Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash
Download 302.72 Kb.
|
Auditorlik tekshi
I. Auditorlik hisoboti tuzishda tomonlarning huquqlari va burchlarini tartibga solish. Ularning o’zaro mas’uliyati mustaqil tekshirish chog’ida tomonlarning huquqlari, burchlari va o’zaro mas’uliyati moliya nazoratida audit uchun xarakterli uch xususiyat asosida o’rganildi. Ushbu dissertatsiyada auditorlarning tadbirkorlik faoliyati va ular bajaradigan dalolat berish vazifasi natijalarining o’zaro bog’liqligi jihatlari bo’yicha zarur aniqliklar ishlab chiqildi.
Ayni shu sababli, bunday munosabatlarning zarur va qat’iy nazorat qilinadigan sharti – bu tashqi auditorning tekshirayotgan iqtisodiy sub’ektning ma’muriyatidan mustaqilligidir. Ilmiy ishda bunday mustaqillikning turli muammolari umumlashtirildi va tafsillashtirildi. Unda mustaqillikning quyidagi jihatlari muhokama qilingan: Tashkiliy mustaqillik: ta’sischilarning tarkibi bo’yicha; tashkiliy-huquqiy shakli bo’yicha; mulkchilik shakli bo’yicha; ishlab chiqarish tuzilishi bo’yicha, kadrlar tarkibi bo’yicha (jumladan shaxsiy va oilaviy sifatlar bo’yicha) Moddiy-texnikaviy mustaqillik: ustav kapitali miqdori etarliligi; muayyan moddiy texnika bazasining mavjudligi; zarur hollarda davlatning qo’llab-quvvatlashi; xodimlarning moddiy ta’minlanishi darajasi. Umumiy xulosa shundan iboratki, audit o’tkazish uchun tuzilgan shartnomalarning dispozitiv jihatlaridan ayniqsa hozirgi sharoitda xatarlarni oqilona taqsimlash uchun mumkin qadar to’la foydalanish lozim. II. Auditorlik hisobotini ishonchliligini ta’minlash va xatarni kamaytirish uchun dalillar to’plash. Auditorlik xatarini kamaytirishning asosiy yo’llari maxsus adabiyotlarida ko’p marta bayon qilingan modeli (DAR=IR CR DR) yo’nalishida tadqiq etilgan. Auditorlik xatari komponentlari va uning darajasini auditorlik dalillarini to’plash orqali komponentlar bo’yicha pasaytirish omillari tahlil qilindi. Shu omillar orasida quyidagilar batafsil tadqiq etildi: 1. Oldingi auditorlik tekshirishlarining natijalari yuzasidan chiqarilgan xulosalar (nazorat tizimi samaradorligi baholash uchun asos sifatida); ichki nazorat tizimining bo’sh joylari borligi to’g’risida auditorlik dalillarining mavjudligi; ma’muriyatga yoziladigan xatda shu bo’sh joylarni ko’rsatish; joriy yilda ichki auditorlar yordamida shu bo’sh joylarni o’rganish va mustahkamlash; mustaqil auditor yordamida bo’sh joylarni tugatish imkoniyati; nazorat tizimining shu uchastkasi o’z holiga tashlab qo’yilgani yoki aksincha – yaqinda tahlili qilingan va bu sohada ishlarning ahvoli mustahkamlangani. 2. Hisobotning o’zi tahlil qilishga auditorlik tadbirlariga, to’plangan dalillarga asoslangan xulosalar; foydanilgan usullarni baholashdagi sub’ektivlik darajasi; hisobot mijoz firmasini boshqarishda yuz bergan tarkibiy o’zgarishlar; operatsiyalarning murakkabligi darajasi; faoliyatning ayrim uchastkalari bo’yicha yakunlovchi ko’rsatkichlarning katta xatarga uchrashi mumkinligi, hisob siyosati o’zgarishining jiddiy ta’siri; operatsiyalarning ularning turlariga ko’ra operatsiyalarni amalga oshirish oralig’i; alohida e’tibor berish talab qiladigan havf-xatar kuchli zonalarining mavjudligi; qadrlar qo’nimsizligi, ularning professional bilimini oshirish omillari; turli dasturlardan foydalanish chog’ida axborotni ishlab chiqarish tizimining murakkabligi va boshqalar. 3. Auditor standart ijobiy xulosa berish chog’idagi aminlik darajasi mutloq darajadan kam bqladi - bu fikr oldingi ikki fikrdan mantiqan kelib chiqadi, lekin uni aloxida ta’kidlash muhim, chunki O’zbekistonda, xalqaro tajribada ham auditorning ijobiy xulosasining vazni ancha yuqoridir. 4. Auditorlar va foydalanuvchilarning maqsadlaridagi sanab qtilgan ziddiyatlar sqzsiz ravishda ularning qrtasida boshqa ziddiyatlarni, jumladan pul bilan baholanadigan ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Tajribaning ko’rsatishicha, xaqiqiy auditorlik tekshirishi chog’ida nuqsonlarning aniqlanishi deyarli muqarrardir. Taraqqiyotning eng maqbul yqlidan ma’lum darajada og’ishining paydo bqlishi umuman har qanday xqjalik tizimiga xosdir. Shu sababli auditor har gal har bir nuqsonning muhimligini (qilinayotgan hisobot segmentlaridagi nuqsonlarni xam) baxolashga, to’plangan jami auditorlik dalillarini kqrib chiqishga, ularning buxgalteriya hisobotining tqg’riligiga va ishonchligiga umumiy ta’sirini baholashga majbur bo’ladi. Ma’muriyat tayyorlagan hisobotda u tasdiqlagan fikrning mohiyatini, shuningdek, auditorlik dalillarining mohiyatini, ularni to’plash zarurati va usullarini tadqiq etish auditorlar ishining asosiy qismidir. Shunga muvofiq ravishda bu axborot xatari, shuningdek auditorlarnig tadbirkorlik xatari darajasini pasaytirishning qudratli omili hamdir. Bitiruv malakaviy ishda ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga tadbiq qilinishi auditorlik tashkilotlarida auditorlik xulosasi va hisobotini tuzish va taqdim etish jarayonini milliy va xalqaro standartlar asosida tashkil etish va takomillashtirishda o’ziga xos o’rin egallaydi. Download 302.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling