Auditor etikasi. Mustakillik, to‘g‘rilik, xolislik
Мижоз олдидаги мажбуриятлар
Download 94.46 Kb.
|
1405945142 57219
5. Мижоз олдидаги мажбуриятлар
Audit-tadbirkorlik faoliyatidir. Auditor mijoz bilan tuzgan shartnomasi asosida faoliyat yuritadi. Shunday ekan u imkoni boricha mijozining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, unga sifatli xizmat ko‘rsatishga xarakat qilishi lozim. U xar kanday xolatda xam salbiy malumotlarni yiguvchi, fosh kiluvchi va ayblovchiga aylanib kolmasligi kerak .Tekshiruv natijasida aniklangan zaif bo‘g‘inlar, xatoliklar va kamchiliklarni auditor mijoziga imkoni boricha uning nafsoniyatiga tegmaydigan shaklda, yani tilaklar, maslahatlar, ko‘rsatmalar va xokazolar xolida yetkazishga xarakat kilmogi lozim. Aniklangan kamchiliklar va xatolarni to‘g‘rilash yoki ularning salbiy tasirini kamaytirishning imkoni bulsa auditor bu borada mijoziga yordam berishi kerak. Ammo, auditor xar kanday xolatda xam mijozining noqonuniy xarakatlarini yoklamasligi, uni berkitishga xarakat kilmasligi, moliyaviy hisobot malumotlarini soxtalashtirishga yo‘l quymasligi lozim. XULOSA Korxonani keskin rakobat ko‘rashi mavjud bo‘lgan bozor munosabatlariga utishi ishlab chikarish va tijorat faoliyati bilan bog‘liq sirlarni saqlashni taminlash tadbirlarini ishlab chiqishni talab kiladi. Mamlakatdagi qonunchilik esa uning bu huquqini himoya qilish tizimini ishlab chikadi. Shunga ko‘ra mijoz bilan auditor urtasida tuzilgan shartnomada xam korxona faoliyati bilan bog‘liq sirni saqlash va korxona rahbariyati yoki javobgarlikka tortish huquqiga ega bo‘lgan idoralarning ruxsatisiz uni oshkora kilmaslik shartlari kuzda tutiladi. Xarakatdagi qonunlarga ko‘ra ushbu shartlarga rioya kilmaslik manaviy, moddiy va jinoiy javobgarlikni kuzda tutadi. Lekin bu, auditor xamma sharoitda xam yaqqol ko‘zbuyamachilik, noqonuniy xarakat va katta xajmda davlat yoki jamiyat mulkini talon-taroj qilish xolatlariga kuz yumishi kerak, degan gap emas. Auditor qonunchilikka ko‘ra jinoiy javobgarlik kuzda tutilgan qonunbuzarliklarni aniklagan vaqtida mijozga bu to‘g‘risida sud-tergov idoralarini tegishli tartibda xabardor qilishni maslahat berishi lozim. Agar mijoz bundan bosh tortsa, auditor tekshiruvni davom ettirish va moliyaviy hisobot to‘g‘risida xulosani tayyorlashdan voz kechishi va uz xarakatini yozma ravishda asoslab berishi kerak buladi. Auditor mijoz bilan bo‘lgan munosabatini va tekshiruv jarayonida to‘plangan malumotlarni uz manfaati yo‘lida foydalanishi mumkin emas. Nemis auditorlarining kasb etikasi meyorlarida tijorat sirini saqlash koidalari katta o‘rinni egallaydi. Jumladan, auditor, qasam icha turib, uz mijozlarining sirini saklabgina kolmasdan, uziga qarashli yordamchilari va boshka xodimlaridan ularga ishonilgan sirni xar kanday sharoitda oshkora kilmasliklari to‘g‘risida yozma tilxat olishi kerak. Germaniya qonunlariga ko‘ra "tijorat siri to‘g‘risidagi qonun"ni buzganligi uchun auditor bir yilgacha kamok jazosiga xukm kilinishi yoki katta mikdordagi jarima bilan jazolanishi mumkin. Download 94.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling