Auditorlik tashkiloti (ichki audit xizmati) faoliyatini tashkil qilish, tashkiliy tuzilmasi va xususiyatlari
Tovar-moddiy zahiralar auditi bo’yicha auditorlik dalillarini to’plash
Download 247.99 Kb.
|
Auditorlik tashkiloti (ichki audit xizmati) faoliyatini tashkil
Tovar-moddiy zahiralar auditi bo’yicha auditorlik dalillarini to’plash.
Tovar-moddiy zahiralarining (TMZ) ichki auditini o’tkazishdan maqsad korxonada tovar-moddiy zahiralar harakati, saqlanishi va ulardan foydalanish bilan bog’liq amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini ta’minlash va ular bo’yicha moliyaviy hisobotlardagi ko’rsatkichlarning ishonchliligini baholashdan iboratdir. TMZ ichki auditini amalga oshirish jarayonida ichki auditor quyidagilarni aniqlashi kerak: - TMZlarning mavjudligi va saqlash holatini o’rganish; - TMZlar harakati bo’yicha amalga oshirilgan muomalalarni buxgalteriya schyotlarida to’g’ri, to’liq va o’z vaqtida aks ettirilganligini tekshirish; - korxonada mavjud TMZlar korxona mulki ekanligi, ya’ni ularda mulkiy huquq borligi, qarz hisobiga olingan TMZlarni majburiyatlar sifatida aks etirilganligi; - TMZlarga bog’liq majburiyatlarning to’g’ri va qonuniy baholanganligi; - TMZlarning buxgalteriyada hisobga olish tamoyillari to’g’ri tanlanganligi va qo’llanilganligi. TMZ bilan muomalalarning auditorlik tekshiruvi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: - TMZ bo’yicha hisob siyosati qoidalarini o’rganish; - TMZlar bo’yicha ichki nazorat tizimi ishonchililik darajasini o’rganish va baholash kerak buning uchun esa: - ombor xo’jaligini va ombor binosi holatini tekshiruvdan o’tkazish; - TMZlarni saqlash va ulardan foydalanish bo’yicha moddiy javobgarlik holatini va moddiy javobgar shaxslarning hisobotlarini o’rganish; - tekshirilayotgan hisobot sanasiga TMZ tarkibini tahlil qilish; - TMZ kirimi va chiqimi holati tahlilini o’tkazish; - TMZlarni to’g’ri va qonuniy baholanganligini tekshirish; - TMZlar bo’yicha sintetik va analitik hisobning to’g’ri tashkil etilganligi o’rganish; - TMZlar bo’yicha moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligi yoki haqiqatga mosligini o’rganish. Quyidagi hollarda tovar-moddiy zahiralar auditi jarayonida auditorlik riski ortishi mumkin: - tovar – moddiy qimmatliklarni o’g’irlash ehtimollarining yuqoriligi; aniqlangan kamchiliklarni isbotlovchi dalillarning etarli emasligi; TMZlarni hisobdan chiqarish bo’yicha hujjatlarda majburiy rekvizitlarning aks ettirilmaganligi va tasdiqlanmaganligi; TMZlar bo’yicha hujjatlarning yo’qolganligi; TMZlarning mavjud bo’lmagan buyurtmalar va asossiz hisobdan chiqarilishi ehtimoli. Bundan ko’zlangan maqsad – ishlab chiqarish tannarxini oshirish va foyda hamda mulklar bo’yicha soliqlar uchun to’lovlarni kamaytirish bo’lishi mumkin (ushbu holatda mansabdor shaxslar orasidagi kelishuv o’z o’rniga ega bo’lishi mumkin). auditorlik tekshiruvi natijasida tegishli dalillarni to’plash, umumlashtirish va TMZlar hisobi bo’yicha aniqlangan kamchiliklarni baholash. Download 247.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling