Auditorlik faoliyati bo‘yicha qabul qilingan yangi qonunda kirirtilgan yangiliklar va afzalliklar
Download 38.7 Kb.
|
Auditorlik faoliyati bo‘yicha qabul qilingan yangi qonunda kirirtilgan yangiliklar va afzalliklar
Auditorlik faoliyati bo‘yicha qabul qilingan yangi qonunda kirirtilgan yangiliklar va afzalliklar Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo‘lishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo‘yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi. Auditning maqsadlari xususan quyidagilardan iborat: buxgalteriya hisobining holatini ekspertiza yo‘li bilan baholash, yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlarining xaqqoniy-ligini tekshirish va tasdiqlash valyuta muomalalarini taftish qilish, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar emissiyasi prospektining ma’lumotlarini tasdiqlash, korxonaning moliyaviy barqarorligini mustaxkamlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish, iqtisodiyot va moliyaviy huquq sohasidagi yangi qonunchilik hujjatlari bo‘yicha aniq maslahat (konsultatsiya) o‘tkazish va xokazo. Auditorlik tekshiruvi dasturi moliyaviy hisobotdagi axborotlarning ishonchliligini tasdiqlashga qaratilgan amallar ro‘yxatidan iborat. Har bir auditorlik amalining turi, o‘tkazish vaqti va miqyosi aniqlanib, u moliyaviy hisobotning bir yoki bir necha ko‘rsatkichlari bilan bevosita bog‘liq. Auditorlik amallarining ettita asosiy turi mavjud: qayta sanash, kuzatish, tasdiqlash, og‘zaki so‘rov, hujjatlarni tekshirish, nusxa ko‘chirish va tahlil qilish amallari. Prezident yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi qonunga imzo chekdi. Unga muvofiq, auditorlik faoliyat litsenziyalanadigan faoliyat turlari tarkibidan chiqarildi. Endi ushbu faoliyat faqat Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiriladi. Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi OʻRQ-677-son Qonunning qabul qilinishidan maqsad auditorlik faoliyatini tartibga soladigan hujjatlarni unifikatsiyalab va tizimlashtirib yagona normativ-hujjatga jamlashdir. Qonunda quyidagi tushunchalar qoʻllanilgan: auditor — auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs; Auditorlar reyestri — auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlarning auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan ro‘yxati, bundan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan shakllantiriladigan reyestr mustasno; Download 38.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling