Auditorlik hulosasi va uning turlari. Reja. Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi fikrni shakllantirish


Auditorlik xulosasining tushuntirish qismi


Download 205.79 Kb.
bet6/7
Sana18.10.2023
Hajmi205.79 Kb.
#1708351
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Auditorlik hulosasi va uning turlari. Reja. Moliyaviy hisobot to-azkurs.org

Auditorlik xulosasining tushuntirish qismi.


      • Auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar diqqatini quyidagilarga jalb qilish uchun auditorlik xulosasiga tushuntirish qismini kiritishi mumkin:

      • auditorlik tashkilotining fikri bo‘yicha moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotni tushunishlari uchun muhim hisoblanadigan darajada ahamiyatga ega, moliyaviy hisobotda aks ettirilgan vaziyatlarga;

      • auditorlik tashkilotining javobgarligini yoki auditorlik xulosasining mazmunini moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar tushunishiga yordam berishi mumkin bo‘lgan, moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan vaziyatlarga.

      • 57. Auditorlik tashkiloti qayd etilgan vaziyatlar ahamiyatli darajada buzib ko‘rsatilmaganligiga yetarlicha auditorlik dalillari olgan taqdirdagina tushuntirish qismi auditorlik xulosasiga kiritiladi.

      • 58. Moliyaviy hisobotda aks ettirilgan vaziyatlarni ko‘rsatuvchi tushuntirish qismi quyidagilar bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin:

      • hisobot sanasida yakunlanmagan va ular bo‘yicha qarorlar kelgusi hisobot davrlarida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan sudda ko‘rilayotgan ishlar yuzasidan noaniqliklar yoki nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harakatlari bilan bog‘liq noaniqliklar;

      • moliyaviy hisobotga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlaridagi yoki O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimidagi o‘zgarishlar;

      • xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoliga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan yoki ta’sir ko‘rsatib kelayotgan favqulotdagi voqealar.

      • 59. Tushuntirish qismi:

      • auditorlik xulosasida, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti ishonchliligi to‘g‘risidagi auditorlik tashkilotining fikri bayon etilgan yakuniy qismidan keyin joylashtirilishi lozim;

      • foydalanuvchilar diqqatini jalb etadigan vaziyatlarga aniq izoh berilishi kerak va u moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga ushbu vaziyatlar bayonini moliyaviy hisobotda topish imkoniyatini yaratishi lozim.

      • 60. Tushuntirish qismi auditorlik tashkilotining fikriga ta’sir ko‘rsatmaydi.

      • 61. Tushuntirish qismi kiritilgan izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik xulosasi mazkur Standartning 6-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.

Download 205.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling