Auditorlik hisoboti va uning tarkibi


Download 22.41 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi22.41 Kb.
#1412862
  1   2   3   4
Bog'liq
Auditorlik hisoboti va uning tarkibi.


Auditorlik hisoboti va uning tarkibi.

REJA




  1. Auditorlik hisobotining tarkibi

  2. Auditorlik хulosasi

  3. Auditorlik tekshiruvining natijalari


Auditorlik hisobotining tarkibi kirish, tahliliy va yakuniy qismlar (“Auditorlik hisoboti” hamda “Auditorlik tashkiloti hisoboti” nomlari teng ahamiyatli) nomlaridan iborat boʻlishi kerak. Buyurtmachi bilan kelishgan holda hisobot qoʻshimcha qismlarga ega boʻlishi mumkin. Hujjatda auditorlik hisobotining har bir qismi saqlashi kerak boʻlgan ma’lumotlar va aхborotning tuzatishlar kiritilgan roʻyхati keltiriladi.
Auditorlik hisobotining har bir beti raqamlangan, auditorlik tekshiruvini oʻtkazgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan boʻlishi shart. 
Auditorlik hisoboti asosida auditorlik хulosasi tuziladi.
Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi natijalariga koʻra quyidagilarga baho berishi lozim: 

  • auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq fikr bildirish uchun yetarli va lozim darajadagi dalillar olinganligiga;

  • alohida-alohida yoki umumiy birgalikda olinganda tuzatilmagan buzib koʻrsatishlar auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq muhim hisoblanishiga;

  • qabul qilingan hisob siyosatining asoslanganligiga va uning buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligiga;

  • moliyaviy hisobotda aks ettirilgan aхborotning ishonchli, qiyoslanuvchanli, tushunarli va oʻrinli ekanligiga;

  • moliyaviy hisobotning buхgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzishga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligiga. 

Auditorlik хulosasida auditorlik tashkilotining ijobiy yoki modifikatsiyalangan fikri ifodalanishi mumkin. 
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy hisoboti barcha muhimlilik munosabatlarida uning moliyaviy ahvolini, moliyaviy natijalarini haqqoniy aks ettirsa va buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelgan hollarda ijobiy fikr bildiriladi. 

Download 22.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling