4. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i reja


Download 480.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana03.12.2023
Hajmi480.26 Kb.
#1797021
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I



75 
4. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I 
Reja: 
4.1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining joriy etilishi, soliq 
to‘lovchilar, soliq solish ob’yekti va soliq bazasi.
4.2. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi.
4.3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar. 
4.4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari.
4.5. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq 
hisobotini taqdim etish va to‘lash tartibi.
4.6. Jismoniy shaxslarning daromadlariga deklaratsiya asosida soliq solish tartibi.

Tayanch so’z va iboralar: jismoniy shaxs, rezident jismoniy shaxs, norezident jismoniy 
shaxs, soliq to’lovchilar, soliq ob’ekti, soliq bazasi, soliq imtiyozlari, soliq stavkasi, soliq davri, 
soliq hisob-kitobi, soliq hisoboti, soliq to’lash muddatlari, deklaratsiya. 
4.1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining joriy etilishi, soliq 
to‘lovchilar, soliq solish ob’yekti va soliq bazasi.
Respublikamizda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 1991 yil 15 fevraldagi 
«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq 1991 yil 1 apreldan joriy 
etildi. 
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra jismoniy shaxslarga yuridik shaxs maqomini olmagan 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi. 
Jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar ichida budjet tushumlaridan salmoqli o‘rinni 
egallaydigan soliq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idir. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i-davlat budjeti daromad manbalaridan biri 
bo‘lib, u umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, soliq 
jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari deb quyidagilar 
e’tirof etiladi: 
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar
2) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston 
Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar. 
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlarga bo‘linadi. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet davlatlarning fuqarolari, shuningdek 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslardir. 
Tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan 
har qanday ketma-ket 12 oylik davr davomida jami 183 kalendar kundan ko‘proq O‘zbekiston 
Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining soliq 
rezidentlari deb e’tirof etiladi. 
Agar jismoniy shaxs tegishli soliq davrida O‘zbekiston Respublikasida jami bir yuz sakson 
uch kundan kam bo‘lib, biroq ushbu turish muddati uning boshqa biror-bir davlatda turgan 
muddatidan ko‘proq bo‘lsa ham, u O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etiladi. 
Jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasida haqiqatan bo‘lib turishi davri uning qisqa 
muddatli (6 oydan kam) davolanish yoki o‘qish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan 
tashqariga chiqqan davrida uzilmaydi. 
Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning quyidagi davrlar mobaynida 
bo‘lgan vaqti uning O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan vaqtiga taalluqli 
hisoblanmaydi: 
1) diplomatik yoki konsullik maqomiga ega shaxs sifatida bo‘lgan davri; 
2) O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan, xalqaro shartnoma bo‘yicha tuzilgan 
xalqaro tashkilotning xodimi sifatida bo‘lgan davri; 


76 
3) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmagan taqdirda, 1 va 2-bandlarda ko‘rsatilgan 
shaxslar oilasining a’zosi sifatida bo‘lgan davri. 
O‘zbekiston Respublikasida haqiqatan qancha vaqt bo‘lganligidan qat’i nazar, chet elda 
xizmatni o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasining harbiy xizmatchilari, shuningdek O‘zbekiston 
Respublikasidan tashqarida ishlash uchun xizmat safariga yuborilgan davlat hokimiyati 
organlarining xodimlari O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi. 
Agar Soliq kodeksidagi qoidalariga yoki O‘zbekiston Respublikasining soliq solish 
masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalariga muvofiq, bir vaqtning o‘zida jismoniy shaxsni ham 
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti, ham chet davlatning soliq rezidenti deb tan olish 
uchun asoslar bo‘lsa, uning soliq rezidentligi shunday xalqaro shartnomaning qoidalariga muvofiq 
jismoniy shaxs hayotiy manfaatlarining markazi asosida belgilanadi. Bunda quyidagi shartlardan 
hech bo‘lmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, jismoniy shaxs hayotiy manfaatlarining markazi 
O‘zbekiston Respublikasida deb e’tirof etiladi: 
1) jismoniy shaxsning eri (xotini) va (yoki) yaqin qarindoshlari O‘zbekiston 
Respublikasida yashasa; 
2) O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsga va (yoki) uning eriga (xotiniga) va (yoki) 
uning yaqin qarindoshlariga mulk huquqida yoki boshqa asoslarda tegishli bo‘lgan, istalgan vaqtda 
uning yashashi va (yoki) eri (xotini) va (yoki) uning yaqin qarindoshlari yashashi mumkin bo‘lgan 
ko‘chmas mulkning mavjudligi. 
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lmagan jismoniy shaxslar O‘zbekiston 
Respublikasining norezidentlari deb e’tirof etiladi. 
Soliq to‘lovchining jami daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 
soliq solish ob’ekti deb hisoblanadi. 
Soliqni qat’iy belgilangan miqdorda to‘lash xohishini bildirgan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar uchun soliqqa tortish ob’ekti bo‘lib amalga oshirilayotgan faoliyat turini tavsiflovchi 
fizik ko‘rsatkichlar hisoblanadi. 
Soliq bazasi quyidagilar hisoblanadi: 
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun - nazarda 
tutilgan soliq imtiyozlarini hisobga olgan holdagi jami daromadlari
2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun - nazarda 
tutilgan soliq imtiyozlari qo‘llanmagan holdagi jami daromadlari. 
Soliq bazasini aniqlashda soliq to‘lovchining ham pul shaklida, ham natura shaklida olgan 
daromadlari yoki daromadlarni tasarruf etish uchun yuzaga kelgan huquqlari, shuningdek moddiy 
naf tarzidagi daromadlari hisobga olinadi. Bunda soliq to‘lovchining alohida turdagi daromadlari 
jami daromad tarkibida hisobga olinishi yoki hisobga olinmasligi mumkin. 
Soliq to‘lovchining chet el valyutasida ifodalangan daromadlari, haqiqatda daromadlar 
olingan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyutaga 
qayta hisob-kitob qilinadi. 
Turli soliq stavkalari bo‘yicha solinadigan soliq bazasi alohida aniqlanadi.
Soliq bazasi, soliq davri boshidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Agar soliq to‘lovchining daromadidan uning o‘z farmoyishiga, sudning yoki boshqa 
organlar va tashkilotlarning qaroriga ko‘ra ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab 
qolishlar soliq bazasini kamaytirmaydi.

Download 480.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling