Auditorlik nazoratini amalga oshirish mexanzmi Reja: Kirish
Download 90.79 Kb.
|
Auditorlik nazoratini amalga oshirish mexanzmi Reja Kirish (1)
Uyg’unlik tamoyili auditning dastlabki rejasini tuzishdan tortib, to umumiy rejasi va dasturini tuzgunga qadar bo’lgan barcha bosqichlarning o’zaro bog’liqligi va muvofiqligini ta’minlashni nazarda tutadi.
Rejalashtirishning uzluksizlik tamoyili tekshiruvda ishtirok etadigan auditorlarga kelishilgan topshiriklar belgilanishi va rejalashtirish bosqichlarining muddatlar hamda tarkibiy bo’linmalar bo’yicha bog’liqligida ifodalanadi. Auditni rejalashtirishning maqbullik tamoyili shundan iboratki, rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti o’zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturidan maqbulini tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. Auditorlik tekshiruvi uzoq vaqt davom etganida, auditor mijozning moliya - xo’jalik faoliyatidagi va qonunchilikdagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda reja va dasturga zarur tuzatishlar kiritishi mumkin. Auditorlar ishi sifatining ichki nazorati auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan, uning auditorlari va xodimlari tomonidan ushbu Qonun talablariga rioya etilishini ta’minlovchi tartib-taomillarga asoslangan tashkiliy chora-tadbirlar tizimidan iboratdir. Auditorlar ishi sifatining ichki nazorati auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik faoliyati standartlariga binoan amalga oshiriladi va u auditorlik xizmatlari ko‘rsatish chog‘idagi majburiy shartdir. Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati vakolatli davlat organi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda amalga oshiradigan, auditorlik tashkilotlari tomonidan ushbu Qonun talablarini va auditorlik faoliyati standartlarini buzishlarni aniqlashga hamda kelgusida ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidan iboratdir. Auditorlik tashkiloti auditorlarning respublika jamoat birlashmasi tomonidan tashqi sifat nazoratidan ixtiyoriy asosda o‘tishi mumkin. Nazoratning mazkur turi ushbu Qonunga muvofiq vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi sifat nazoratini o‘tkazishning o‘rnini bosmaydi. Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati natijalariga ko‘ra qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, vakolatli davlat organi auditorlik tashkilotiga nisbatan quyidagi ta’sir choralarini qo‘llashga haqli: aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini auditorlik tashkilotining zimmasiga yuklaydigan va bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydigan bildirishnoma chiqarish; Auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan ko‘rilgan choralar ko‘rsatilgan holda vakolatli davlat organining va auditorlar respublika jamoat birlashmalarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi. Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazoratini o‘tkazish muddati o‘n ish kunidan oshmasligi kerak. Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati tavakkalchilik-tahlili natijasi va auditorlik tashkiloti tomonidan ushbu Qonun talablarining buzilishlarini sodir etish tavakkalchiligi darajasini (bundan buyon matnda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) baholash yakunlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Tavakkalchilik darajasi uch toifaga ajratiladi: Qoidabuzarliklar sodir etilishi tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan auditorlik tashkilotlari; Qoidabuzarliklar sodir etilishi tavakkalchiligi o‘rtacha bo‘lgan auditorlik tashkilotlari; Qoidabuzarliklar sodir etilishi tavakkalchiligi past bo‘lgan auditorlik tashkilotlari. Tavakkalchilik darajasini tahlil qilish vakolatli davlat organi tomonidan har yili 1-fevralga qadar amalga oshiriladi, bundan auditorlik tashkiloti yoki auditorning harakatlari (harakatsizligi) ustidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan hollar mustasno. Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazoratini o‘tkazishda auditorlik tashkilotining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Vakolatli davlat organida va auditorlarning respublika jamoat birlashmalarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar, shuningdek auditorlik tashkilotining hamda auditorlarning ishchanlik obro‘si to‘g‘risidagi axborot asosida quyidagi holatlar bo‘yicha tavakkalchilik darajasining tahlili amalga oshiriladi: Auditorlik tashkilotining ushbu Qonun talablarini buzadigan harakatlari (harakatsizligi) ustidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari mavjudligi; Auditorlik tashkilotining muassislari (ishtirokchilari) tarkibida ilgari auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun faoliyati tugatilgan auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lgan jismoniy shaxslarning mavjudligi; Auditorlik tashkiloti ishi sifatining avvalgi tashqi nazorati yakunlari bo‘yicha past baho olganligi. Auditorlik tashkiloti ishi sifatining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: ichki nazoratning tizimi mavjudligi; auditning xalqaro standartlariga, sifat nazoratiga, tahliliy tekshiruvlarga, turdosh xizmatlar ko‘rsatishga doir topshiriqlarga va Professional buxgalterning odob-axloq kodeksiga rioya etilishi; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi; xalqaro auditorlik tashkilotlariga yoki assotsiatsiyalariga a’zolik; auditorlik tekshiruvini o‘tkazish, turdosh xizmatlar ko‘rsatish uslubiyotining mavjudligi; ko‘rsatilgan auditorlik xizmatlari natijalarining tegishli ravishda hujjatlashtirilishi; auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish uchun yetarli miqdordagi mehnat va vaqt resurslari; axborotga ishlov berish uchun dasturiy mahsulotlarni va axborot texnologiyalarini qo‘llash; auditorlarning har yilgi malaka oshirish kurslaridan o‘tish; ushbu Qonun talablari buzilishlarining mavjud emasligi; jismoniy yoki yuridik shaxslarning shikoyatlari, shuningdek auditorlik tashkilotining faoliyati to‘g‘risida asoslangan salbiy fikrlar mavjud emasligi, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida mavjud emasligi. Download 90.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling