvchi yoki sarflovchisi bulib, buning natijasida kompaniyadan istalgan tusdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki katta xajmda egri moliyaviy daromad olishi mumkin bulsa; 3.Kompaniya, uning rahbariyati, direktorlari, va yirik korxonalari bilan birgalikda sarmoyaga ega bulsa, yoki kompaniyaga kuyilgan sarmoyalar tekshiruvi bilan uzviy bog‘liq, xamda uning sof daromadi yoki daromadi unga karam bulsa; 4.Kompaniya, uning rahbariyati, direktorlari yoki yirik aksionerlaridan kredit olgan yoki ularga kredit bergan bulsa; 5.Kompaniya bilan tasischi, topshiruvchi yoki ishonchli shaxs sifatida boglangan bulib, ovoz berish huquqini olgan va shu tarzda xakikatda kompaniyaning rahbarlaridan biri yoki uning xodimiga aylangan bulsa. 6.Kompaniyaning nafaka yoki xodimlarning foydada katnashish fondini taksimlovchisi bo‘lgan bulsa . Angliya qonunchiligi tegishli mutaxassislikka ega bo‘lganda kompaniyaning xissadorlari,debitorlari,kreditorlari va xatto firma xizmatchisi yeki xodimining yakin karindoshlari (eri, xotini, ugli, kizi vxk) ga xam auditorlik tekshiruvini utkazishni man kilmagan. Ammo, sanoat va savdo Departamenti, Angliya va Uels diplomli buxgalterlar instituti, Shotlandiya diplomli buxgalterlar instituti, Irlandiya diplomli buxgalterlar instituti, Kirollikning diplomli buxgalterlar assotsiatsiyasi tamonidan ishlab chikilgan kasb etikasi koidalari esa yukorida keltirilgan shaxslarni auditorlik tekshiruvlarini utkazishni maksadga muvofik emas deb hisoblaydi. Auditorning mustakilligi masalasi bu faoliyat yunalishi yuzaga kelgandan boshlab davlat idoralari, nazariyetchi olimlar va amaliyetda faoliyat ko‘rsatayetgan mutaxassislar urtasidagi tortishuvlarga sabab bulmokda.Jumladan professor Dj.Robertsonning fikricha : 1) agar kompaniya rahbariyati diplomli jamoatchi buxgalterga nisbatan uning auditorlik yoki boshka attestatsiya ishlaridagi kamchiliklariga ishora kilgan xolda sud jarayoni boshlagan yoki boshlayman deb pupisa kilayotgan bulsa xam ; 2)diplomli jamoatchi buxgalter kompaniya rahbariyatining firibgarlik yoki aldovda ayblab unga nisbatan sud jarayonini boshlagan yoki boshlayman deb pupisa kilayotgan bulsa xam auditorning mustakilligini buzilgan deb hisoblash lozim (22.69-70bet). Ingliz olimi professor R.Dodjning takidlashicha, mijoz-firma rahbariyati yoki uning xodimlari bilan kalin dustlik, karindoshlik alokalari va er-xotinlik munosabatlari bo‘lganda; bitta mijozdan olinayotgan mexnat xaki auditorning umumiy daromadini 15 % dan ortigini tashkil kilganda xam auditorning mustakilligi buzilgan hisoblanadi (11. 53-54bet). Germaniyada bu daraja 25% kilib belgilangan.(18.39bet) Shvetsiya auditorlarining etik prinsiplari buyicha yukorida keltirilgan xolatlardan tashkari agar auditor mijozdan unga xurmat belgisi yoki oddiy buyum deb hisoblab bulmaydigan sovga olgan bulsa xam mustakillik prinsipini buzgan hisoblanadi va u tekshiruvdan voz kechishi lozim . Agar auditor mustakil bulmasa, u tomonidan bajarilgan barcha ishlar umumiy tarzda kabul kilingan andozalarga mos emas deb hisoblanadi va bu auditor shu tarzda tuzilgan hisobotlarga xulosa tuzishdan chetlashtiriladi. Bu xolat "Jamoatchi diplomli buxgalterni moliyaviy hisobotlar bilan alokasi"nomli audit andozasida anik ifodasini topgan . Auditorlik kasbining mustakilligi uni tekshiruv jarayonida to‘g‘rilik va xolislik bilan xarakat kila olish va moliyaviy xujjatlarga birovning tasirisiz fikr bildira olish kobiliyati bilan xam belgilanadi. To‘g‘rilik-auditorga nisbatan bo‘lgan ishonchga tasir ko‘rsatuvchi muxim belgi bulib hisoblanadi. Xolislik-auditorni mijozning, uchinchi shaxslar va uz xissiyotlarining tasiriga berilmagan xolda korxona faoliyati va uning moliyaviy hisobotiga nisbatan mustakil fikr bildira olish kobiliyatidir. Tekshiruv jarayonida auditorning to‘g‘rilik, xolislik va demakki mustakillik darajasiga tasir utkazishga xarakat qilish xolatlari yuz berishi mumkin. Bu sharoitda auditor uzini uchinchi shaxslar va davlat oldida xam manaviy, xam moddiy javobgar ekanligini yoddan chikarmasligi va tekshiruvning oxirigacha mustakil, to‘g‘ri va xolis bulishga xarakat kilmogi zarur. Agar buning iloji bulmasa tekshiruvni davom ettirishdan voz kechishi va uz xarakatini yozma ravishda izoxlab berishi kerak buladi. 3.Xamkasblarga nisbatan majburiyatlar. Auditor uz xamkasblari bilan dustona alokalarni urnatishga xarakat qilishi lozim. Auditorlar doimo uz amaliy tajribalarini oshirishga xarakatkiladilar, lekin mijoz uchun rakobat ko‘rashi xamkasblarining insoniylik kadri va kasb obrusini tushirmaydigan yo‘llar bilan olib borilishi kerak. Auditor ustoz sifatida bilimi, tajribasi pastrok xamkasblariga yordam berishi,katta xajmdagi buyurtmalarni bajarishda yordamga chakirishi,yoki buyurtmani sifatli bajarishga kuzi yetmasa uni boshka tajribalirok auditorga topshirishi lozim. Agar auditor korxonaga yangi tayinlangan bulsa, u mavjud xolat to‘g‘risida malumot olish uchun mijozining avvalgi auditoriga murojaat qilishi mumkin.Avvalgi auditor shu xolatda uz xamkasbiga firmadagi xolatni obyektiv yoritib berishi, lozim topsa rahbariyat bilan ishlash buyicha maslahatlar bilan yerdam bersa maksadga muvofik buladi. Auditor noo‘rin xarakat yoki xato kilgan xamkasbiga nisbatan tankidiy fikr aytishdan avval mana shu xolat yuz bergan barcha sharoitlarni yaxshilab urganib chiqishi lozim. Shundan keyin xam agar tankidni aytish zaruriyati tugilsa, uni xamkasbining nafsoniyatiga tegmaydigan shaklda va uzgalarning ishtirokisiz aytishi lozim. Agar tankid jiddiy bulib auditorning firma rahbariyatiga yozma ravishda berilishini kuzda tutadigan bulsa,uni topshirishdan avval auditor xamkasbini xatning mazmuni bilan tanishtirishi maksadga muvofik buladi. 5. Boshka majburiyatlar va koidalar. Auditor uzining maxorati, sidkidil mexnati, yangilikka intilishi, uz bilimini doimo oshirib borishi va ibratli shaxsiy xayoti bilan uz kasbining obrusini oshirishga xarakat kilmogi lozim. Auditorlar uzlarining irki, dini va jinsidan katiy nazar barcha uchun bir xilda imkoniyatlar yaratilishi va ijtimoiy himoya koidalari kullanishiga erishmoglari lozim. Auditor uz kasbiga mos kelmaydigan,uning obrusini tushirishga olib keluvchi faoliyat bilan shugullanmasligi lozim. Ammo u auditorlik faoliyatining xarakatdagi andozalariga ko‘ra uzining bilimi, tajribasi doirasida buxgalteriya hisobi, soliklar, boshkaruvni tashkil qilish va shunga yakin soxalarda maslahat berish bilan shugullanishi va ukuv yurtlarida buxgalteriya hisobi va u bilan bog‘liq ,boshka fanlardan dars berishi mumkin. Audit andozalarining tavsifi to‘g‘risidagi 502 koidaga ko‘ra "ijtimoiy amaliyot bilan shugullanayotgan diplomli jamoatchi buxgalter kishilarni fikrini chalgituvchi reklama yoki xizmatning boshka turlari vositasida mijozlarni jalb kilmasligi kerak. Bundan tashkari majburlash, firibgarlik yo‘li bilan xizmatlarni tikishtirish yoki uz xizmatini uta tirishkoklik bilan taklif qilish xam man kilinadi" (22.77-78betlar). Auditorlik firmasining uz faoliyati va xizmat turlari to‘g‘risidagi reklamasi axborot tarzida bulishi va obyektiv xolatni aks ettirishi lozim. Audit azolarining tavsifi to‘g‘risidagi 503 koidaga ko‘ra auditorni biror bir kimsaga mijoz topib bergani uchun xak tulashi xam man kilinadi(22.78bet).Chunki mijoz uchun ko‘rashish auditorning mustakilligiga va obyektivligiga salbiy tasir ko‘rsatishi mumkin. Xarakatdagi koidalarga ko‘ra auditor tekshiruv utkazayotgan firmani aksiyalari va obligatsiyalariga ega bulmasligi yoki uning egalaridan biri bulmasligi kerak. Auditorning mexnat xaki uning bilimi, tajribasi, ishning masuliyati va xajmidan kelib chikib belgilanadi. Lekin auditor uzining ish xakki xajmini oshkora kilmasligi lozim. Bundan tashkari u agar auditorlik firmasi nomidan faoliyat ko‘rsatayotgan bulsa mijoz bilan mexnatga xak tulash shartlarini muxokama qilishi yoki u bilan pulli hisob-kitob ishlarini amalga oshirishi mumkin emas.Chunki professor Y.V.Sokolovning yozishicha mijoz bilan hisob -kitob ishlarini fakatgina firma mamuriyati amalga oshiradi va mijozdan kancha pul olayotganini fakat mamuriyat va mijoz bilishi kerak xolos va bu to‘g‘rida auditorlarga axborot berilmasligi xam mumkin. Auditorlar firmani kancha pul topayotgani va shundan kanchasi ularga berilayotganligini hisoblab utirmasliklari va muxokama kilmasliklari lozim. Faoliyat davomida auditor uz xizmat burchini bildirish bilan bog‘liq bulmagan sovgalar kabul kilmasligi kerak.Mabodo auditorga mijoz xurmat ramzi sifatida sovga topshirsa, auditor uni kabul qilishi, takdim kiluvchiga minnatdorchiligini bildirib, sovgani auditorlik firmasining mamuriyatiga topshirishi lozim. Bulardan tashkari professor Y.V.Sokolovning fikricha auditor faoliyat davomida yana kuyidagi xolatlarga xam etibor berishi lozim: 1) tekshiruv tugamasdan turib uzi ishlayotgan firma bilan mexnat shartnomasini buzmasligi; 2) auditorlik firmasi talabiga ko‘ra utkazilayotgan ukishdan bosh tortmasligi; 3) mijozlarga kasb doirasidan chikuvchi xizmatlar ko‘rsatmasligi; 4) mijozning noqonuniy xarakatlarini kuvvatlamasligi lozim. Professor S.A.Stukovning yozishicha amerikaning elektr vagaz sanoati kompaniyalarida yukorida keltirilgan umumiy koidalardan tashkari bu tarmoklar uchun xususiyatli bo‘lgan koidalar korxona ishchi xizmatchilari kabi auditorlarga xam tegishlidir. Jumladan, ushbu tarmok korxonalarida tekshiruv olib borayotgan auditorlar uz ish joylarida ut ochar kurollar, portlovchi va zaxarli moddalarni saklamasliklari va axlokiy buzuklik kilmasliklari lozim ( 19. 42bet) Bozor munosabatlarini Rossiya va sobik ittifok tarkalgandan keyin yuzaga kelgan boshka davlatlarga chukurrok kirib borishi bu mamlakatlarda xam auditorlar faoliyatini tartibga soluvchi koidalar ishlab chiqish zaruriyatini tugdirdi. Buxgalteriya hisobi, moliyaviy nazorat va xujalik faoliyati taxlili bilan shugullanuvchi olimlar bu boradagi uz fikrlarini matbuotda elon kilinayotgan makolalar, risolalar, ukuv kullanmalari va ilmiy nashrlarda bayon kilib turibdilar. Rossiya Moliya Vazirligi xuzuridagi nazorat taftish boshkarmasining boshligi professor Y.A.Danilevskiyning fikricha jaxonaudit andozalaridan kelib chikkan xolda Rossiya Federativ Res-publikasida kuyidagi etik normalardan foydalanish mumkin: 1) auditorlar "Auditorlar faoliyati to‘g‘risidagi Qonun" talablariga katiy rioya qilishlari kerak. Ular erkin kasblar uchun xususiyatli bo‘lgan mustakillik tamoyiliga to‘g‘ri kelmaydigan xar kanday xarakatlardan uzlarini saqlashlari lozim; 2) auditorlar ishni uz nomidan bajaradilar; agar uz faoliyatlarini bir necha kishi birgalikda olib borgudek bulsa, ularning birlashmasi auditorlik firmasi deb atalishi lozim. Xar kanday turdagi reklama man kilinadi. Uz vazifasini bajarish chogida, auditorlar reklama deb kurilishi mumkin bo‘lgan boshka bilimlardan foydalanmasliklari yoki boshka kasblar buyicha ilmi borligi, va boshka mutaxassislikka ishora kilmasliklari lozim. 3) auditorlar kompaniyani bevosita yeki bilvosita boshkarishda katnashishdan bosh tortishlari lozim, bu xatto oilaviy kompaniya bulsa xam; u savdo-sotik faoliyati bilan bevosita yoki vositachi orkali shugullanmasligi yoki auditorlik faoliyati soxasiga kirmaydigan boshka ishlarni bajarmasligi lozim. 4) auditorlar uz faoliyatlari bilan to‘g‘ri yoki bilvosita bog‘liq bulmagan vositachilik yoki dallollik xizmatlari uchun belgilangan takdirlovni olishga va boshka kimsaga utkazib berishga xakki yuk. 5) auditorlarni kasb faoliyatidan olayotgan daromadlari oz sondagi mijozlardan tushayotgan yoki ular bajarayotgan vazifa yoki topshiriklar bitta gurux yoki bitta bulimdan chikayotgan bulmasligi lozim; auditor uz zimmasiga faoliyatini sofdillik bilan bajarishga tuskinlik kiluvchi majburiyatlar olmasligi kerak; 6) auditor uzi yoki uning biror bir xamkori, malakali xizmatchisi yoki ish urganuvchisi,yoki bulmasa firmasining biror bir xodimi tomonidan tekshirilib chikmagan hisobotlarning to‘g‘riligi to‘g‘risidagi xulosaga imzo chekmasligi kerak ( 9.94-95b). Y.A. Danilevskiyning tajribali amaliyotchi va olim sifatida Rossiya auditorlari uchun taklif kilinayotgan xarakat koidalari auditorlik amaliyotining katta kismini kamrab olgan va Rossiya auditorlari uchun kasb etikasi meyorlarini tayyorlashda katta axamiyatga ega. Ammo bizning fikrimizcha u ayrim kamchiliklardan xam xoli emas.Y.A. Danilevskiy auditorlar uchun xar kanday reklamani man kilmokda. Bizningcha bu to‘g‘ri emas. Albatta reklama jaxon audit andozalarida takidlanganidek mijozning fikrini chalgitish, uni aldov yo‘li bilan jalb qilishga xizmat kilmasligi kerak. Lekin firma to‘g‘risidagi axborot, tanishtiruv, xizmatni xolisona taklif qilish mazmuniga ega bo‘lgan reklama xar kanday kasb kabi auditorlar uchun xam juda zarurdir. Bundan tashkari bu koidalarda auditorni mijoz, uchinchi shaxslar va davlat oldidagi masuliyati, uning uz xamkasblariga munosabati, korxona sirini saqlash masalalari, auditorlik kasbining obrusini oshirish borasidagi auditorning xarakatlari aks etmagan. Professor V.P.Suyts auditor etikasi masalasiga uz munosabatini bildirib, ular uchun muxim bo‘lgan 4 ta koidani ajratib ko‘rsatadi. Bular: 1. yaxlitlik, masuliyat, mustakillik; 2. sir saqlash; 3. maxorat va chukur bilimga ega bulish; 4. mustakillik ( 21. 26b) Bizning fikrimizcha professor V.P.Suytsning taklifida xam kamchilik mavjud. Birinchidan, u audit amaliyotiniing xamma tomonini kamrab olmagan.Ikkinchidan, ajratib ko‘rsatilgan koidalarga tulik va anik tarif berilmagan va uchinchidan, unda kaytarish mavjud. YAni birinchi va turtinchi koidada mustakillik tamoyili ajratib ko‘rsatilgan. Birinchi xolatda u audit natijalariga fikr bildirishda mustakillikni kuzda tutadi, ikkinchi xolatda esa uz faoliyatini yuritishda mustakil bulishni takozo kiladi. Lekin bizningcha bu xolatlarni ajratib ko‘rsatish shart emas, ularni bitta "mustakillik" deb atalgan koidaga birlashtirish kifoya kiladi. Bizning fikrimizcha, auditorlar uchun xarakat koidalari ishlab chiqish jarayonida, xar bir xarakatga tulik malumot berish, ni buzilishiga olib keluvchi sabablarni ko‘rsatish va bu xolatda auditorning xarakatini anik ko‘rsatib berish zarur. Auditor, ayniksa faoliyatini yangi boshlayotgan shaxs unga nima mumkinu, nimamani kilinganligini, malum xujalik xolatlariga tushganda kanday xarakat kilsa maksadga muvofik bulishini oldindan yaxshi bilishi lozim. Chunki auditorlik faoliyati uta masuliyatli, katta tavakkalchilikka asoslangan va malum darajada xavfli biznes turidir. Bu borada professor S.A.Stukovning fikrlari anchagina tulik deb hisoblaymiz. U uzining "Auditga kirish" nomli kitobidaauditorlik faoliyatining asosiy tamoyillari sifatida kuyidagi koidalarni ajratib ko‘rsatadi: buxgalter-auditorlarni fikrlash va xulosa berish jarayonidagi mustakilligi; chukur bilim va yuksak maxorat; mijozga nisbatan yaxshi munosabatda va betaraf bulish; xulosalarning obyektivligi va to‘g‘riligi; mijoz bilan munosabatlar va uning moliyaviy xolatiga tegishli tijorat sirini saqlash; auditorlik tekshiruvi natijalari asosida berilgan ko‘rsatmalar va xulosalar uchun buxgalter-auditorning masuliyati; auditorlik kasbining obrusini oshirishga xar taraflama xarakat qilish ( 18. 34-35b) Umuman olganda hisob xodimlarining etikasi masalasi rus olimlari orasida ancha uzok vaqtdan buyon muxokama kilib kelinadi. 1836-1916 yillarda yashab utgan buyuk rus olimi F.V.Yezerskiy birinchilar katorida ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan shaxs obyektiv va mustakil bulishi lozim deb yozib ketgan edi. Rus olimlarining keyingi yillardagi muxokamalari asosida 1996 yilning 4 dekabri kuni Rossiya Auditorlar Palatasi tamonidan "Auditorlarning kasb etikasi Kodeksi" kabul kilindi. Kodeks auditorlardan kuyidagi koidalarga rioya qilishni talab kiladi: 1.Auditorlar uz xarakatlari va karorlarida umuminsoniy axlok va odob koidalariga rioya qilishi,vijdonan yashashi va ishlashi lozim. 2.Tashki auditor nafakat uz mijozi,balki buxgalteriya hisoboti malumotlarining barcha foydalanuvchilari manfaatlarini himoya qilish doirasida xarakat qilishi lozim. 3.Auditor uz ishida obyektiv va etiborli bulishi lozim. 4.Auditor mustakil bulishi lozim. 5.Auditor yukori malakali mutaxassis bulishi lozim. 6.Auditor mijozining malumotlarini sir saklanishi taminlashi lozim. 7.Auditorlar solik qonunchiligiga katiy rioya qilishlari va uz daromadlarini solikdan yashirmasliklari lozim. 8.Solik qonunchiligining buzilishi aniklangan xollarda tekshiruv utkazilayetgan korxona rahbariyatiga bu xakda va uning okibatlari to‘g‘risida yezma axborot berishi lozim. 9.Auditorning xizmat xaki ish xajmi va ko‘rsatilayetgan xiz- matning sifati bilan belgilanishi lozim. 10.Auditor uz xamkasblariga dustona munosbatda bulishi va ularning faoliyatini asoslanmagan tarzda tankid qilishdan uzini tiyishi lozim. 11.Xodimlar va auditorlik firmasi rahbariyati urtasida munosabatlar kasb majburiyatlarini bajarishdagi uzaro masuliyat, sodiklik, katiylik, auditorlik xizmatlari ko‘rsatishni doimo takomillashtirib borish, uning mazmunini boyitish borasida kaygurish tarzida tashkil kilinishi lozim. 12.Auditorlik xizmatlari reklamasi axborot tarzida tashkil kilinishi, to‘g‘ri va xakkoniy bulishi, yaxshi tab bilan tuzilgan bu-lishi, xamda unda potensial mijozlarning aldanib yoki ikkilanib kolishi va boshka auditorlarga nisbatan ishonchsizlik tugilishiga sabab buluvchi malumotlar bulmasligi lozim. 13.Auditor uzining obyektivligi va mustakilligiga salbiy tasir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari bilan shugullanmasligi lozim. 14.Auditorlar natijalari keyinchalik kupchilikka elon kilinishi kuzda tutilayogan kiyesiy tadkikod va reytinglar utkazishdan va uzlari tiyishlari lozim va boshkalar. Rossiya auditorlarining kasb etikasi Kodeksini yaratishda faol katnashgan "Soyuzaudit" xissadorlik jamiyatining prezidenti, professor V.F.Paliyning fikricha, ushbu meyoriy xujjatda katta axamiyat berilgan auditorning mustakilligi tamoyili, a) agar u mijozining topshirigi asosida maslahat berish, hisobotlarni tuzish va buxgalteriya hisobini yuritish buyicha xizmatlar ko‘rsatayotgan bulsa; b) agar u ishlayetgan auditorlik firmasi sobik vazirlik, kumita, boshkarma koshida tashkil kilingan va u avvallari ushbu vazirlik, kumita va boshkarmaga buysungan tashkilotlarga xizmat ko‘rsatayotgan bulsa xam buzilgan hisoblanadi. Uning fikricha,agar auditor tekshiruvni 3-5 kun ichida utkazib, yani mijozining faoliyati to‘g‘risida yetarli mikdorda malumot yigmay turib xulosa bergan takdirda xam kasb etikasi koidalari buzilgan hisoblanadi. Bu koidalarning kupchiligini audit amaliyotining jaxon andozalarini hisobga olgan xolda Uzbekiston Respublikasi auditorlari uchun xam xarakat koidalari sifatida kabul qilish mumkin. Bizning fikrimizcha, Uzbekistonda auditorning xarakat koidalari va andozalari ko‘rsatilgan maxsus auditorlik kodeksi ishlab chiqish jarayonini tezlatish zarur. Uzbekiston auditorlarining kasb etikasi koidalari bizningcha ikki kismdan iborat bulishi lozim. Birinchi kismda auditorning xarakat koidalari umumiy xolda berilib uning mazmuni tushuntirilsa, ikkinchi kismda esa xar bir koidani tarmok xususiyatlaridan kelib chikadigan xarakat doirasi va bu koidani amalga oshirishda tayanish lozim bo‘lgan qonun va qonuniy xujjatlar, ularga rioya qilishda duch kelishi mumkin bo‘lgan tusiklar va bu xolatlarda auditorning xarakatlari uchun tavsiyalar keltirilsa maksadga muvofik buladi deb hisoblaymiz. Uzbekiston respublikasi auditorlarining kasb etikasi koidalari buyicha muloxazalarimiz kullanmaning 5.4 bobida kengrok tarzda yoritiladi. Audit amaliyotidagi muxim xolatlardan biri auditorlik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishdir. Xar kanday biznesda bo‘lgani kabi auditorlik faoliyatida xam obyektiv va subyektiv omillar tasiri ostida qonunbuzarliklar, nomakbul xarakatlar, xatoliklar, firibgarlik va tashkiliy jinoyatchilikda katnashish va shu kabi yana bir kator noqonuniy xarakatlar yuz berishi mumkin. Mana shu xatolarning oldini olish, kamaytirish va xujalik yurituvchi subyektlarga ularning tasirini susaytirish maksadida auditorlik faoliyati ustidan davlat nazorati olib boriladi. Misol uchun AKShda auditorlarni kasb koidalariga rioya qilishini Amerika diplomli jamoatchi buxgalterlar instituti, Amerika Kushma Shtatlari bosh budjet nazorat boshkarmasi va kompyuter auditi buyicha mutaxassis-auditorlarning assotsiatsiyasi nazorat kilib boradi. Shvetsiyada bu vazifa mustakil auditorlar assotsiatsiyasi kengashiga yuklatilgan. Angliyada auditorlar xarakati koidalarini ishlab chiqish va ularning bajarilishi ustidan nazorat qilishni Angliya va Uels oliy martabali buxgalterlar instituti uz zimmasiga olgan. Fransiyada nomakbul xarakatlar kilgan auditorlar bilan 1969 yili tashkil topgan Milliy intizom palatasi yoki shu palataning joylardagi idoralari shugullanadi. Ular auditor tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy xarakatning mazmuni va yetkazishi mumkin bo‘lgan salbiy tasiridan kelib chikkan xolda uni oddiy xayfsan, shaxsiy varakasiga yozish sharti bilan xayfsan, vaqtinchalik kasb bilan shugullanishdan chetlatish va nixoyat auditorlar ruyxatidan chikarish to‘g‘risida karor bilan jazolashi mumkin. Auditorning xarakatlari intizom doirasidan chikib jinoiy javobgarlik tasiriga utgan bulsa, bu xolat Fransiya qonunlariga ko‘ra baxolanadi . Auditorlik kasbi etikasi koidalarini buzish Germaniyada auditorlar palatasi tamonidan kurib chikiladi. Palata auditorning noto‘g‘ri xarakatlarini tasdiklovchi barcha xujjatlarni dikkat bilan urganib chikkach, agar u jinoiy javobgarlik doirasiga kirmaydigan bulsa, auditorga kuyidagi uch jazoning birini kullaydi: ogoxlantirish; 20000 marka mikdorida jarima va nixoyat auditorlar safidan chikarish. Rossiya, Estoniya, Belorussiya respublikalarida xozirda xarakat kilayotgan qonun va qonun kuchidagi boshka xujjatlarga ko‘ra auditorning nomakbul ishlari yetkazgan zararni undirish va uni litsenziyadan maxrum qilish bilan jazolanadi. Rossiyada bu xolatni Rossiya auditorlar palatasi, Moskva shaxri auditorlar palatasi va ulka,viloyat auditorlar palatlari nazorat kilib boradi. Estoniyada kasb etikasi koidalariga rioya qilishni nazorat qilish ishi Respublika Moliya vazirligi xuzurida faoliyat ko‘rsatayotgan "Auditorlik faoliyati buyicha kengash" tamonidan amalga oshiriladi. Belorussiya va Uzbekistonda bu vazifani amalga oshirish respublika Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Auditorlar palatasiga yuklatilgan. 4 .Auditorlik kasbiga kuyiladigan talablar. Xozirgi paytda auditorlik kasbi, dunyoda eng obruli va eng daromadli kasblardan biriga aylandi. Shuning uchun hisob-kitob soxasida ma’lum bilim va tajribaga ega bo‘lgan va xatto ega bulmagan mutaxassislar xam shu faoliyat yunalishida uz kuchlarini sinab kurishga xarakat kilmokdalar. Lekin shu bilan birgalikda bu faoliyat yunalishi uta nozik va tavakkalchilik darajasi yukori bo‘lgan ishlardan biri hisoblanadi. Chunki sifatsiz tarzda ko‘rsatilgan auditorlik xizmati shu ishni amalga oshirgan kimsaga juda sezilarli ma’naviy va moddiy zarar yetkazishi va xatto ozodlikdan maxrum qilish jazosigacha olib borishi mumkin. Shuning uchun azaldan bu kasb xodimlariga juda katta talablar kuyib kelingan.Buning axamiyati Amerika diplomli jamoatchi buxgalterlar (American Institute of Certified Public Accountants - ALCPA ) instituti tomonidan 1939 yilda birinchi bor ishlab chikilgan 10 ta audit andozalaridan dastlabki ikkitasi auditorga kuyiladigan kasb talablariga bagishlanganligida xam ko‘rinadi. Bulardan birinchisi - yukori malakali kasb egasi bulish. YA’ni auditorlik faoliyati bilan shugullanmokchi bo‘lgan mutaxassis iktisodiy xayotning turli yunalishlari: davlat siyosati, mutaxassislik fanlari, xujalik va solik qonunchiligi, ruxshunoslik, kompyuter texnikasi buyicha mukammal bilim soxibi va uz zimmasiga olgan vazifani bajara olish kobiliyatiga ega bulishi kerak. Akl bilan ish tutish xam auditorning kasb xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Audit soxasidagi axamiyatga sazavor asarlardan biri hisoblangan "Audit falsafasi" nomli kitobning mualliflari R.K.Mautz va H.A.Sharaf auditorlik kasbini kuyidagicha ta’riflaydilar: auditor audit nazariyasi va amaliyotini bilishi, ma’lum darajada tayyorgarlik, tajriba va malakaga ega bulishi, belgilangan meyorlardan chetga chiqish xolatlarini aniklay olishi va shunday xatoliklarni aniklash borasidagi oxirgi tadkikotlardan boxabar bulishi lozim. Yukori malakali kasb egasi bo‘lgan auditordan tekshirilayotgan kompaniyada kullanilayotgan ichki nazorat usullarini urganib olish, kompaniyaning buxgalteriya va moliya soxasidagi muammolari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni yigish, kutilmagan xolatlarga tez moslashish va tanish bulmagan sharoitlarni tez urganib olish,tadkikodni tekshirilayotgan korxonada sezilarli kamchiliklar borligi (yoki yukligi) to‘g‘risida shubhalar tulik yo‘qolguncha davom ettirish,uz yordamchilariga e’tibor bilan maslahat berish va ularning ishini tekshirishni amalga oshirish talab kilinadi. Kasb talablari to‘g‘risidagi ikkinchi auditorlik andozasi "Mustakillik" deb ataladi. Audit nazariyasi va amaliyotida mustakillik - bu eng avvalo fikr yuritishda obyektivlik va sof- lillikdir. YA’ni auditor kasb etikasiga rioya kilgan xolda mijoz korxona ma’lumotlarini obyektiv tarzda urganib chiqishi va uning to‘g‘risida xalisona fikr bildirish imkoniyatiga ega bulishi kerak. Obyektiv fikr yuritish, xulosa qilishda mustakil bulishga xalakit beradigan xarakatlar mavjud bulsa (auditor tekshirilayotgan korxonaning katta xajmdagi aksiyasiga ega bulsa, yoki uning rahbariyati bilan karindoshchilik munosabatida bulsa,yoki avval usha korxonada ishlagan bulsa vxk) auditor tekshuruv utkazishdan bosh tortishi kerak.Auditorlik kasbidagi mustakillik tamoyilini kullanmaning."Auditorning kasb etikasi" bandida yanada kengrok kurib chikamiz. Bozor iktisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda auditorlarga yukorida kupchilik davlatlar tomonidan tan olingan shartlardan tashkari yana bir kator talablar kuyiladi. Misol uchun, aksariyat davlatlarda auditorlik faoliyati bilan shugullanmokchi bo‘lgan mutaxassis shu mamlakatning fukorosi bulishi shart.Fukorolik huquqidan vaqtincha bulsa xam maxrum kilingan, sudlangan yoki surishturuv-tergov ishlariga jalb kilingan, ruxiy kasalligi buyicha davolanib chikkan kimsalar kupchilik davlatlarning qonunlariga ko‘ra auditorlik faoliyati bilan shugullana olmaydilar. Auditordan grajdanlik huquqini talab qilish shartiga Rossiya federatsiyasida ancha erkin munosabat bildirilgan.YA’ni Rossiya federatsiyasining "Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun loyixasiga" ko‘ra auditorlik faoliyati bilan ruxsat berish huquqiga ega bo‘lgan idoralardan shu faoliyat turi bilan shugullanishi uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan fukorolar, auditorlik firmalari va shu jumladan xorijiy va xorijiy huquqiy yoki jismoniy shaxs ishtirokida tuzilgan auditorlik firmalari shugullanishi mumkin. Bizning fikrimizcha Uzbekiston respublikasida bu masalaga anchagina extiyotkorlik bilan yondashish lozim.Respublikada mulkni davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish ketayotgan va bunga mamlakatning kelajagi bog‘liq bulib turgan bir davrda xalkaro mikyosida obruga ega bo‘lgan bulsa xam uzbek xalkining turmush tarzini, an’analari,urf-odati, kadriyatlarini yaxshi bilmaydigan va uning kelajagi uchun befark bo‘lgan xorijiy auditorlik firmalarining xizmatidan foydalanishga uta berilib ketmaslik lozim. Xozirda kuchmas mulk auksionlarini utkazishda respublikada "Prays Uoterxauz" firmasi xizmatidan keng foydalanilmokda.Shuni hisobga olish kerakki audit tajribasida shu faoliyat bilan shugullanuvchi firmalar tomonidan foydali va doimiy buyurtmalar olish uchun davlatning rasmiy shaxslari, siyosiy arboblar va yukori mansabdagi boshka shaxslarini sotib olish xollari, joy yoki millat xususiyatlarini hisobga olmay sifatsiz auditor- lik tekshiruvlari utkazish xollari tez-tez uchrab turadi.Bu firmani Buyuk Britaniya va AKSH kompaniyalari tuzganligini eslasak masalaning siyosiy tomoni xam kelib chikadi. Shuni unutmaslik kerakki obruli auditorlik firmalari xam obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida uchinchi bir tomonning manfaatini kuzlab ish qilishi xam mumkin.Fikrimizning dalili sifatida bir kator ma’lumotlarni keltiramiz. AKShlarida chikadigan "Iktisodchi" (Economist ) jurnalining baxolariga ko‘ra AKSH ning uzida keyingi 10 yil ichida auditorlik firmalariga nisbatan umumiy summasi 30 mlrd dollar bo‘lgan 4000dan ortik ish kuzgatilgan. Bularning ichida dongi ketgan xalkaro auditorlik firmasi bulmish " Ernest end Yang " firmasi xam bor. Bu firma Amerika Kushma Shtatlari xukumatiga "Linkoln Seyvinz end Loan" kompaniyasining tekshiruvi bilan bog‘liq kuzgatilgan ish buyicha 400 mln dollar jarima tuladi. Buyuk Britaniyada esa " kuchli oltilikka " kiruvchi auditorlik kompaniyalaridan biri bo‘lgan "Klinseld,Pit,Mervik va Gerdler (KPMG) firmasi "Ferranti" kompaniyasi tomonidan unga nisbatan kuzgatilgan da’vo buyicha 71 mln Amerika dollari hisobida jarima tulashga majbur buldi. Demak auditorlik faoliyati bilan shugullanuvchi shaxslar doirasini belgilash davlat axamiyatidagi masalaga aylandi. Chunki u davlatimiz va xalkimiz manfaatlari bilan chambarchas bog‘liq.Shuning uchun miliiy auditorlar qatlamini tayyerlash,ularni vaqti-vaqti bilan mamlakatimiz ichida va chet davlatlarda malakasini oshirish masalasiga davlat axamiyatidagi muammo deb qarash lozim deb hisoblaymiz. Auditorga kuyiladigan muxim talablardan biri amaliy tajribaga ega bulishdir. Bu soxada xam turli mamlakatlarda turlicha mezonlar mavjud. Jumladan, AKSH va Fransiyada fukoro auditorlik faoliyati bilan shugullanish huquqini olish uchun oliy iktisodiy ma’lumotga ega bulishi va uz mutaxassisligi buyicha amaliyotda eng kamida uch yil ishlagan bulishi kerak.Germaniyada esa amaliyot bilan shugullanish davri auditor uchun 4 yildan,Chexiyada esa 10 yildan kam bulmasligi kerak. Auditor uchun eng zaruriy xolat uning tajribasi bo‘lganligi uchun bu mamlakatlarda oliy ma’lumotga ega bulmagan mutaxassislar xam shu faoliyat yunalishi bilan shugullanish huquqini kulga kiritishlari mumkin.Buning uchun ular avvalom bor auditorlik firmasida xodim,buxgalter,solik maslahatchisi bulib ishlagan bulishlari va uning bu soxadagi ish tajribasi AKShda kolledjni buxgalteriya hisobi mutaxassisligi buyicha tugatgandan keyin 3 yildan, Fransiya va Germaniyada esa 15 yildan kam bulmasligi kerak. Professorlar S.A.Stukov (18.25-34b) ning fikricha Rossiya federatsiyasida auditorlik faoliyati bilan shugullanishga oliy iktisodiy ma’lumot bo‘lgan kimsalar uchun kamida 3 yil, urta iktisodiy ma’lumotga ega bo‘lganlar uchun esa kamida 5 yil amaliy tajribasi bo‘lgandagina ruxsat berish lozim. Auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meyoriy xujjatlarga ko‘ra Uzbekiston respublikasida auditorlik faoliyati bilan oliy iktiso-diy malumotli mutaxasssilar 3 yillik amaliy ish tajribasiga,oliy noiktisodiy va urta iktisodiy malumotli mutaxassislar esa kamida 3 yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar shugullanishi mumkin. Auditorga kuyiladigan keyingi talablardan biri uni dog tushmagan obru va mavkega ega bulishidir. Bu shartning axamiyati juda katta. Chunki bu talabga auditor faoliyat bilan shugullanish davrida doimo rioya qilishi lozim. Kasbga xos bulmagan yoki uning obrusini tushirishga sabab buluvchi xarakatlar kilgan auditor auditorlar palatasining "Auditor etikasi komiteti" tomonidan litsenziyadan maxrum kilinishi mumkin.Amerika diplomli jamoatchi buxgalterlar instituti tomonidan ishlab chikilgan 501 koidaga binoan auditorlik kasbining obrusini tushirishga sabab buluvchi xolatlarga kuyidagilar kirishi mumkin : a) mijozni talab qilishiga karamay unga tekshiruv paytida ishlatilgan kitoblar va yozuvlarni kaytarishdan bosh tortish (mijoz xiz-mat xakini tulamagan bulsa xam); b) kelib chiqishi ,badanining rangi, dini jinsi yoki millati kabi belgilar buyicha uzgalarni kamsitish orkali kasbning obrusini tukish ; v) davlat tomonidan belgilangan auditorlik tekshiruvini utkazganda, mijoz anik topshirik berishiga karamay davlat auditorlik andozalari va meyorlariga rioya kilmaslik; g) buxgalteriya hisobvaroklari va moliyaviy hisobotlarga soxtalashtirilgan va noanik yozuvlarni qilish yoki shunga ruxsat berish va boshkalar (22.77bet). Ayrim mamlakatlarda auditorlik faoliyati bilan shugullanish istagini bildirgan shaxslarga yosh nuktai nazariyadan xam talablar kuyiladi. Misol uchun AKShda oliy yoki urta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis auditorlik faoliyati bilan shugullanishi uchun uning yoshi 21 yoshdan, Fransiyada 25 dan,Chexiyada esa oliy ma’lu motlilar uchun 35,oliy ma’lumoti bulmaganlar uchun esa 40 dan kam bulmasligi kerak.Germaniya, Rossiya, Uzbekistonda esa mavjud qonuniy xujjatlarga ko‘ra auditorlarga yosh nuktai nazaridan chegara kuyilmagan.Uzbekiston respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solish bilan shugullanuvchi tashkilotlar ushbu masala buyicha xam uz munosabatini bildirishlari lozim deb hisoblaymiz. Bizning fikrimizcha oliy ukuv yurtlaridagi xozirgi ukitish darajasi, buxgalteriya hisobi, hisobot va auditni jaxon andoza- lari buyicha uzbek tilidagi adabiyotlarning kamligi, ayniksa viloyatlarga bu yunalishdagi yangiliklarning yetib borishining kiyinligi ,ushbu soxada xali yetarli tajribanin yukligi va shunga ko‘ra kasb obrusini saqlashni hisobga olib Uzbekiston respublikasida auditorlik bilan shugullanuvchi shaxslar yoshini pastki chegarasini belgilab kuyish maksadga muvofik deb hisoblaymiz.Bizning fikrimizcha bu yosh 26 dan kam bulmasligi kerak va bunda davogarning amaliy ish tajribasi mutaxassislik buyicha kamida 5 yilni tashkil qilishi lozim. Fikrimizni kanday asoslaymiz? Aksariyat ukuvchilar urta maktabni 17 yoshda tamomlaydilar.Agar ular usha yili oliy ukuv yurtiga kirishga muvoffak bulsalar 4 yildan keyin diplomli mutaxassis bulib yetishadilar.Lekin nazariy bilimning uzi sifatli auditorlik tekshiruv utkazish uchun kifoya emas. Demak u biror bir korxonada hisob-kitob yoki solik ishlarida tajriba orttirishi kerak. Iktidorli mutaxassis bizning fikrimizcha 5 yilda uz ishining anchagina ikir-chikirlarini bilib olishi mumkin. Faoliyat boshlash uchun auditorga kuyiladigan talablardan yana biri uni auditorlar palatasi yoki boshka obruli tashkilotlar tomonidan belgilangan dastur asosida malaka imtixonlarini topshirgan, bu to‘g‘risida shaxodatnoma olgan va maxsus ruxsatnoma (litsenziyaga) ega bo‘lgan bulishligidir. AKShda bulajak auditorlar : buxgalteriya hisobi nazariyasi; boshkaruv va moliyaviy hisob; audit nazariyasi va amaliyoti; korxonalar iktisodi va moliya kabi fanlardan malaka imtixonlari topshiradilar. Yevropa xamkorligi kengashi uzining 1984 yil 10 aprelda bulib utgan yigilishining 8-ko‘rsatmasida umumiy bozor davlatlari doirasiga kirgan mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega bulish uchun auditorlar: auditorlik ishi ; yillik hisobot taxlili; birlashtirilgan (konsolidirovanno‘y) hisobot ; boshkaruv hisobi va ichki nazorat tizimi ko‘rsatmalar va andozalar; rakobat; solik, grajdanlik,tijorat, mexnat va sugurta huquqi ; axborot tizimlari; korxonalar,tarmoklar iktisodi; moliya ; matematika va statistikadan mukammal bilimga ega bulishlari va shu fanlardan imtixon topshirgan bulishlari kerak, degan talabni kuydi va uz xamkorlariga shu ruyxat asosida malaka imtixonlarini tashkil qilishni taklif kildi. Germaniyada mutaxassislik imtixonlari tegishli bloklarga ajratilgan: Bularga kuyidagilar kiradi: 1. Auditorlik ishi ; 2. Korxonalar va tarmoklar iktisodi ; 3. Mikro va makroiktisodiy siyosat asoslari va moliya; 4. Xujalik huquqi ; 5. Solik huquqi Imtixonlar tarkibiga davlatning yukori iktisodiy idoralari ning,sanoatchilar doirasi yoki savdo-sanoat palatasining yeki shunga uxshash tashkilotlarning bittadan vakili va ikkita auditor kirgan kamida 15 yillik amaliy tajriba va buxgalteriya hisobi, auditorlik ishi, qonunchilik, solik soxalari buyicha mukammal bilimga ega bo‘lgan komissiya tomonidan kabul kilinadi. Rossiya xalk xujaligi akademiyasi koshidagi xalkaro oliy biznes maktabining "Ekkaunting va audit markazi" direktori professor N.P.Kondrakovning fikricha oliy iktisodiy institutlar va universitetlarni tamomlagan mutaxassislar, yoki urta maxsus ta’limga ega bulib amaliyotda uzok yillardan biri ishlayotgan amaliyot xodimlari auditorlik diplomiga ega bulishlari uchun maxsus dastur asosida tayyorlangan kursni utishlari lozim. Bu kurs kuyidagi fanlar bloklari buyicha tashkil etiladi : Bozor munosabatlari va xujalik yuritishining yangi shakllari ( 30 soat ); 2. Xujalik huquqi ( 30 soat ); 3. Solik huquqi ( 30 soat ) ; 4. Audit ( 80 soat ) ; 5. Buxgalteriya hisobi va hisobot ( 60 soat ) ; 6. Xujalik faoliyatini taxlili ( 40 soat ); 7. Xalkaro hisob asoslari ( 30 soat ); 8. Korxonalarga bank xizmati ko‘rsatish (20 soat ) ; 9. Buxgalteriya hisobi,xujalik faoliyati taxlili va auditni komp-yuterlashtirish ( 80 coat ) Dastur buyicha umumiy soatlar mikdori 400 soatni tashkil kiladi va buni uzlashtirish 11 xaftaga muljallangan. Shundan bir xaftasi amaliyot bilan tanishish va bir xaftasi imtixonlar topshirishga ajratilgan.Bundan tashkari tinglovchilar kurs oxirida audit, buxgalteriya hisobi va xujalik faoliyati taxlili buyicha bitiruv ishlari yozishlari lozim. Koidaga ko‘ra yukorida tilga olingan davlatlarning barchasida malaka imtixonlarini muvaffakiyatli topshirgan auditorlarga maxsus shaxodatnoma beriladi va ular usha davlatning auditorlar ruyxatiga kiritiladi.Bu xolat auditorlik faoliyati bilan shugullanish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziya ) olish imkonini beradi. Ruxsatnoma (litsenziyani) Rossiya Federatsiyada Moliya vazirligi va uning ruxsati bilan federatsiya tarkibidagi respublika, ulka, viloyat, avtonom viloyat, avtonom okrug,Moskva va Sankt-Peterburg moliya idoralari berish huquqiga egadirlar. Uzbekiston respublikasining "Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunining 4- moddasiga ko‘ra auditorlik faoliyati bilan shugullanish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziya ) Uzbekiston respublikasi auditorlar palatasining roziligi bilan Uzbekiston respublikasi Adliya vazirligidan ruyxatdan utgan auditorlik firmasiga beriladi. Auditorlik faoliyati bilan shugullanish uchun ruxsatnoma (litsenziya) lar berish Uzbekiston respublikasi Prezidenti xuzuridagi Vazirlar maxkamasi tomonidan belgilanadi. Buyuk Britaniyada auditorlik faoliyati bilan shugullanish uchun oliy yoki urta maxsus ma’lumotli bulish,malaka imtixonlarini topshirish yetarli emas. Auditor bulardan tashkari "oliy martabali buxgalter" unvoniga ega bulishi va mustakil kasb egasi yoki auditorlik firmasining xizmatchisi sifatida biror bir kasb tashkilotining a’zosi bulishi lozim. "Oliy martabali buxgalter" yoki "oliy malakali buxgalter"unvonini olishi oson emas. Buning uchun universitet yoki institutni tamomlash yoki katta tajribali amaliyotchi bulish yetarli emas, da’vogar bulardan tashkari kasb sertifikatsiyasidan utishi lozim. Amerikada bu ish kuyidagi uch yunalish buyicha amalga oshiriladi: moliyaviy hisob,boshkaruv hisobi, ichki audit.Sertifikat olish dasturida moliyaviy hisob buyicha: auditorlik ishi, xujalik huquqi, hisobning nazariy muammolari, hisobning amaliyotga tadbik qilish aspektlari; boshkaruv hisobi buyicha: biznes iktisodi va moliyasi,bixiviorizm* nazariyasi, boshkaruvning tashkiliy va psixologik aspektlari; hisobotni tuzish; auditorlik tekshiruvini utkazish, solikka tortish koidalari ichki hisobot va uning taxlili, karor kabul qilish,modellashtirish va axborot tizimlari nazariyasi ; ichki audit buyicha esa: ichki audit nazariyasi va amaliyoti, boshkaruv, mikdoriy usullar va axborot tizimlari, hisob moliya va iktisod savollari kabi yunalishlar buyicha bilim berish kuzda tutilgan. Sertifikatsiyalash kursini muvaffakiyatli tamomlagan tinglovchi moliyaviy hisob (Certified Public Accountant,CPA ); boshkaruv hisobi (Certified Management Accountant, CMA)va ichki audit (Certified Internal Auditor, CIA,) buyicha mutaxacsis sifatida maxsus sertifikat oladi. Bu xolatni Uzbekiston respublikasida auditorlar tayyorlash jarayonida hisobga olish zarur deb uylaymiz.Masalaning moxiyati shundaki, xozirgi kunda respublikada kupchilik iktisodiy institutlar va iktisodiyet Universiteti "Audit" mutaxassisligi buyicha mutaxassis tayyorlamokdalar.Bu yunalish buyicha ukiyotgan talabalar bitiruv imtixonlarini topshirgach "Auditor" mutaxassisligiga ega buladilar.Koidaga ko‘ra bu mutaxassislar biror bir korxonaga borib uz ishlarini boshlashlari kerak.Lekin kim bulib? Auditorlik firmasi ochish uchun shunday bitiruvchilardan kamida ikkitasi litsenziyaga ega bulishi kerak.Ammo bu bitiruvchilarga (litsen-ziya ) olish uchun kasb imtixonlari topshirish uchun ruxsat berish kerakmi yukmi? degan savol tugiladi.Chunki institut yoki universitetni imtiyozli diplomga tamomlagan mutaxassis xam xozirgi murakkab sharoitda sifatli auditorlik tekshiruvi utkaza olmasligi anik.Uzbekiston respublikasining auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi xujjatlarida ushbu masalaga xam aniklik kiritilib kuyilishi lozim. Bu borada Fransiya respublikasi tajribasini urganib chiqish foydadan xoli emas.Kitobxonga tushinarli bulishi uchun uni kengrok tarzda yoritib beramiz. Fransiyada auditor bulish uchun davogar shaxs avvalombor turt yillik oliy ma’lumotga ega bulishi lozim.To‘rt yil mobaynida talaba iktisod, xujalik huquqi asoslari, arbitraj jarayoni, mexnat va solik huquqi, buxgalteriya hisobi,chet tillar,korxonani tashkil qilish va boshkarish, moliyani boshkarish, amaliy matematika va informatika,boshkaruvni nazorat qilish kabi fanlardan bilim oladilar. Ukuv kursini oxirida talaba Fransiyada yoki umumiy bozor mamlakatlarining birida 6 xaftadan kam bulmagan ukuv amali yotini utaydi. Ukish tugagach bitiruvchi 3 yil mobaynida biror bir auditorlik firmasi yoki xususiy tarzda auditorlik bilan shugullanayotgan auditor koshida auditorlik ishining amaliy masalalarini urganadi. Bunda amaliyotning bir kismi xorijda utkazilishi xam mumkin.Amaliyot utash uchun bitiruvchi auditorlik tashkilotining maxalliy bulimiga ariza berishi lozim.Ushbu idora bitiruvchining arizasini kondirishga rozilik bildirsa,u amaliyotchilar ruyxatiga kushiladi. Maxalliy auditorlik idorasi bitiruvchini auditorlikfirmasi yoki auditorga biriktirib qo‘yadi,unga rahbarni belgilaydi va vaqti-vaqti bilan amaliyotni utashini nazorat qilish uchun tekshiruchilarni junatib turadi. Amaliyot utkazayotgan kimsa uz rahbarining ko‘rsatmalarini bajarishi shart.Amaliyot konikarsiz utayotgan bulsa u rahbar tomonidan to‘xtatilib kuyilishi mumkin.Rahbar amaliyotning ishchi tomonigagina emas, balki bulajak mutaxassisda axlok sifatlarini mujassamlashtirish jarayoniga xam javob beradi. Amaliyot davrida stajer bajargan ishlari uchun maosh olib turadi. Amaliyot yakuniga ko‘ra bitiruvchi bitiruv ishi yozadi, audit buyicha yozma imtixon topshiradi, xamda imtixon komissiyasining suxbatidan utadi. Shundan sung unga tantanali tarzda diplom topshiriladi va u mutaxassis sifatida milliy yoki maxalliy auditorlar ruyxatiga kiritiladi. Chet el tajribasidan ibrat sifatida olishimiz mumkin bo‘lgan yana bir narsa bu auditor qasamidir. Germaniyada bu xolat auditorga kuyiladigan talablardan biridir. Auditorlikka davogarlar kasb imtixonlarini muvaffakiyatli topshirganlaridan keyin kuyidagi mazmunda qasam ichadilar : "Xar narsaga kodir va xar narsani biluvchi xudo nomi bilan qasam ichamanki, men uta mas’uliyat va vijdoniylik bilan buxgalter-auditor vazifasini bajaraman, tekshiruv davomida olingan ma’lumotlarni uta zukkolik bilan sir saklayman,auditorlik tekshiruvlari dalolatnomalari va ular buyicha xulosalarni sofdillik va xaqqoniylik bilan tuzaman, bu ishda Xudo menga yor bulsin" (18.13bet). Bizda an’anaga ko‘ra inson salomatligi uchun javobgar bo‘lgan tibbiyot xodimlari faoliyat boshlashdan avval uz ishlarida sofdil bulishga, inson xayotini saklab kolish yo‘lida bor bilim va tajribasilarini ishga solishga doimo tayyor turajaklari to‘g‘risida Gippokrat qasamini ichadilar. Vaxolanki to‘g‘rilik, sofdillik auditorlik ishining xam mazmunini tashkil kiladi. Shuning uchun garb ishbilarmon jamoatchiligi auditorlik kasbini axlok prinsiplari nuktai nazaridan ruxoniydan keyin qo‘yadilar.Chunki mijoz korxona (shaxs) va davlat manfaatlarini himoya kilinish darajasi auditorni uz faoliyatiga vijdon bilan yondashishiga bevosita bog‘liqdir. Uzbekiston respublikasida auditorlar tayyorlash tajribasida auditorlarni faoliyat boshlashdan avval qasamyod kildirish an’anasini joriy qilish bu soxa mutaxassislarining axlokiy dunyo qarashini kengayishiga va ularda kasbni kadrlash ruxini yuzaga kelishiga sabab buladigan xolat deb hisoblaymiz. Download 94.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling