Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik xulosasi


Auditorlik hisoboti tuzishni takomillashtirish masalalari


Download 77.56 Kb.
bet3/9
Sana08.01.2022
Hajmi77.56 Kb.
#244096
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot t1

2. Auditorlik hisoboti tuzishni takomillashtirish masalalari

Auditorlik hisoboti - xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari, mulkdori, ishtirokchilari (aktsiyadorlari) umumiy yiјilishiga taqdim etiladigan, auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi huquq buzilishlari to’јrisida batafsil ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o’tkazish natijasida olingan va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos hisoblanadigan boshqa axborotdan iborat bo’lgan hujjat.

Auditorlik xulosasi - moliyaviy hisobotning haqqoniyligi (to’јriligi) va buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlari bilan belgilangan talablarga muvofiqligi to’јrisida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan va xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat.

Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkiloti rekvizitlari, shu jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziyaning raqami va sanasi, auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar to’јrisidagi ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining umumiy tavsifi keltiriladi.

Auditorlik hisobotining tahliliy qismi AFMAga havola qilishi va unda quyidagilar bo’lishi shart: xo’jalik yurituvchi sub’ektda ichki nazorat holatini tekshirish natijalari (batafsil bayoni); buxgalteriya hisobi holati va moliyaviy hisobotni tekshirish natijalari; moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish paytida qonunchilik talablariga rioya etilishini tekshirish natijalari; soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda to’lashning to’јriligini tekshirish natijalari; aktivlarning butligini tekshirish natijalari.

Xo’jalik yurtiuvchi sub’ekt ichki nazoratining holatini tekshirish natijalari to’јrisidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: ichki nazorat tizimining xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining miqyoslari va xususiyatiga muvofiqligi umumiy bahosi; auditorlik tekshiruvi mobaynida aniqlangan ichki nazorat tizimining xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining miqyoslari va xususiyatiga jiddiy nomuvofiqliklari bayoni.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti holatini tekshirish natijalari to’јrisidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash; auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibini jiddiy buzishlar bayoni.

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirish paytida qonunlarga rioya etishini tekshirish natijalari to’јrisidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak.

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining qonunchilikka muvofiqligini baholash; auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarning qonunchilikka jiddiy nomuvofiqliklari bayoni.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblashi va to’lashning to’јriligini tekshirish natijalari to’јrisidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’јriligining bahosi; soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lashning belgilangan tartibini buzish faktlari, soliq solinadigan bazani belgilash paytidagi chetga chiqishlar bayoni.

Aktivlar butligini tekshirish natijalari aktivlarni inventarlashga asoslanishi va o’z ichiga ularning haqiqatda mavjudligi va butligi to’јrisidagi ma’lumotlarni olishi kerak.

Auditorlik hisobotining yakuniy qismi auditorlik tashkilotining aniqlangan chetga chiqishlar va huquq buzilishlarini bartaraf etishga doir tavsiyalarini, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirishga doir takliflari va maslahatlarini o’zi ichiga olishi kerak.

Auditorlik tashkiloti auditorlik hisobotini tuzganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladi. Auditorlik hisobotida keltirilgan axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor etilmasligi kerak.

Axborotni oshkor etganlik uchun ushbu axborotdan foydalana oladigan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Auditor hisobot idagi ma’lumotlar mijoz rahbariyati uchun buxgalteriya hujjatlarida, ichki nazorat tizimida mavjud bo'lgan va moliyaviy hisobotlarda noto‘g‘ri ma’lumotlarning yuzaga kelgusiga sabab bo‘luvchi kamchiliklarni o‘rganish imkonini beradi.

Shuningdek, hisobotda korxonaning buxgalteriya va ichki nazorat tizimida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy takliflar ham keltiriladi.

Auditorlik hisobotida quyidagi m a’himotlar aks ettiriladi:

a) nomi («Auditorlik hisoboti» yoki «Auditorlik tashkilotining hisoboti»: ikkala nom bir xil kuchga ega);

b) adresat nomi;

v) kirish qismi;

g) tahliliy qism;

d) yakuniy qism

Auditorlik hisobotining har bir sahifasiga moliyaviy hisobotning auditorlik teksliiruvini amalga oshirgan auditor (auditorlar) imzo chekishi shart. Auditorlik hisoboti buyurtmachining barcha zaruriy rekvizitlari ko‘rsatilgan holda auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga yuboriladi.

Auditor mijoz moliyaviy hisobotida muhim kamchiliklarni yuzaga keltirishi murnkin bo'lgan yoki keltirgan barcha xatoliklar, kamchiliklarni mijoz rahbariyatiga to‘liq bayon etishi lozim.

Ammo auditor hisoboti mijoz korxonaning buxgalteriya tizimidagi barcha xatoliklarni aks ettirmaydi Bu hisobotda faqatgina auditor tomonidan tekshiruv davomida aniqlangan xatolildargina ko‘rsatiladi.

Auditorning tekshiruv davomida barcha uslublarni samarali qo'llamaganügi sababli ba’zi kamchiliklar, xatoliklar aniqbmmay qolgan bo‘lishi mumkin.

Auditorlik hisoboti quyidagi qismlardan iborat boiadi:

- kirish qism;

- tahliliy qism;

- yakuniy qismidagilar bo'lishi shart:

xo‘jaük yurituvchi subyekt ichki nazoratniiig holatini tekshirish natijalari (batafsil bayoni);

buxgalteriya hisobi va xnoliyaviy hisobot holatini tekshirish natijalari;

moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish paytida qonunchilik talablariga rioya etilishini tekshirish natijalari;

soüqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni liisoblash hamda to4ashning to‘g‘riligini teksliirish natijalari;

aktivlaming butligini tekshirish natijalaridir.

Auditorlik hisoboti butun tekshiruv davomida tayyorlanadi va tekshiniv yakunida mijoz ralibariyatiga berikdi. Auditorlik hisoboti maxfiy hujjat hisoblanadi va faqatgina quyidagi shaxslarga taqdim etilishi inumkin: - audit tekshiruvmi o‘tkazish uchun shartnom ani imzolagan shaxsga - audit tekshimvini o‘tkazish yuzasidan tuzilgan shartnomada auditor hisobotini oluvchi sifatida ko'rsatilgan shaxsga.

Auditor hisobotining alohida masalalari mijoz bilan og'zaki tarzda yoki yozma xatlar almashishi orqali muhokama qilinishi, muammolar hal etilishi mumkin. Misol uchun, agar audit tekshiruvi davoinida auditor uchun barcha zaruriy hujjatlar taqdim etilmasa, bu hoi mijozga auditor tomonidan darhol m a’lum qilinishi kerak.

Chunki auditor bu muammoni faqatgina auditor hisoboti tayyorlangan davrda, ya’ni audit tekshiruvi yakunida ma'lum qilsa, mijoz bu muammoni ijobiy hal ctishi mumkin, ammo auditor butun tekshiruvni takroran o‘tkazishi va ko'pgina ishchi qog'ozlarni qaytadan tuzishi zarur bo'ladi.

Aksincha, audit tekshimvi davomida bu tur muammolar ma’lum etiigan taqdirda ham mijoz bu masalani ijobiy hal etmasa, auditor bu masalani o‘z hisoboti va xulosasida ko'rsatishi kerak.

Audit tekshiruvining yakunida mijoz iltimosiga ko'ra auditor tomonid;ui dastlabki ko‘rinishdagi auditorlik hisoboti ham tayyorlanishi mumkin. Ammo bu hujjat faqatgina auditorlik hisobotining yakuniy shaklini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxsga beriladi.

Auditorlik faohyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning ahamiyatini oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-y. 22.09. 365-sonli qaroriga muvofiq (keyingi o‘zgartirishlar bilan birga)

«Auditorlik faoliyati to ‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, auditorlik xulosalari soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini ta’minlash maqsadida ijobiy auditorlik xulosasi mavjudligi xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faohyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan oxirgi tekshirish o‘tkazilgandan keyin kamida 24 oydan oldin tekshirilmasligi uchun asos hisoblanadi.

Bu maqsadda xo'jalik yurituvchi subyektlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

- xo‘jalik yurituvchi subyektda oldingi ikki yil uchun har yilgi ijobiy auditorlik xulosalarining mavjudligi;

- oxirgi ikki yil mobaynida budjetga to‘lovlar bo'yicha muddati o'tkazib yuborilgan qarzlarning yo'qligi;

- xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan mohya-xo‘jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tekshirishdan ozod etilgan davrga ijobiy auditorlik xulosalarining laqdim etilishi.

«Auditorlik xulosalarini sohq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi to‘g‘risida Nizom» ga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgandan keyin 15 kun mobaynida auditorlik xulosasi nusxasini o‘zi joylashgan joyd;igi soliq organiga taqdim etadi.

Salbiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlami tekshirish reja-jadvaliga belgilangan tartibda kiritiladi.

Korxona o‘z moliyaviy hisobotlarini taqdim etgan sana sifatida shu hisobot foydalanuvc h ilarga amalda berilgan yoki pochta orqali jo'natilgan sana hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlami foydalanuvchilarga berish sanasi shu hisobotlar tuzilgan sanadan oldingi sana bo‘la olmaydi.

Agar mijoz korxona moliyaviy hisobotlar tayyorlab bo‘lingach ularga ma’lum tuzatishlar, o'zgartirishlarni kiritishga qaror qilsa, auditorlik furnasi bu tuzatishLaming asosli ekanligiga va moliyaviy hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirilganligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Buning uchun auditorlik firmasi audit tekshiruvini davom ettirishi va zarurat bo‘lsa yangi auditorlik xulasasini tayyorlashi kerak bo'ladi. Yangi xulosada awalgi xulosaga ilova bo‘lishi lozim.

Agar moliyaviy hisobotlarda kiritilishi lozim bo‘lgan o'zgartirishlami auditor ko‘rsatsa va bu tuzatishlar moliyaviy hisobotlarga nisbatan ahamiyatli bo‘lsa, ammo mijoz bu tuzatishlarni moliyaviy hisobotlarga kiritishdan bosh tortsa auditorlik firmasi: - korxona rahbariyatiga bu haqda yozma ma’lum qilishi kerak; - tuzatishlar kiritishdan bosh tortish natijasida yuzaga kelishi mumkhi bo'lgan javobgarlikni to‘lig‘icha korxona rahbariyati zimmasiga yuklashi lozim.

Xo‘jalik yurituvchi subyekt ainalga oshirgan mohyaviy va xo‘jalik operatsiyalari moliyaviy hisobotda haqqoniy aks ettirilgan, lekin qonunchilik talablariga muvofiq kelmaydigan hollarda ham salbiy auditorlik xulosasi tuziladi.

Odatda xo'jalik yurituvchi subyekt rahbariyati auditorlik tashkilotining aniqlangan buzilishlami bartaraf etish maqsadida moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi fikriga qo‘shilmasligi salbiy auditorlik xulosasini tuzishga sabab bo‘ladi.

Xo‘jalik yurituvchi subyekt auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buzilishlami bartaraf etgan holda salbiy auditorlik xulosasi tuzilmaydi. Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuziladi, shundan ikki nusxa auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga taqdim etiladi.

Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga tushunarli bo'lishi, auditorning ishonchi komil emasligi va (yoki) rozi emasligini yuzaga keltirgan cheklasliLarga doir ko‘rsatmalami o‘z ichiga olishi kerak.

Auditorlik xulosasi ochiq axborot liisoblanib, undan moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilaming hammasi foydalana olishi lozim. Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan e’lon qilinishi mumkin.




Download 77.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling